28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 15:32
Jamiyat 👁 590

TUMAN MADANIYaT MARKAZIDA “ShOIR VA DAVLAT ARBOBI” MAVZUSIDA Z.M.BOBUR IJODIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

TUMAN MADANIYaT MARKAZIDA “ShOIR VA DAVLAT ARBOBI” MAVZUSIDA Z.M.BOBUR IJODIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

Zahiriddin Muhammad Bobur. Biz uni nafaqat betakror shoir, gʻazalnavis, adabiyot fidoyisi, balki oʻz davrining adolatparvar, xalqparvar hukmdori, tarixchi-etnografi, oʻlkashunos, biolog-dorishunos, oʻtkir tilshunos olim sifatida bilamiz. Arab alifbosini oʻrganish borasidagi imloviy muammolarni bartaraf etish maqsadida “Xatti Boburiy” alifbosini yaratgan Bobur davlatni boshqarish tizimida vaqt meʼyorini soddalashtirilgan tarzda ishlab chiqib, oʻz hukmronligi davrida pochta-aloqa tizimiga oʻziga xos tartib bergan, zamondosh hukmdorlardan farqli ravishda Hindiston va Qobul muzofotlarida yirik shaharlarni obodonlashtirib, betakror meʼmoriy obidalar bunyod etgan serqirra olim, davlat va jamoat arbobi, tarixchi, shoh va shoir, tengsiz dinshunos boʻlgan.


Oʻzining  juda qisqa, 47 yillik umri davomida buyuk vatandoshimiz Hind diyorini havasga munosib mamlakat sifatida dunyo ahliga tanita oldi. Nafaqat Hindiston, balki Xurosonda ham Movarounnahr tamaddunini yoyib, oddiy xalq uchun fidoyilik qildi: madrasalar, shifoxonalar, masjid va rabotlar bunyod etdi. Dinshunoslik sohasida misli koʻrilmagan islohotlarni amalga oshirdi: Hindistonda tarqoq diniy qarashlarni birlashtirdi, buddizmning eng xurofiy odatlaridan biri – eri vafot etsa, u bilan birga xotinini ham tiriklay olovda kuydirishdek yovuz odatga barham berdi. Bu uning mahalliy xalq orasida katta shon-shuhrat qozonishga sabab boʻldi.


Z.M.Bobur asarlari esa, mana, besh asrdan oshdiki, hamon dunyo xalqlarining maʼnaviy olamini boyitib, kitob javonlarini bezab turibdi. Uning vatanparvarlik, xalqparvarlik mavzusidagi sheʼriyati, tarixiy-memuar “Boburnoma” asari bugungi davr uchun ham nihoyatda qadrli, beqiyos ulkan maʼnaviy taʼlimdir. Onaga, Vatanga, doʻst-yorga, jigarbandga cheksiz mehr, har qanday razolatga nisbatan murosasizlik ruhidagi ijod namunalari oʻzining boy tili, xalqonaligi bilan  har birimizning qalbimizdan munosib joy olgan.

Tuman Madaniyat markazida Nasiba Eshchonovaning stsenariysi asosida Z.M.Bobur tavalludining 537 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan “Shoir va davlat arbobi” deb nomlangan  adabiy-musiqiy tadbirda soʻzga chiqqan adabiyot va Bobur ijodi ixlosmandlari bu haqda faxr bilan soʻzladilar. Bobokalonimiz hayoti va ijodiy faoliyati haqidagi biri-biridan mazmundor adabiy maʼruzalar tadbir ishtirokchilariga maʼnaviy ruh bagʻishlovchi musiqiy lahzalarga ulanib ketdi. Bobur gʻazallari bilan aytiladigan ashulalarni mahorat bilan ijro etgan “Uchqun” ashula va raqs xalq dastasi xonandalarining har bir chiqishi olqishlar bilan kutib olindi.


Ayniqsa, 16-sonli maktab oʻquvchilari tomonidan sahnalashtirilgan “Bobur va Xonzodabegim” adabiy kompozitsiyasida vatanparvarlik, insoniylik, jigarbandlik mehr-oqibati, ayollik nazokati mahorat bilan koʻrsatib berilgani tomoshabinlar qalbida buyuk vatandoshimizdan faxrlanish tuygʻularini uygʻotdi.
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov qalamiga mansub mashhur “Yulduzli tunlar” asari asosida 38-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchi-yoshlari tomonidan tayyorlangan sahna koʻrinishi oʻzining hayotiyligi, ijroning samimiyligi, Bobur Mirzoning sargardonlikda kechgan va buyuk ishlarga qodir shaxs sifatidagi jasorat va matonatga toʻla hayoti aks ettirilgani bilan barchada katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek, tadbirda 16-sonli IDUM oʻquvchilari tomonidan mahorat bilan sahnalashtirilgan Navoiy va Bobur haqidagi adabiy kompozitsiya tadbir ishtirokchilarini maʼlum vaqt Navoiy va Bobur yashagan davr bilan oshno etdi.  Ikki buyuk shoirning ijod lahzalari hamda shoh Boburning davlatni boshqarishdagi odilona siyosati, buyuk meʼmorchilik obidalarini yaratish yuzasidan olib borgan sermahsul faoliyati shoh va shoir, tarixchi va etnograf, biolog va dorishunos Bobur qiyofasida koʻrsatib berildi.


Tadbir davomida “Uchqun” ashula va raqs xalq dastasining xushovoz xonandalari Vahobjon Abdullayev, Rashid Rahimov, Sardorbek Kamolov hamda Otabek Ahmadovlar tomonidan Bobur gʻazallari bilan aytiladigan mumtoz ashulalarga keng oʻrin berildi, dillarga xush yoquvchi mumtoz navolar joʻrligida sahnalashtirilgan raqslar barchaga xush kayfiyat bagʻishladi.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, “Shoir va davlat arbobi” adabiy-musiqiy tadbirining hayotiyligi, Bobur yashagan davr ruhining  aks ettirilishida sahna bezatuvchilari Mehribon Yoʻldosheva, Dilzfuza Bobojonova, Nazokat Ismoilovalarning mahorati alohida ahamiyatga ega boʻldi.
Boʻlib oʻtgan adabiy-musiqiy tadbir amudaryolik yoshlarning, Bobur ijodi ixlosmandlarining qalbida yanada yorqin taassurotlar uygʻotib, buyuk ajdodimiz adabiy merosi qadr-qimmatini yanada yuksak pogʻonaga koʻtardi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026