14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 15:28
Siyosat 👁 661

XALQ DEPUTATLARI AMUDARYo TUMAN KENGAShINING 75-SESSIYaSI HAQIDA AXBOROT

XALQ DEPUTATLARI AMUDARYo TUMAN KENGAShINING 75-SESSIYaSI HAQIDA AXBOROT

2019-yil 23-noyabr kuni xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 75-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiya majlisida tuman hokimi oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquq-tartibot organlari, boʻlimlar, korxona-tashkilotlar rahbarlari, fuqarolar yigʻinlari raislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. Majlisni tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev ochib berdi va olib bordi.

Sessiyada tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir 6 ta masala muhokama qilindi.

Xususan, kun tartibidagi birinchi masala – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021-yillarda koʻp xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi boʻyicha tumanda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimi boshligʻi Sanjar Muratovning hisoboti tinglandi.  

Taʼkidlanganidek, tumanida jami 50 ta koʻp xonadonli uy-joylar boʻlib, ularning 8 tasi 2015-2018-yillar oraligʻida yangidan qurilgan. Bundan tashqari, bugungi kunda 2 ta 4 qavatli, 24 xonadonli uy-joylar qurilish ishlari olib borilmoqda.

Tumanda koʻp xonadonli uy-joylarga xizmat koʻrsatish maqsadida 3 ta – “Davumov”, “Mangʻit bino taʼmir”, Amudaryo bino taʼmir” xususiy uy-joy mulkdorlar shirkatlari tashkil qilindi. Bugungi kunda shirkatlar tomonidan koʻp xonadonli uy-joylardagi mumammolarni oʻrganish, ularni hal etish choralarini koʻrish, aholidan majburiy badal mablagʻlarini yigʻish ishlari olib borilmoqda hamda tijorat banklarnining kredit mablagʻlarini oʻz vaqtida undirish ishlari amalga oshirilib kelmoqda.

Qolaversa, 2020-yil uchun moʻljallangan dastur asosida 7 ta koʻp xonadonli uy-joylarda taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Sessiya majlisidagi ikkinchi masala – huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisida tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari – huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi boshligʻi Aziz Qurboniyazovning hisoboti tinglandi.

Hisobotda taʼkidlanganidek, Amudaryo tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar natijasida joriy yilning shu kunigacha barcha yoʻnalishlar boʻyicha jinoyatlar soni 22 taga kamaygan. Profilaktika inspektorlarning ish yurituvidagi jinoyat boʻlishi mumkin boʻlgan 32 ta ish boʻyicha taraflar bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazilib, jinoyatning oldini olishga erishilgan. Shuningdek, huquqbuzarliklar uchun jami 6 ming 438 ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, belgilangan tartibda jarimalar solingan.

Sessiyada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tasdiqlangan davlat dasturining ijtimoiy yoʻnalishlarda belgilangan vazifalari ijrosini taʼminlash yuzasidan tumanda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi masala boʻyicha tuman hokimi oʻrinbosari Alisher Yoʻldashev hisobot berdi.

Taʼkidlanganidek, tumanda aholi ijtimoiy holatini yaxshilash, salomatligini tiklash, bandligini taʼminlash yuzasidan qator ishlar qilinmoqda. Xususan, joriy yilda 5 ta xususiy tibbiyot muassasalari tashkil qilinib, hozirgi kunda ularning soni 17 taga yetdi.

Shuningdek,  hisobotda xotin-qizlarni va oilalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi orqali 6 nafar ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan nogironligi boʻlgan kam taʼminlangan, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlar uy-joy bilan taʼminlangani taʼkidlandi.

Kun tartibidagi navbatdagi masala – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qaroriga asosan tumanda suv xoʻjaligi obʼektlarining texnik holatini yaxshilash, shuningdek suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etish holati yuzasidan tuman irrigatsiya boʻlimi boshligʻi Xudayar Qalandarov hisobot berdi.

Taʼkidlanganidek, tumandagi suv xoʻjaligi obʼektlarining texnik holatini yaxshilash maqsadida xoʻjaliklararo va ichki xoʻjalik kanallarini tozalash, ulardagi gidrogtexnik inshootlarni, gidropostlarni taʼmirlash boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilib, tuman boʻyicha joriy yilda amalda 64 km uzunlikdagi xoʻjaliklararo kanallar qazib tozalandi. “Obod qishloq” dasturi asosida xoʻjaliklararo “Boʻzsuv” kanalining 5 km qismida davlat mablagʻlari hisobidan kapital rekonstruktsiya qilindi. 2020-yilda 150 gektar maydonda qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishda suv tejovchi texnlogiyalarini joriy qilish rejalashtirildi.

Hisobotda suv tejovchi texnologiyalarning afzalliklari va uni joriy qilishning iqtisodiy asoslari haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Sessiya kun tartibidagi “Yer ajratish, egalik qilish, foydalanishga va ijaraga berish masalalarini koʻrib chiquvchi doimiy komissiya qarorini koʻrib chiqish haqida”gi masala boʻyicha tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Fayzulla Sadullayev axborot berdi.

Axborotda taʼkidlanganidek, joriy yil tumanimizda 15 ming 250 gektar maydonga chigit ekilib, davlatimiz xirmoniga rejadagi 32 ming 250 tonna oʻrniga,  36 ming 669 tonna paxta hom ashyosi etkazib berilib, bu boradagi shartnomaviy reja 113,7 foizga bajarildi.

Qolaversa, tumanimiz gʻallakorlari shartnomaviy rejalarini respublikamizda oldingilar qatorida ortigʻi bilan bajarib, davlatimiz xirmoniga 9 ming 749 tonnadan ortiq don topshirdi.

Kun tartibidagi soʻnggi masala joriy yilgi saylovlar haqida boʻldi. Deputatlar tumandagi okrug va uchastka saylov komissiyalari aʼzoligiga yangi nomzodlarni tavsiya qilish haqidagi qarorni bir ovozdan maʼqulladilar. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazuvchi 1-Nukus va 4-Amudaryo okrug saylov komissiyalariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga hamda tuman saylov komissiyasiga yuborildi.

Kun tartibidagi masalalar boʻyicha muzokaralarda deputatlar, tegishli doimiy komissiyalar aʼzolari, muassasa, korxona va tashkilotlar rahbarlari va boshqa mutasaddilar soʻzga chiqdilar. Bildirilgan takliflar, fikr va mulohazalar inobatga olinib, barcha masalalar boʻyicha xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilinli. Shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.

Charos ARSLONOVA, tuman hokimligi axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019