29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 21:02
Fan va taʼlim 👁 361

HAR BIR BOLA – BIR OLAM

HAR BIR BOLA – BIR OLAM

Tobora rivojlanib borayotgan mamlakatimizni yanada ravnaq toptirish – bugungi yosh avlodning bilim va salohiyatiga bogʻliq. Bunda, albatta, bugungi yoshlarga berilayotgan taʼlim-tarbiya muhim ahamiyatga ega. Chunki yaxshi taʼlim-tarbiya olgan yoshlargina el-yurtga fidoyi boʻladilar, oʻzlarini ona Vatan tinchligiga, kelajagiga daxldor deb biladilar. Shuning uchun ham  mamlakatimizda taʼlim-tarbiya sohasiga eng ustuvor vazifa sifatida qaraladi.

Soʻnggi ikki yil ichida taʼlim-tarbiya sohasiga qaratilayotgan eʼtibor tufayli maktabgacha taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar salmogʻi ham, muassasalar soni ham keskin oshdi. Natijada 6 yoshgacha boʻlgan bolalarni maktabgacha taʼlim takshilotlariga qamrab olish boʻyicha ijobiy natijalarga erishildi.
Birgina bizning tumanimizda oʻtgan yil davomida 1 ta davlat xususiy sheriklik asosida, 27 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti yangidan tashkil qilindi va maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 82 taga yetkazildi. Yana 22 nafar tadbirkor tomonidan nodavlat MTTlar tashkil etish yuzasidan bitim tuzish uchun hujjatlar tayyorlanib,  Maktabgacha taʼlim vazirligiga taqdim  etilgan. Ayni paytda tumanda 45,5 foiz 3-6 yoshli bolalar maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olingan.

Tumandagi 40-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti 1991-yilda qurilgan boʻlib, 140 nafar kichkintoyni tarbiyalashga moʻljallangan. Davlatimizning sohaga qaratayotgan eʼtibori va kun sayin oshib borayotgan talablar bois, 2016-yilda muassasa binosi kapital taʼmirlandi va qoʻshimcha, qulay sharoitlar yaratildi. Natijada yangi guruhlar tashkil etilib, hududdagi bolalarni qamrab olish koʻrsatkichi ham oshdi.

Bugungi kunda tashkilotda 9 ta guruhda 250 nafar jajji bolajonlar tarbiyalanmoqda. 16 nafar pedagog-tarbiyachilarning 4 nafari oliy, 2 nafari tugallanmagan oliy maʼlumotga ega. 10 nafar xodimlar esa oʻrta maxsus maʼlumotli mutaxassislardir. Tarbiyachi-pedagoglar Nafisa Ismoilova, Albina Eshnazarova, Shohista Jamolovalarning  “oʻrgan-oʻrgat” tamoyili asosida ish yuritishlari tufayli tarbiyalanuvchilar oʻrtasida tuman miqyosida oʻtkaziladigan “Sogʻlomjon-Polvonjon”, “Bilagʻon bolajonlar” kabi bellashuvlarda 40-sonli  maktabgacha taʼlim tashkiloti hamisha peshqadam.

Bolajonlarning sogʻlom va epchil, intiluvchan boʻlib ulgʻayishlarida bosh oshpaz Saida Jumamurodovaning hissasi katta. Biri-biridan shirin, totli taomlar tayyorlab, bolajonlarni siylaguvchi pazanda opani bolajonlar “oʻzimizning shirin momomiz”, deya sevishadi. Hamshira Dilbar Qurbonboyeva esa bolajonlarning salomatligini doimiy koʻrikdan oʻtkazib turishni aslo kanda qilmaydi.

Joriy yilning yanvar oyida tumanimizda boʻlgan Ishchi guruhi aʼzolari ushbu muassasada boʻlishib, olib borilayotgan taʼlim-tarbiya sifati bilan tanishdilar va xodimlarning ish tajribalari, erishayotgan yutuqlarini tahlil qilishdi. Ish samarasini ijobiy baholadilar va tarbiyalanuvchilar uchun keltirgan sovgʻalarini topshirdilar.

Muassasadagi guruhlarda bolalarning yoshi, qiziqishlari boʻyicha taʼlimiy mashgʻulotlar olib borish, qobiliyatli bolajonlar ishtirokida alohida tarbiyaviy soatlar tashkil etish, ularning jismoniy yetuklik sari qadam qoʻyishlarini shakllantirish maqsadida chiniqtiruvchi mashqlar, qiziqarli sport oʻyinlari oʻtkaziladi. Ayniqsa, 6 yoshli bolalar guruhlarida bola nutqini rivojlantirish, diqqatni jamlash, noldan 10gacha, 10dan 100 gacha raqamlarni yoddan aytish, raqamlarni yoddan qoʻshish, ayirish, koʻpaytirish kabi mashgʻulotlar juda qiziqarli tarzda olib boriladi. Toza havoda sayr  qilish, tabiat bagʻriga sayohat, “Dadam, oyim va men oilaviy sportchilarmiz”, “Men katta boʻlsam...” kabi oʻyin-mashgʻulotlari jarayonida bolajonlar oʻzlarini erkin, mustaqil his etishni oʻrganishadi.
Tashkilot xodimlarining barchasi uchun har bir bola – bir olam. Ana shu olamning yanada barkamol, metin, mustahkam alp qoʻrgʻonga aylanishi bugungi taʼlim-tarbiya jarayoniga, harakatga bogʻliq ekanligini ular yurakdan his etadilar. Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan soha xodimlari oldiga qoʻyilayotgan ulugʻvor vazifalar ijrosini taʼminlash hamda vijdonan bajarishga intiladilar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026