Saylovlarga qizgʻin tayyorgarlik koʻrilmoqda
Mamlakatimizda tobora yaqinlashayotgan tarixiy, siyosiy hamda muhim jarayon Oʻzbekiston Pespublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari shahar hamda tuman kengashlariga deputatlar sayloviga qizgʻin tayyorgarlik koʻrilmoqda.
Partiyalarning deputatlikka nomzodlari joylarda targʻibot-tashviqot tadbirlari, saylovchilar bilan uchrashuvlar tashkil qilishmoqda. Nomzodlar hamda partiyalar mutasaddilari yigʻilish, majlis, tadbirlarda, qolaversa, OAV da chiqishlar qilib saylovchilarni ushbu siyosiy jarayonda faollikka chaqirishmoqda.
Shunday yigʻilishlardan biri tumanimizda 9-dekabr kuni boʻlib oʻtdi. 9-sonli musiqa va sanʼat maktabida tashkil qilingan majlisga Tadbirkorlar va ishbilarmonlar xarakati - Oʻzbekiston liberal demokratik partiyasi Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Kengashi raisi Sagʻindiq Turmanov, Oʻzbekiston Pespublikasi Oliy Majlisi deputatligiga nomzod Anvar Yuldashevning ishonchli vakili Oʻzbekiston Pespublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasining Qoraqalpogʻiston Pespublikasi boshqarmasi bosh inspektori Akbar Qoziyevlar, partiya nomzodlari hamda saylovchilar ishtirok etdilar.
Majlisni Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Kengashi raisi ochib berdi hamda bugungi saylov tizimidagi muhim yangiliklar, saylov jarayonlariga qizgʻin tayyorgarliklar haqida soʻzladi.
Taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda mamlakatimizda saylov tizimida qator yangiliklar amalga oshirildi. Xususan, butun respublika boʻyicha saylovchilarning yagona elektron roʻyxati shakllantirildi. Ilgari har bir hududning oʻz lokal roʻyxati asosida ish koʻrilar, natijada bir kishi bir necha uchastkadan ovoz berishi mumkin boʻlardi. Poʻyxat yagona boʻlgani bois endi buning imkoni boʻlmaydi, har bir saylovchining ovoz bergan-bermagani yagona bazada qayd etiladi. Shuningdek, butun oila nomidan bir kishi kelib ovoz berishi hollariga ham yoʻl qoʻyilmaydi.
Saylov uchastkalari haqida maʼlumotlar bir bazada jamlanadi. Har bir saylov uchastkasining joylashgan oʻrni, manzili elektron tarzda bir bazaga jamlanadi. Bu uchastkaga qaysi fuqarolar qarashi ham kiritiladi. Fuqarolar oʻz pasport maʼlumotlarini terish orqali qaysi uchastkaga va qaysi manzilga borishi kerakligi haqida osonlik bilan maʼlumot olishi mumkin.
Shuningdek, Sagʻindiq Turmonov Oʻzbekiston Pespublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, shahar hamda tuman kengashlari deputatligiga tumanimizdan koʻrasatilgan nomzodlarni majlis ishtirokchilariga tanishtirib oʻtdi.
Oʻzbekiston Pespublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Anvar Yuldashevning ishonchli valkili Akbar Qoziyev majlisni davom ettirib, nomzodning tarjimai holi, ish faoliyati hamda erishgan yutuqlari haqida ishtirokchilarga maʼlumotlar berdi.
Yigʻilishda OʻzLiDePdan xalq deputatlari tuman kengashiga koʻrsatilgan nomzodlar faol ishtirok etib, saylov jarayonlariga tayyorgarlik yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Jumladan, 40-sonli umumtaʼlim maktabi maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, 2-Chordara okrugidan xalq deputatlari tuman kengashi deputatligiga nomzodi koʻrsatilgan Muyassar Pahmatullayeva soʻzga chiqdi.
Taʼkidlanganidek, yurtimizda ayol-qizlarning jamiyatdagi oʻrni tobora oshib bormoqda. Xalq deputatlari tuman kengashi deputatligiga 150 nafar nomzodning 62 nafari, yaʼni 42 foizi ayol-qizlardan iborat ekanligi fikrimizning dalilidir.
Shuningdek, majlisda 11-Oʻrtaqalʼa saylov okrugidan nomzod 16-maktabning oʻquv ishalri boʻyicha direktor oʻrinbosari Nodir Tadjimov soʻzga chiqib, navbatdagi saylovlarda har bir saylovchining ovozi muhim ekanligini taʼkidlab, saylovda faol ishtirok etishga chaqirdi.
Charos Arslonova, tuman hokimligi axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶