29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 21:02
Fan va taʼlim 👁 555

OʻQISh FANIDAN OʻTKAZILGAN OChIQ DARS OʻQIShNI OʻRGANGAN BOLALARDA KITOBXONLIKKA IXLOS UYGʻOTDI

OʻQISh FANIDAN OʻTKAZILGAN OChIQ DARS OʻQIShNI OʻRGANGAN BOLALARDA KITOBXONLIKKA IXLOS UYGʻOTDI

Boshlangʻich sinflarda oʻtkaziladigan ochiq darslar oʻquvchilarning bilim saviyasini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Shuningdek, ularning dunyoqarashi shakllanib, oʻtilayotgan dars mavzusining inson kamolotida tutgan oʻrni haqida tasavvur uygʻotib, bola nutqining rivojlanishiga yordam beradi.

Ayni kunlarda umumtaʼlim maktablarining “Alifbe” kitobini puxta oʻzlashtirib olgan 1-sinf oʻquvchilari uchun yanada qiziqarli dars jarayonlari davom etmoqda. Oʻqish kitobida berilgan turli xil mavzulardagi hikoyalar, ertak va sheʼrlar bolajonlar tasavvurida yangi-yangi dunyolarni kashf etishlariga imkon yaratayotgani oʻqish fani boʻyicha oʻtkazilayotgan ochiq dars mashgʻulotlarida oʻz ifodasini topmoqda.

Tumanimizdagi 16-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabining 1-“B”sinfida oʻqish fanidan sinf rahbari Matluba Rahimova tomonidan oʻtkazilgan ochiq dars mashgʻuloti oʻzining innovatsion gʻoyalarga asoslangani bilan oʻquvchilarning faolligini yanada oshirdi.

Yozuvchi Gʻiyos Komilovning buyuk bobokalonimiz, shoh va shoir, matonatli sarkarda, etnograf, tarixchi va geograf, dorishunos hamda serqirra adabiyotshunos olim Zahiriddin Muhammad Boburning yoshligi haqida hikoya qiluvchi “Ona sabogʻi” asari asosida tashkil etilgan ochiq dars mashgʻulotini Matluba Rahimova mahorat bilan olib bordi. Dars mashgʻulotida axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanildi. Xususan, Zahiriddin Muhammad Boburning yoshlik va kamolot davri haqida hikoya qiluvchi slaydlar orqali oʻquvchilar buyuk bobokalonimizning bolalik orzulari, intilishlari, vatanparvarlik tuygʻulariga oshno kechgan beorom hayoti haqida chuqur tasavvurga ega boʻldilar.


Mashgʻulot davomida buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Boburning bebaho ilmiy-badiiy asarlari jahon ilm-fani, adabiyoti rivojida muhim ahamiyat kasb etgani taʼkidlandi. Bobur va boburiylar hayoti, ijodiy merosini oʻrganish, targʻib etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ham oʻquvchilarga maʼlumotlar berildi. Shuningdek, Bobur gʻazallaridan, ruboiylaridan namunalar oʻqildi. Dars jarayonida boshlangʻich sinf oʻqituvchisi va sinf rahbari sifatida Matluba Rahimova koʻrgazmali qurollardan foydalangan holda dars oʻtish boʻyicha oʻz uslubiga ega oʻqituvchi ekanligini namoyon eta oldi. Oʻtilayotgan mashgʻulot mavzusidan kelib chiqib, oʻqishni oʻrgangan bolalarning matnni tutilmay, ifodali oʻqishlari, mavzuni toʻliq oʻzlashtirishlarini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan dam olish daqiqalari ochiq dars mashgʻulotidan koʻzlangan asosiy  maqsad – har bir oʻquvchining qiziqish bilan mavzuni chuqur oʻzlashtirishiga imkon yaratdi. Shu bilan birga 1-sinf oʻquvchilari oʻrtasida kitobxonlikka ixlos muhitini yuzaga keltirdi.

Dars mashgʻuloti davomida oʻquvchilar mavzu yuzasidan berilgan topshiriqlarni aʼlo darajada uddaladilar. Oʻqituvchi tomonidan yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida berilgan savollarga ham ravon javob berdilar. Undan tashqari, oʻquvchilarning darsdan olgan taassurotlari ham tinglandi. Ular ulugʻ ajdodimiz Bobur hayoti va ijodidan olgan taassurotlarini erkin hikoya qilib berishdi.

Boʻlib oʻtgan ochiq dars mashgʻulotida boshlangʻich sinf oʻquvchilariga shoh va shoirning oʻziga xos fazilatlari ochib berildi. Oʻquvchilar ham oʻz navbatida ushbu dars mobaynida maʼnaviy bahra oldilar.

R.YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026