29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 19:53
Fan va taʼlim 👁 576

Boshlangʻich sinflarda ochiq dars oʻtkazildi

Boshlangʻich sinflarda ochiq dars oʻtkazildi

Fan oyligi taʼlim muassasalaridagi oʻquv-tarbiya jarayonining zamonaviy talablar darajasida boʻlishini taʼminlash bilan bir qatorda, fan oʻqituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish, ularning ijodiy izlanishlari va mehnatlarini roʻyobga chiqarishga xizmat qiladi. Shu sababli ham taʼlim tizimida fan oyliklari joriy qilingan. Mamlakatimizdagi barcha taʼlim maskanlarida boʻlgani kabi tumanimizdagi taʼlim muassasalarida ham fan oyliklari yuqori saviyada tashkil qilinib kelmoqda.

Taʼlim maskanlarida fan oyliklari doirasida turli xil tadbirlar, koʻrgazmalar, musobaqa, bellashuvlar bilan bir qatorda ochiq darslar ham tashkil etiladi. Ana shunday ochiq darslardan biri fevral – matematika va informatika fani oyligi doirasida tumanimizdagi 16-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida ham boʻlib oʻtdi. Yuqori saviyada oʻtkazilgan ochiq darsni maktabning boshlangʻich sinf oʻqituvchisi 4-“V” sinf rahbari Aziza Toʻrayeva tashkil qildi. “Kasrlar haqida tushuncha” mavzusidagi ochiq darsda zamonaviy pedogogik texnologiyalaridan, yangi metodlardan foydalanildi.

Dars jarayonining kichik guruhlarga ajratilgan holda olib borilgani oʻquvchilar oʻrtasida oʻzaro raqobatni kuchaytirdi. Oʻquvchilar oʻz jamoalarining yuqori koʻrsatkichlarni qoʻlga kiritishi uchun astoydil harakat qildilar. Ochiq darsda “Kim bilagʻon? kim chaqqon?”, “Muzladi”, “Sayohatchi bilimdon” metodlarini qoʻllash orqali oʻquvchilarning fanga boʻlgan qiziqishlari yanada ortdi hamda dars jarayoniga faol ishtiroki taʼminlandi.

Ochiq darsning qay darajada tashkil qilinganini kuzatish, oʻqituvchining pedagogik mahoratini baholash, sinf oʻquvchilarining dars jarayoniga, fanga boʻlgan munosabatini oʻrganish hamda oʻzaro tajriba almashinish maqsadida ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Gulzor Pirmonova, maktab oʻqituvchilaridan Dilfuza Xidirboyeva, Matluba Rahimova, Barno Yoʻldoshevalar ochiq darsda ishtirok qilishdi.

Bu orqali ustozlar oʻz hamkasbi, mahoratli oʻqituvchi, maktabning boshlangʻich sinflar uslub-birlashmasi rahbari Aziza Toʻrayevaning ish tajribasi va bilim salohiyatini yaqindan oʻrganishdi.

Shu oʻrinda taʼkidlash kerakki, fan oyligi davomida maktabning pedagogik jamoasi faolligi, mahoratli kadrlar bilan taʼminlanganligi, matematika fani xonasining zarur koʻrgazmali-didaktik materiallar bilan jihozlanishi, ota-onalar bilan maktabning hamkorligini jonlantirish, ularni fandagi yangiliklar, taʼlim tizimidagi oʻzgarishlar, oʻquvchilarning oʻzlashtirish va bilim samaradorligi koʻrsatkichlari bilan tanishtirish kabilarga qaratilgan samarali ishlar amalga oshirildi.
Dars mobaynida ustoz hamda oʻquvchilarning ochiq darsga astoydil tayyorgarlik koʻrishgani, ularning matematika faniga boʻlgan mehri hamda qiziqishlari havas qilgudek darajada boʻldi.

Xususan, ochiq darsda foydalanilgan metodlar darsning yanada jonlanishiga xizmat qildi. Ayniqsa, “Sayohatchi bilimdonlar” metodi orqali barcha oʻquvchilarning eʼtibori hamda diqqati jalb qilindi. Oʻquvchilar ushbu metod orqali matematik misollar va masalalarning javobini topish bilan “poyezd chiptalari”ni qoʻlga kiritishib, yurtimizning tarixiy shaharlariga “sayohat” qildilar.

Dars jarayonida faol ishtirok etgan oʻquvchilar ragʻbatlantirildi. Ochiq dars barcha oʻquvchilarda matematika faniga boʻlgan qiziqishlarining yanada oshishiga xizmat qildi.

Charos Arslonova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026