30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 04:38
Siyosat 👁 760

Saylov qonunchiligi targʻibotiga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi

Saylov qonunchiligi targʻibotiga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi

Joriy yilning 22-dekabr kuni boʻlib oʻtadigan saylovlar demokratik davlat va fuqarolik jamiyati tamoyillariga muvofiq yangi sharoitda oʻtkaziladi. Mamlakatimizda ushbu muhim jarayonga katta tayyorgarlik koʻrilmoqda. Barcha siyosiy partiyalar tomonidan saylovoldi dasturlari ishlab chiqilib, yurimizning barcha hududlarida targʻibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

13-noyabr kuni “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Amudaryo tumani Kengashi va tuman Adliya boʻlimi tomonidan Davlat Soliq inspektsiyasida targʻibot tadbiri oʻtkazildi. Tadbir Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengashi hamda tuman kengashiga 2019-yil 22-dekabrʼ kuni boʻlib oʻtadigan saylovlarda aholining faol ishtirok etishi va Oʻzbekiston Respublikasining saylov kodeksini saylovchilar oʻrtasida keng targʻib qilishga bagʻishlandi.

Tadbirda tuman Adliya boʻlimi boshligʻi, Xalq deputatlari tuman Kengashiga saylov oʻtkazuvchi tuman saylov komissiyasi raisi Moʻminjon Matyusupov, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Amudaryo tuman Kengashi raisi Mansur Oʻrazboyevlar saylov qonunchiligidagi oʻzgarishlar haqida maʼlumotlar berib oʻtdi.

Taʼkidlanganidek, 18 ta bob, 103 moddadan iborat boʻlgan Saylov kodeksi bilan saylov okruglari va uchastkalarini tuzish, saylov komissiyalari faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi. Unga muvofiq, Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazish uchun 150 ta hududiy saylov okrugi tuziladi. Ilgari 135 ta okrug tuzilgan va 15 nafar deputat Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan. Endilikda Oʻzbekiston ekologik partiyasi tashkil etilganligi bois, mazkur partiya deputatlikka oʻz nomzodlarini umumiy saylovlarga qoʻygan holda Qonunchilik palatasidan oʻrin egallashi mumkin. Shuningdek, saylovchilarning yagona elektron roʻyxati shakllantiriladi. Unga koʻra saylovchilar Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida saylovchilarning roʻyxati toʻgʻrisidagi oʻzi uchun kerakli maʼlumotlarni olish imkoniyatiga ega boʻladi.

Chindan ham, mamlakatimizda koʻppartiyaviylik tizimini rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilayotgan eʼtibor samarasida davlat ahamiyatiga molik muhim masalalarni hal qilishda siyosiy partiyalarning roli va taʼsiri kuchayib bormoqda. Partiyalar Oʻzbekistonda yaratilgan qonunchilik bazasiga tayangan holda jamiyatdagi tub oʻzgarishlarning samarali kuchiga aylanib borayotir.

Tadbirda siyosiy partiyalar faoliyatining oʻziga xos xususiyatlari, ularning jamiyatni demokratlashtirish va yangilashdagi oʻrni va roli, siyosiy partiyalarning davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovda ishtirokining umumeʼtirof etilgan printsip va normalari, rivojlangan demokratik davlatlarning bu boradagi tajribasi, saylovlarda partiyalar uchun teng sharoit yaratish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumotlar berildi. Tadbir qizgʻin va bahs munozaraga boy boʻldi.  

Charos Arslonova, tuman hokimligi axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026