TARIX FANI OYLIGI – OʻQUVChI-YoShLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYaLAShGA KOʻMAKLAShADI
Oʻz Vatani tarixini bilmagan inson hech qachon dunyo xalqlari haqidagi tushunchaga ega boʻla olmaydi. Oʻzi tugʻilgan zamin haqida zarur bilimga ega boʻlmay turib, oʻzlikni anglash mushkuldir. Chunki ona Vatan tarixi xalqimizning milliy-madaniy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy ildizlarining ilmiy-nazariy asosi hisoblanadi.
Mustaqillik davrida Oʻzbekiston tarixi tamoman yangilandigina emas, yillar davomida mustabidlik qoliplariga solinib, talqin etilgan buyuk va betimsol tariximiz qayta tiklandi, boqiy tarixiy ildizlar yanada mustahkamlandi. Bugungi kunda umumtaʼlim maktablarining oʻquvchi-yoshlari haqiqiy Oʻzbekiston tarixi sahifalarini maroq bilan oʻzlashtirmoqdalar.
Ayni kunlarda umumtaʼlim maktablarida tarix fani oyligi katta qiziqish va koʻtarinkilik bilan oʻtkazilmoqda. Fan oyligi doirasida oʻtkazilayotgan tadbirlarda oʻquvchi-yoshlar qalbida oʻzligimizni anglash, ona Vatanga muhabbat tuygʻulari yanada mustahkamlanmoqda.
17-yanvar kuni 16-sonli umumtaʼlim maktabining 9”A”-sinfida tarix fani oyligi doirasida boʻlib oʻtgan tadbirda oʻquvchi-yoshlar oʻzlarining Vatan tarixi bilimdonlari ekanliklarini namoyon etdilar.
Tadbirda iqtidorli tarix fani oʻqituvchisi Zoirjon Ilhomov tomonidan “Turkistonda milliy ozodlik harakatining boshlanishi va uning sabablari” mavzusida namunali dars tashkil etilib, mazkur darsning taʼlimiy-tarbiyaviy ahamiyatiga alohida eʼtibor berilib, oʻquvchilar fikrini rivojlantiruvchi fanga doir va tayanch kompetentsiyalardan unumli foydalanildi. Umumiy beshta qismdan iborat namunali dars jarayonida aralash dars turi qoʻllanildi. Zakovatni charxlash, yaʼni ogʻzaki va yozma uslublar tanlandi. “Marra tomon olgʻa!” oʻyini orqali oʻquvchilarning bilimlari sinovdan oʻtkazildi.
“Kichik maʼruza”, “Piza test”lar oʻtkazilib, oʻquvchi-yoshlarning dars jihozlaridan qay darajada foydalanishlariga alohida ahamiyat qaratildi.
Beshta qismdan iborat bir soatlik dars tadbiri jarayonida oʻquvchilar nafaqat avvalgi darsda uyga berilgan vazifa, balki yangi mavzu va uyga beriladigan yangi vazifa boʻyicha reja va topshiriqlar haqida toʻliq maʼlumotga ega boʻldilar.
Tarix fani oyligi doirasida maktabning tarix fani oʻqituvchisi Zoirjon Ilhomov tomonidan oʻtkazilgan mazkur namunali dars tadbiri oʻquvchi-yoshlarda “Turkistonda milliy ozodlik harakatining boshlanishi va uning sabablari” toʻgʻrisida toʻliq tushunchalar hosil boʻlishida hamda mazkur darsni katta qiziqish bilan oʻzlashtirishlarida muhim omil boʻldi. Shu barobarida oʻquvchi-yoshlarning ona Vatanimiz tarixini mukammal oʻrganish istagini yanada mustahkamladi.
Robiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶