16-sonli IDUMda maʼnaviyat soati oʻtkazildi
18-noyabr Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan tumanimizdagi 16-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabining 2-“A” va “V” sinflarida maʼnaviyat soati oʻtkazildi.
Har bir sinf oʻquvchilari ustozlari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligiga 28-yil toʻlishi munosabati bilan uning tarixi haqida suhbatlashdi.
Oʻquvchilardan Zulayho Qurbonboyeva bayrogʻimiz eniga 250 sm, boʻyiga 125 sm oʻlchamdagi, toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi mato boʻlib, har birining eni 40 sm keladigan, moviy oq va yashil chiziqlaridan iborat ekanini gapirib berdi. Shu bilan birga oʻquvchilar Vatanga boʻlgan muhabbatini mana shu milliy bayrogʻimizni tariflash orqali koʻrsatishdi.
2 -”V” sinf oʻquvchilari esa bu bayram tadbirni davom ettirgan holda oʻzlari tayyorlagan sahna koʻrinishi, sheʼrlari va musiqiy chiqishlari bilan barchani xushnud qildi.
Boshlangʻich sinf oʻqituvchilaridan Manzura Allaniyazova va Sumbul Matnazarova lar oʻquvchilarga zamonaviy ped texnologiyalardan foydalangan holda yangi usullar bilan dars oʻtish mahorati va oʻquvchilarning kelajakda yetuk inson boʻlishi yoʻlida bor kuch –gʻayrati, sabotini ayamasliklari bilan jamoa etiborini va mehrini qozongan.
Shukurjon Jumaniyazova, 16- sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶