“Jayxun ilhomlari” NNT tomonidan 44-sonli maktabda maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus yoshlar hayotida muhim rol oʻynaydi. Beshta muhim tashabbus yoshlarning ongli va bilim darajalari yuqori boʻlib oʻsib ulgʻayishida katta imkoniyatlar eshigini ochib beradi.
Tumanimizda faoliyat yuritayotgan “Jayxun ilhomlari” NNT tomonidan bu beshta muhim tashabbusning mazmun-mohiyatini maktab oʻquvchilari, yoshlar, keng jamoatchilik orasida targʻibot qilish maqsadida ish rejalar tuzilib, amaliy ishlar bajarilmoqda. Tashkilot tomonidan shu maqsadlarni amalga oshirish uchun joylarda turli uchrashuvlar, tadbirlar tashkil etilmoqda.
Tashkilot ish rejasiga muvofiq tumanimizdagi 44-sonli umumtaʼlim maktabida “Mahorat maktabi” tadbiri oʻtkazildi. Unda maktabdagi adabiyot, badiiy ijodga havas qoʻygan, tasviriy sanʼat yoʻnalishidagi iqtidorli oʻquvchilar jam boʻlishdi. Maktabning oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Manzura Sultonova hamda “Jayxun ilhomlari” NNTdan tashrif buyurgan ijodkorlar oʻquvchilarga nasr va nazm sirlari haqida soʻzlab berishdi.
Uchrashuv davomida maktabdagi juda koʻp oʻquvchi-yoshlarning ijodga qiziqishi namoyon boʻldi. Maktabning 5-sinf oʻquvchilaridan Akrom Koʻklanov, Sevinchoy Murodboyeva, 6-sinf oʻquvchilaridan Asaloy Qurbonboyeva, Xurshida Oʻrinboyev, 7-sinf oʻquvchisi Poza Shomurodova, 10-sinf oʻquvchilaridan Surayyo Pajabova, Diyora Erimbetova, Sohiba Ahmadjonovalar oʻzlarining yangi yozgan sheʼrlaridan oʻqib berdilar. Ularning ustozi, oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Manzura Sultonova ham oʻzining ijod namunalaridan bizga taqdim etdi.
Mazkur umumtaʼlim maktabida hozirgi kunda 530 nafar oʻquvchi taʼlim-tarbiya olib, bilim sirlarini egallamoqda. Maktabda faoliyat yuritayotgan 49 ta fan toʻgaraklariga 509 oʻquvchi jalb qilingan. “Tilshunoslik” fani toʻgaragining 64 nafar, “yosh adabiyotshunoslar” toʻgaragining 30 nafar aʼzolari borligi ham maktabda koʻplab yosh adabiyotshunoslarning yetishib chiqayotganligidan dalolat beradi.
Shuningdek, maktabdagi “Yosh rassomlar” toʻgaragida fan oʻqituvchisi Maqsuda Xolimbetova tasviriy sanʼatning sir-asrorlarini oʻrgatmoqda. U oʻzidagi bor iqtidorni shogirdlariga singdirish uchun astoydil mehnat qilmoqda. Fidoyi ustozning samarali mehnati natijasida yosh rassomlardan 8-sinf oʻquvchisi Sodiqjon Ismoilov, 5-sinf oʻquvchisi Akmal Jumamurodovlar tuman, respublika miqyosidagi tanlovlarda ishtirok etib, munosib oʻrinlarni egallab kelishmoqda. Yosh rassomlarning tasviriy sanʼat sohasidagi bilimlari kishini hayratga soladi. Bularning barchasi uzluksiz izlanishlar natijasidir. Yosh iqtidor egalarning mahorati, tasviriy sanʼatni puxta oʻrgangani chizgan rasmlarida ham aks etgan.
Maktabning oʻqituvchi va oʻquvchilari yangilik sifatida yaqinda teatr va sanʼat toʻgaragi oʻz faoliyatini boshlashi toʻgʻrisida aytib oʻtishdi. Bu quvonarli hol, albatta.
Bir soʻz bilan aytganda, mazkur umumtaʼlim maktabida yosh avlodning kelajakda yetuk mutaxassislar boʻlib yetishishlari uchun ularning ustozlari tomonidan namunali ishlar olib borilmoqda.
Xuddi shunday tadbir 11-sonli umumtaʼlim maktabida ham oʻtkazildi. Hozirgi kunda 940 nafar oʻquvchi bilim olayotgan ushbu maktabdagi ijodkor, iqtidorli oʻquvchilar mazkur tadbirda katta qiziqish bilan qatnashdilar.
Tadbirda dastlab oʻqituvchilar oʻquvchilarning bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida 16 ta fan toʻgaraklari muntazam ishlab turganligi, bu toʻgaraklarga 480 nafar oʻquvchi jalb qilinganligi toʻgʻrisida soʻzlab oʻtdilar. Birgina adabiyot va badiiy ijod yoʻnalishida 7 toʻgarak tashkil etilganligini oʻquvchilar ham mamnuniyat bilan eʼtirof etdilar.
Maktab kutubxonasida yosh ijodkorlar bilan oʻtkazilgan suhbatda 6-sinf oʻquvchilaridan Yorqinoy Kenjaboyeva, Madina Hayitjonovalar oʻzlarining yangi yozilgan sheʼrlaridan oʻqib berdilar, 10-sinf oʻquvchisi Iroda Oymirzayeva oʻzi yozgan hikoyani soʻzlab berdi. Musiqaga havas qoʻygan 10-sinf oʻquvchisi Ogʻabek Xasanov esa jonli ijroda qoʻshiq kuyladi.Oʻquvchilarning samarali ijod qilishida maktabning oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchilari Guloyim Begjanova, Matluba Qurboniyazovalar yaqindan yordam berib kelishmoqda
Shuningdek, maktabda har bir muhim sanalar munosabati bilan tadbirlar oʻtkazilib turiladi. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus katta imkoniyatlar ekanligi ham oʻquvchilarga muntazam ravishda keng miqyosda tushuntirilmoqda.
Tumanimizdagi barcha umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilarning har tomonlama bilimli, tashabbuskor inson boʻlib yetishishlari uchun barcha imkoniyatlar eshigi keng ochilgan. Yosh avlod vakillari ham oʻz navbatida ilm samarasi sifatida oʻz iqtidorlarini turli yoʻnalishlarda namoyon etib kelmoqdalar. Oʻquvchilarning bu gʻoyalari va tashabbuslari boshqalar tomonidan qoʻllab-quvvatlanmoqda.
Oʻrozali PEYIMOV.
“Jayxun ilhomlari” NNT raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶