Umumtaʼlim maktablariga oʻquv qurollari tantanali ravishda topshirildi
Mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda xalqimiz tarixiga va maʼnaviy qadriyatlariga yuksak hurmat tuygʻusini shakllantirish, Vatan himoyasiga, uning milliy xavfsizligi, hududiy yaxlitligi va suverenitetini taʼminlashga doimo shay turishga hamda harbiy xizmatni oʻtashga tayyorlash maqsadida yoshlarga chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik yuzasidan bilimlar beriladi.
Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik – Oʻzbekiston Respublikasi yoshlarini harbiy xizmatga tayyorlashning muhim bosqichi boʻlib, umumtaʼlim maktablari 10-11-sinf oʻquvchilarining boshlangʻich harbiy bilimlarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa hamda Xalq taʼlimi vazirliklari tomonidan Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik sinflarini oʻquv qurollari va moddiy vositalar bilan jihozlash toʻgʻrisidagi qoʻshma qaroriga asosan Amudaryo tumani xalq taʼlimi boʻlimida umumtaʼlim maktablariga begʻaraz tarzda berilayotgan oʻquv qurollari va boshqa moddiy vositalarni tantanali ravishda topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda tuman hokim oʻrinbosari Alisher Yoʻldashev, tuman Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi Azizbek Januzakov va boshqalar soʻzga chiqib, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik, vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik muhim oʻrin tutishini taʼkidlab oʻtdilar.
Tadbirda tumanimizdagi umumtaʼlim maktablari maʼmuriyatiga oʻquv harbiy oʻqotar qurollari va boshqa moddiy vositarlar topshirildi.

Chindan ham, bunday tadbirlarni oʻtkazish oʻquvchilarga Vatan himoyasi borasida oʻzining konstitutsiyaviy huquq va burchlarini chuqur anglatish, oʻz yurtini har qanday qurolli tajovuzdan himoya qilishdek sharafli burchini ado etishlariga zamin yaratish, harbiy kasbga boʻlgan qiziqishlarini orttirish, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda oʻzini va boshqalarni himoya qilish, davlatimizning maʼnaviy va moddiy neʼmatlarini saqlash yoʻlida oqilona tashabbus koʻrsata oladigan jamiyatimizning fidoyi va vatanparvar aʼzolarini tayyorlashdek maqsadlarga xizmat qiladi.
Charos Arslonova, tuman hokimligi axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶