14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 19:22
Fan va taʼlim 👁 466

36-sonli maktabda adabiy kecha oʻtkazildi

36-sonli maktabda adabiy kecha oʻtkazildi

Taʼlim mazmunini takomillashtirish, fanlarni oʻqitishda yuqori samaradorlikka erishish, oʻqituvchilarga amaliy va metodik yordam berishni muntazam yoʻlga qoʻyish maqsadida maktablarda har oyda fan oyliklari tashkil qilinadi.

Oʻtgan oyda tumandagi barcha umumtaʼlim maktablari qatori 36-sonli maktabda ham qoraqalpoq tili fan oyligi oʻtkazildi va qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilganining 30-yilligi munosabati bilan turli tadbirlar tashkillashtirildi. Oylik davomida ochiq oʻquv mashgʻulotlari, fanga doir koʻrik-tanlovlar, qoraqalpoq yozuvchi-shoirlari ijodiga bagʻishlangan adabiy kechalar oʻtkazildi. Bu jarayonlar yangi maʼlumotlar bilan toʻldirilib, taʼlim oluvchilarning bilimlari mustahkamlandi. Kirish testlari, diktant va insholar olinib, har bir oʻquvchining bilim samaradorligi aniqlandi.

Yaqinda mazkur fan oyligi yakuniga bagʻishlangan adabiy kecha oʻtkazildi. Qoraqalpoq adabiyoti namoyandalarining badiiy asarlari asosida tayyorlangan kechani maktabning maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Sarvar Qutlimurodov ochib berdi. 

Maktabning qoraqalpoq tili fani oʻqituvchilari Zeynigul Seytimova, Saltanat Seytimova, Maqsuda Otajonova, Nilufar Allaniyozova, Nasiba Odilovalar tomonidan tashkillashtirilgan ushbu kechada oʻquvchilar faol ishtirok etdilar.

Kechada boshlovchilar dastlab millatga xos boʻlgan qadimiy anʼanalar, urf-odatlar va qoraqalpoq tilining nihoyatda jozibali, maʼnodosh soʻzlarga boy til ekanligi,  xalq ogʻzaki ijodi namunalari, shu tilda yaratilgan badiiy asarlarning qadr-qimmati, 1989-yil 1-dekabr sanasida qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilganining tarixiy ahamiyati haqida gapirdilar.

Undan tashqari, Qoraqalpogʻistonda oʻzbek tili bilan birgalikda davlat tili maqomida kelayotgan qoraqalpoq tilida taʼlim berilayotgan maktablar, ushbu til oʻrgatilayotgan oliy oʻquv yurtlari, boshqa viloyatlardagi shu tilda soʻzlashuvchi ellar hamda yurtimizdagi uni oʻrganishga boʻlgan eʼtibor haqida oʻquvchilar faxr bilan soʻzlalar. Shundan soʻng, oʻquvchilar qoraqalpoq shoirlari ijodiga mansub sheʼrlarni ifodali oʻqib, yod aytib berdi.

Kecha davomida qoraqalpoq xalq ertagi asosida tayyorlangan sahna koʻrinishi namoyish etildi. Oʻquvchilar ijobiy va salbiy ertak qahramonlarini mahorat bilan ijro qildilar va ularning turli voqealarga boy sarguzashtlarini, ertaklar doim yaxshilik bilan tugashini, ezgulikka yetaklashini koʻrsatib berdilar.

Ertakdan soʻng taqdim etilgan dilrabo qoʻshiq va shoʻx raqslar tomoshabinlarga yanada koʻtarinki kayfiyat ulashdi.  Paqqosa qizlar “Bizing yelding qizlari” qoʻshigʻiga, yigitlar esa “Chagʻala” qoʻshigʻiga raqsga tushdi. Yigit va qizlar ijrosidagi qoraqalpoqcha aytishuv, “Aysenem”, “Kel gulim” qoʻshiqlari barchaga zavq bagʻishladi. Oʻquvchilar bu chiqishlari bilan qoraqalpoq milliy madaniyatining naqadar boy va serjilo ekanini amalda koʻrsatib berdilar.

Adabiy kechada va qoraqalpoq tili fan oyligi davomida faol qatnashgan oʻquvchilar maktab maʼmuriyati tomonidan tayyorlangan faxriy yorliq va sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

Ozoda XUDOYBERGANOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019