29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 19:27
Fan va taʼlim 👁 801

FAN OYLIGI DOIRASIDAGI TADBIRLAR UMUMLAShTIRILDI

FAN OYLIGI DOIRASIDAGI TADBIRLAR UMUMLAShTIRILDI

Tumanimizdagi barcha umumtaʼlim maktablarida matematika va informatika fan oyligi davomida biri-biridan qiziqarli bilimdonlik bellashuvlari, aqlni charxlovchi zakovat oʻyinlari, sinflararo hamda maktablararo matematika-informatika festivallari tashkillashtirilib, taassurotlarga boy oʻtdi.

Matematika va informatika fan oyligi doirasidagi tadbirlarga 40-sonli umumtaʼlim maktabida ham keng oʻrin berildi. Xususan, maktabning 5-sinf oʻquvchilari ishtirokida avval maktab miqyosida oʻtkazilgan “Bilimlar bahsi” matematik amallar boʻyicha musobaqalar keyinchalik doʻstona bellashuvlarga aylandi. Maktabning 5-sinf oʻquvchilari “Bilimdonlar bahsi”ga 31-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchilarini ham chorladilar.

Tadbirda dastlab maʼruza qilgan oʻquvchilar buyuk bobokalonimiz Al-Xorazmiy asos solgan 1 dan 9 gacha boʻlgan sanoq tizimining jahon matematika olamida, iqtisodiyotida tutgan oʻrni, qurilish, meʼmorchilik, muhandislik, shuningdek, jamiyatimizning barcha sohalarini yuksak taraqqiyot sari eltishdagi tengsiz ahamiyati haqida soʻz yuritdilar. Shuningdek, eng mashhur asari “Aljabr va Almuqobala”da u kvadrat va bir chiziqli tenglamaning olti turini, hamda “algoritm” tushunchasini keng tavsiflab berganligini, bundan kelib chiqib oʻnlik sistemani topish keltirilganligi, natijada “algoritm” atamasi Al-Xorazmiy nomidan kelib chiqqanligini faxr bilan aytib oʻtdilar. Oʻquvchilar shundan soʻng, oddiy va murakkab amallarni bajarish borasida oʻz bilimlarini namoyon etishdi.

Bundan tashqari, 6-7-sinflar oʻrtasida boʻlib oʻtgan “Matematika – haqiqat demakdir”, 8-9-10-sinflar oʻrtasida boʻlib oʻtgan “Oʻyla, izla, top”, “Kim chaqqon-u kim epchil?” mavzularidagi bellashuvlar yanada qiziqarli boʻldi. Oʻquvchilar tomonidan tayyorlangan koʻrgazmali qurollar, mamlakatimizning barcha sohalaridagi matematika va informatika fanlarining tutgan oʻrnini aks eetiruvchi sahna koʻrinishlari, shuningdek oʻquvchilarning qobiliyatlarini namoyon etgan matematik oʻyinlar, zakovatga, chaqqonlik va epchilikka chorlovchi informatika faniga oid kompyuter ishlanmalari barchani fikrlashga, har bir misol va masala ustida faol ishlashga undagani bilan juda qiziqarli boʻldi.

Biri-biridan qiziqarli matematik amallarni, murakkab tenglamalarni bajarishda sinflararo va maktablararo oʻtkazilgan “Bilimdonlar bahsi” bellashuvlari fan oyligi doirasidagi eng qiziqarli tadbir boʻldi. Chunki 31-sonli maktabning matematika va informatika fanlari bilimdonlari bilan bahslashish maktab oʻquvchilari uchun oson boʻlmadi. Bunda ikkala maktab oʻquvchilari gʻoliblik uchun doʻstona kuch sinashdilar. Albatta, bu  bahslarda samimiyat va doʻstlik gʻalaba qildi. Ikkala maktabning  yosh matematika va informatika fani bilimdonlari bir-birlaridan oʻrganib, bilimlarini yanada mustahkamladilar.

Matematika va informatika fan oyligi doirasida boʻlib oʻtgan barcha tadbirlar umumlashtirildi va fan oyligining yakuniy qismi “Matematika va informatika festivali” deb nomlandi. Unda fan oyligi doirasidagi tadbirlarda faol ishtirok etgan oʻquvchilarning matematika va informatika fanini qay darajada oʻzlashtirganliklariga baho berildi. Sinflararo va maktablararo  bellashuvlarda oʻzlarining bilimdonliklarini, alohida qobiliyatga ega ekanliklarini namoyon etgan bir guruh oʻquvchilar esa maktab maʼmuriyati tomonidan munosib taqdirlandilar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026