30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 04:34
Siyosat 👁 725

Amudaryo tumanida Konstitutsiya kuni keng nishonlandi

Amudaryo tumanida Konstitutsiya kuni keng nishonlandi

Konstitutsiya – huquqiy davlatning asosiy belgisi hisoblanadi. Unda jamiyatning ijtimoiy-siyosiy xususiyatlari, taraqqiyotining bosh mezonlari, mamlakat ichki va tashqi siyosatining asosiy yoʻnalishlari oʻz ifodasini topadi. Ushbu asosiy qonun har bir mamlakatning taraqqiyot yoʻlini belgilab beruvchi muhim hujjat sanaladi.

Asosiy qomusimiz - Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun, yaʼni  8-dekabr sanasi mamlakatimizda har yili tantanali ravishda keng nishonlanadi. 6-dekabr kuni tuman madaniyat boʻlimida boʻlib oʻtgan tadbir ham shular jumlasidandir.

Tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev, hokim oʻrinbosarlari, deputatlar, huquqni muhofaza qilish organlar, taʼlim muassasalari rahbarlari, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdilar.

Tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev soʻzga chiqib, bosh qomusimizning huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish, xalqimizning tinch, obod va farovon hayotini taʼminlash, Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi obroʻ-eʼtiborini yuksaltirish, milliy qonunchilik tizimini shakllantirish hamda mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishdagi oʻrni va ahamiyati haqida toʻxtalib oʻtdi.

Darhaqiqat, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va boshqa xalqaro hujjatlar talablariga toʻla mos holda, inson huquq va erkinliklarini kafolatlash bilan birga, shaxsning maʼnaviy kamol topishi va har tomonlama uygʻun rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. Konstituttsiya yurtimizning har bir fuqarosi uchun nafaqat huquq va erkinliklari kafolati, ayni paytda davlat va jamiyat oldidagi burchlarini ham belgilab berdi.

Bayram tadbirida 31- hamda 40-sonli umumtaʼlim maktablarining maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarlari Eldor Oʻrazimbetov va Muyassar Rahmatullayevalar soʻzga chiqib, Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati, asosiy qonunimizning jahon hamjamiyatida tutgan oʻrni, uni yoshlarga oʻrgatishning ahamiyati haqida soʻzladilar.

Tadbir davomida tuman madaniyat boʻlimi sanʼatkorlarining kontsert dasturi namoyish qilindi. Kontsert dasturida maktab oʻquvchilari tomonidan bosh qomusimizning qator moddalariga taʼriflar berildi hamda madaniyat xonandalarining vatanni madh etuvchi, tichlik, ezgulikni tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlari yangradi.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, Konstitutsiyamiz asosida mamlakatimizda milliy qonunchilik tizimi, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari shakllandi, bugungi kunda barcha jabhalarda keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyatimiz yuksalib, fuqarolarimizning dunyoqarashi tobora oʻsib bormoqda. Bularning barchasi, eng avvalo, bosh qomusimizning hayotbaxsh kuch-qudrati natijasidir.

Shuningdek, asosiy qonunimizda yurtdoshlarimizning kelajak avlodlarga ozod va obod Vatan qoldirish, ularning baxtu kamolini koʻrishdek orzu-havaslari oʻz ifodasini topganligi bilan birga unda jamiki dunyoviy neʼmatlar orasida eng ulugʻi – Inson degan fikr ilgari surilgan va shu asosda fuqaro – jamiyat – davlat oʻrtasidagi oʻzaro munosabatning oqilona huquqiy yechimi belgilab berilgan.

Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi eng muhim sanalardan biri – Konstitutsiya qabul qilinganligining 27 yilligi arafasida shuni alohida eʼtirof etish lozimki, Konstitutsiyamiz vaqt oʻtgan sari oʻz nufuzini, xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtiborini mustahkamlab bormoqda. Shu sababli ham Konstitutsiyamiz – ahamiyati beqiyos boʻlgan hujjatdir.

Fursatdan foydalanib barcha yurtdoshlarimizni ushbu bayram –Konstitutsiyamizning 27 yilligi munosabati bilan tabriklaymiz!

Charos Arslonova, tuman hokimligi axborot xizmati rahbari

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026