01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 09:04
Jamiyat 👁 318

TUMAN MADANIYaT MARKAZIDA QILIChBOY MADANIYaT MARKAZI DRAMA TOʻGARAGI AʼZOLARI SPEKTAKL NAMOYISh ETIShDI

TUMAN MADANIYaT MARKAZIDA QILIChBOY MADANIYaT MARKAZI DRAMA TOʻGARAGI AʼZOLARI SPEKTAKL NAMOYISh ETIShDI

Prezidentimiz yoshlar kelajagini koʻzlab ilgari surgan 5 ta tashabbusning butun  mazmun-mohiyati oʻsib kelayotgan yosh avlod ongida buyuk oʻzgarishlarga nisbatan ragʻbat uygʻotish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, qobiliyat va iqtidorlarini yuzaga chiqarish, hayotda ilgʻor fikrli, bilimdon, yuksak maʼnaviyatli insonlar sifatida kamol topishlari, ona Vatanga fidoyi va sadoqatli shaxs boʻlib voyaga yetishlariga koʻmaklashishdan iborat. Shu bois, mamlakatimizda 5 ta muhim tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlarning barchasida yoshlarning oʻzlari tashabbuskorlik va faollik koʻrsatishmoqda. Mazkur tashabbuslardan biri yoshlarga eʼtiborni kuchaytirish, ularni sanʼat va madaniyat maskanlariga keng jalb etish, bu borada qobiliyatli yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.


Qilichboy Madaniyat markazida tashkil etilgan yoshlar drama toʻgaragi faoliyati ham yoshlarni sanʼat va madaniyat maskanlariga jalb etish va boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga qaratilgan boʻlib, toʻgarak faoliyatida asosan yoshlar ishtirok etishmoqda. Oʻz faoliyatini 2019  yilda boshlagan toʻgarakda Qilichboy ovulining sanʼatga qiziquvchi yoshlari darsdan boʻsh vaqtlarida ishtirok etishadi.

Shunisi eʼtiborga loyiqki, toʻgarak aʼzolari tomonidan bolalarbop qator spektakllar sahnalashtirilib, hududdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida namoyish etildi. “Yaxshiliklar olami” deb nomlangan oʻzbek xalq ertaklari asosidagi spektakllar tuman hududidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Ushbu sahna asari uchun toʻgarak jamoasi 2019-yilning 27-mart sanasida – Xalqaro teatr kuni munosabati bilan oʻtkazilgan koʻrik-tanlovning Respublika bosqichida “Eng yaxshi rejissyorlik ishi” yoʻnalishi boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi.

Yoshlarni milliy gʻoya, oila qadriyatlari, oʻzaro mehr-oqibat ruhida tarbiyalash mavzusi toʻgarak jamoasi faoliyatining muhim yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.
Yaqinda toʻgarak aʼzolari tomonidan tuman Madaniyat markazida Mirsaid Qodirov stsenariysi asosida “Kechikkan oʻgʻil” spektakli sahnalashtirilib, tomoshabinlar hukmiga havola etildi.


Oʻzi yemay yedirib, kiymay kiydirib, hayotining navqiron faslini yolgʻiz oʻgʻil tarbiyasiga bagʻishlagan ota-onaning orzu-umidlari, sogʻinchlari oʻz  ifodasini topgan mazkur spektaklda Qadamboy Matsafoyev, Mahliyo Bozorboyeva, endigina 7 yoshga toʻlgan Damirjon Shuhratov, Najot Ochilboyev, Umidjon Shomurodov hamda Dilshod Anvarovlardan iborat havaskor aktyorlar jamoasi oʻz rollarini mahorat bilan ijro etib, tomoshabinlar olqishiga sazovor boʻldilar. Har bir obraz, ayniqsa, ota-ona va bemehr oʻgʻil obrazining toʻlaqonli ochib berilishi uchun toʻgarak aʼzolarining barchasi ota-ona chekkan sogʻinch va iztirob onlarini qalban his etib, goʻyo sahnada emas, balki hayotda, qay bir  mahallada sodir boʻlgan voqealar ichida yashab, farzandi mehrsizligi inson yuragini yemirishini oʻzlariga topshirilgan rollar orqali namoyon etdilar.

Toʻgarak aʼzolari doimiy ijodiy izlanishda. Ular yaqin kunlar ichida milliy urf-odat va anʼanalarimizni oʻzida aks ettirgan sahna asarlari yaratib, tumanimizning barcha Madaniyat markazlarida spektakllar namoyish etish niyatida ijodiy izlanishlar olib borishmoqda. Umid qilamizki, tumanimizning chekka qishlogʻi – Qilichboyda yashab, ijod etayotgan mazkur drama toʻgaragi aʼzolari orasidan mustaqil Vatanimizning yetuk teatr dargʻalari yetishib chiqib, Oʻzbekistonning, qolaversa, tumanimizning nomini jahonga tanitishsa, bir vaqtlar dunyo xalqlarini oʻz sanʼatlari bilan maftun etgan “Qilichboy masxarabozlik maktabi” namoyandalari erishgan muvaffaqiyatlar yana yangilansa. Chunki, bu zamin farzandlari ezgulik yoʻlidagi har qanday ishga alohida mehr-muhabbat, shu barobarida matonat bilan kirishadilar va, albatta, uddasidan chiqadilar. Shuning uchun ham: “har bir sohada qanday ish yuritishni qilichboyliklardan oʻrganing!” iborasi xalqimiz tilidan aslo tushmaydi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026