29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 21:01
Fan va taʼlim 👁 814

“Savodxonlik bayrami” taassurotlarga boy boʻldi

“Savodxonlik bayrami” taassurotlarga boy boʻldi

Maktab ostonasiga ilk qadam qoʻygan kunlaridan boshlab ona tilimizni oʻrganib, bir muncha ulgʻayib qolgan bolajonlar uchun “Savodxonlik bayrami” tadbirlari xuddi ilk imtihon singari. Sababi ana shu tadbirda ular “Alifbe” kitobini qay darajada oʻzlashtirgani, boshlangʻich taʼlim boʻyicha egallagan dastlabki bilimlari namoyon boʻladi, intellektual oʻyinlar, qiziqarli savol-javoblar va  sheʼr, qoʻshiq, raqslar ijro etish orqali ustozlari taʼlimini qay darajada oʻzlashtirganliklarini koʻrsatishadi.
Oʻquvchilarning erishgan yutuqlarining yakuni hisoblanmish bayram tadbirini mazmunli, esda qolarli qilib oʻtkazish har bir boshlangʻich sinf oʻqituvchisining orzusidir.

Tumanimizdagi 57-sonli maktabning  boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Adolat Hasanova oʻz muallimlik faoliyatida 2019-2020 oʻquv yili boshida ikkinchi bora 1-sinfga bolalarni qabul qilib oldi. Oʻquv yilining ikkinchi choragi oxirgi kunlarida u ham oʻz sinfida taʼlim olayotgan 19 nafar oʻquvchilarning “Savodxonlik bayrami”ni koʻngildagidek oʻtkazish uchun astoydil intildi. Bu haqda oʻquvchilarining ota-onalarini ham xabardor qildi. Birgalikda tayyorgarliklar koʻrishdi. Bayram oʻtkaziladigan kun sinfxona oʻquvchilar chizgan eng chiroyli qish manzaralari, yasagan buyumlari, qish bezaklari bilan yasatildi.

Bolalarning har birining turli  harflar timsolida davraga kirib kelib, qanday soʻzlar, qanday jismlar aynan shu harf bilan boshlanishini sheʼriy ifodalab berganlarida ota-onalar ham, ustozlari ham qizgʻin olqishlab, xursand boʻldilar. Oʻquvchilar harflarni oʻqish, yozishni oʻrganib olganliklari uchun “Alifbe” kitobiga minnatdorchilik bildirib xayrlashdilar, ona tili va oʻqish kitobi bilan tanishib, doʻst, inoqlikda ilm olishni davom ettirishga soʻz berdilar. Shundan soʻng, bolajonlar yangi yil bilan barchani qutlab, sheʼriy tabriklar aytishdi.

Sahnada kichkintoy oʻgʻil-qizlar ishtirokida “Tulki va turna”, “Rostgoʻy bola” ertaklari asosida namoyish etilgan sahna koʻrinishlari ayniqsa, barchani quvontirdi. “Qoraqalpogʻim” qoʻshigʻiga raqs ijro etilganidan soʻng sahnaga ilmli, zukko va oqil bolajonlarni Yangi yil bilan qutlash uchun tashrif buyurgan Qorbobo va Qorqiz koʻtarildi. Alifbeni yaxshi oʻzlashtirganliklari uchun bolajonlarga sovgʻalar ulashdi va chiroyli qilib bezatilgan archa atrofida sheʼrlar aytishib, raqsga tushishib, xursandchilik qilishdi.
Savodxonlik bayrami tadbirida ayniqsa Anora Sherifboyeva, Komila Kenjaboyeva, Jasurbek Saʼdullayev, Shoxruh Maxsudovlar faol qatnashdilar.

Tadbirda ishtirok etgan maktab oʻqituvchilari, ota-onalar 1-sinf oʻquvchilarini oʻquv yili yarim yilligigacha ana shunday zukko, hozirjavob, bilimdon qilib tarbiyalagan ustozi Adolat Hasanovaga ulkan minnatdorchilik bildirishdi. Savodxonlik bayrami 1-sinf oʻquvchilarining barchasi uchun ham unutilmas taassurotlar qoldirdi


Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026