29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 19:53
Fan va taʼlim 👁 328

Tadbir oʻquvchilarning aniq fanlarni oʻrganishga boʻlgan qiziqishlarini oshirdi

Tadbir oʻquvchilarning aniq fanlarni oʻrganishga boʻlgan qiziqishlarini oshirdi

Fevral – matematika, informatika fanlari oyligi deya belgilanishi munosabati bilan tumanimizning barcha maktablarida boʻlgani kabi 38-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida ham qator tadbirlar oʻtkazildi.
Avvalo oylikni muvaffaqiyatli oʻtkazish yuzasidan fan uslub birlashmasining yigʻilishi oʻtkazilib, fan oʻqituvchilariga vazifalar taqsimlab berildi. Oylik doirasida ochiq oʻquv mashgʻulotlari, turli tadbirlar, bellashuvlar va zakovat oʻyinlarini ham tashkil etish rejalashtirildi.

Shunga koʻra, uslub birlashma aʼzolari Karima Masharipova, Barno  Eshmurodova, Komila Qilicheva, Farida Yusupova, Muhtaram Qozoqboyeva, Inobat Norimovalar tomonidan namunaviy ochiq darslar, seminarlar va turli bellashuvlar oʻtkazildi.
Oylik yakunida esa “Avval matematika, keyin hammasi...” deb nomlangan matematik kecha tashkil etildi. Tadbirda fan oʻqituvchilari dastlab matematika eng qadimiy, aniq mantiqiy mushohadalarga asoslangan bilimlar haqidagi fan ekanligi, uning uzoq rivojlanish tarixini bosib oʻtganligi, dastlabki obʼekti sanoq boʻlgani uchun koʻpincha unga “hisob-kitob haqidagi fan” deb qaralganligi haqida soʻz yuritdilar.

Maktabning 5-,11-sinflari oʻquvchilari ishtirok etgan ushbu yakuniy tadbirning bunday nomlanishining oʻziga xos sabablari bor. Ikkala 7-sinf oʻquvchilari tayyorlab namoyish etgan sahna koʻrinishida bir yigit kasb egallash uchun shogirdlikka olishlarini soʻrab, turli kasb egalariga iltimos qiladi. Qarasaki, maktabda yaxshi oʻqimagan fani matematika duradgorlik, temirchilik, kosiblik kabi kasblarni oʻrganishi uchun ham zarur ekan. U boshqa kasb izlab koʻradi va baribir matematika, geometriyaga oid bilimi pastligi uchun kasb oʻrganolmaydi. Shunda oʻquvchi oʻziga kerakli  ijobiy xulosa chiqarishga muvaffaq boʻladi, avval matematikani oʻrganman, keyin hammasini...

Darvoqe, oʻquvchilar tomonidan namoyish etilgan ushbu sahna koʻrinishi chuqur falsafiy  maʼnoga ega. Chunki turmushimizning barcha jabhalaridagi ijobiy oʻzgarishlar, yangilanishlar zamirida puxta oʻylangan reja, aniq hisob-kitoblar bor.
Tadbirda ulugʻ alloma bobolarimizning matematika fani xususida, fanni oʻrganishning ahamiyati haqida aytgan ibratli soʻzlarini oʻquvchilar mahorat bilan ijro etdilar.

Har bir sinf oʻquvchilari tayyorlagan chiqishlar tomoshabinlar tomonidan qizgʻin kutib olindi. Ayniqsa, sonlarga taʼrif berish, “Charxpalak oʻyini”, kubiklarning tomonlarini bir xil rangda tizish, ikki rangdagi olmalardan foydalanib, shashka oʻynash, shaxmat musobaqasi ham juda hayajonli boʻldi. Albatta, bu oʻyinlarning hammasi aniq hisob-kitobni talab qiladi. Shu boisdan ham oʻquvchilar har bir topshiriqni aniq va tez bajarishga, boshqa sinflardan orqada qolmaslikka astoydil intildilar va mazkur fanni nechogʻlik yaxshi oʻzlashtirayotganliklarini namoyish etdilar.

“Avval matematika, keyin hammasi...” deb nomlangan oylik doirasida oʻtkazilgan tadbir oʻqituvchilarda ham, oʻquvchilarda ham ulkan taassurotlar qoldirdi, aniq fanlarni oʻrganishga boʻlgan qiziqishlarini oshirdi.

Fan oyligining yakunlanishi bayramona ruhda oʻtkazildi. Unda mazkur jarayonda faol ishtirok etgan oʻquvchilar, oʻqituvchilar ragʻbatlantirildi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026