29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 19:50
Fan va taʼlim 👁 402

Matematika fanidan oʻtkazilgan bellashuvda oʻquvchilarning bilimlari sinab koʻrildi

Matematika fanidan oʻtkazilgan bellashuvda oʻquvchilarning bilimlari sinab koʻrildi

Umumtaʼlim maktablarida muntazam ravishda har bir oʻquv predmeti boʻyicha fan oyliklari oʻtkazib kelinmoqda. Fan oyligini oʻtkazishdan maqsad – dars va darsdan tashqari oʻtkaziladigan tadbirlarning taʼlim-tarbiyadagi ahamiyati, oʻquvchilarning mazkur fanga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, bilim samaradorligini oshirish, hozirgi zamon fan va texnikasi yutuqlari bilan doimo tanishib borish, oʻrganishga boʻlgan intilishlarini oʻstirish, oʻqituvchi va oʻquvchining ijodiy hamkorligini targʻib etishdan iboratdir.

Shu maqsadda har oyda taʼlim muassaslarida fan oyligi tadbirlari tashkil qilinib kelinmoqda. Tumanimizdagi 57-sonli umumtaʼlim maktabida ham matematika va informatika fanlari oyligi munosabati bilan tadbir tashkil qilindi. Ushbu tadbirni tashkil qilishda maktabning matematika fani oʻqituvchisi Mahliyo Xudayberganova faollik koʻrsatdi. Fan oyligi doirasidagi mazkur tadbir oʻquvchilarning matematika fanidan olgan bilimlarini sinash maqsadida bellashuv tarzida oʻtkazildi. Bellashuvda yuqori sinf oʻquvchilarining bilimlari hamda qobiliyatlari yettita shart asosida sinovdan oʻtkazildi.

Maktab direktori Masharif Roʻzmetov bellashuvni kirish soʻzi bilan ochib, matematika fanini oʻrganishning inson hayotidagi ahamiyati haqida gapirib, biz buyuk matematik olimlar avlodi ekanimizni, ularga munosib farzand boʻlishimiz lozimligini alohida taʼkidladi. U oʻquvchilarni matematika fanini chuqurroq oʻrganishga, uning ochilmagan qirralarini ochishga, respublika va xalqaro olimpiadalarda ishtirok etib, yurtimiz bayrogʻini koʻklarga koʻtarishga daʼvat qildi. Shuningdek, maktab direktori oʻrinbosarlari Jasur Oʻrozboyev, Jahongir Yusupovlar, ruhshunos Anora Jumanova hamda tarix fani oʻqituvchisi Rasul Bozorboyevlar ham fan oyligi doirasida oʻtkazilayotgan tadbirlarning ahamiyati haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Shundan keyin shartlar maʼlum qilinib, bellashuv boshlab yuborildi. Bellashuvda barcha jamoalar faol ishtirok etib, bir-biridan ortda qolmaslikka harakat qildilar. Oʻquvchilar oʻzlarining matematika fanidan olgan bilimlarini toʻlaqonli namoyish etdilar. Tabiiyki, oʻquvchilarning fan boʻyicha egallagan chuqur bilimlari matematika fani oʻqituvchilarining mashaqqatli mehnatlari samarasidir. Ustozlarning mehnatlari mahsulini namoyon qilishlari uchun esa fan oyliklari tadbirlarini tashkil qilish ayni muddao boʻladi.

Shu oʻrinda taʼkidlash kerakki, fan oyliklari doirasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar fan boʻyicha oʻquv-metodik ishlarni jonlantirish, oʻqituvchilar ijodiy faoliyatlarini kuchaytirish, izlanuvchan, ijodkor oʻqituvchilarni aniqlash, ularning tajribalarini oʻrganish va targʻibot qilish, taʼlim jarayonida qoʻllayotgan uslublarini takomillashtirishdan iboratdir.

Ushbu masʼuliyatli vazifalarni amalga oshirish barcha taʼlim sohasi fidoyilaridan katta kuch-gʻayrat hamda shijoat talab qiladi. Shuningdek, fan oyliklari doirasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalarni bajarish jarayonida fan oʻqituvchilari oʻrtasida oʻzaro hamjihatlik va hamkorlik aloqalari ham mustahkamlanadi.

Charos Arslonova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026