TILANÇI ÇOL HIKMATLARI
Nuroniylar gurungi yoxud sahifaga siğmagan rivoyat
Qoğozga tuşirgan — Şodmonqul Salom
Mahalla guzarida ikki nuroniy kişi ötiribdi. Ulardan biri nimanidir sözlar ikkinçisi esa jim eşitardi. Çollarga salom berdim, roviy alik oldi. Tinglovçi nazarimda eşitmadi. Sözlovçi gapini davom ettirdi: "Hamma joyda va hamma zamonlarda bölganidek gavjum bozor edi. Keng sahndagi ustunlarning biriga yelka berib ötiradigan tilançi çolga ham hamişagidek köpçilik eʼtibor qilmas, köngliga kelgani bir-ikki çaqa taşlar, çolning "Odam böl!” degan böğiq xitobiga parvo qilişmasdi.
Çol esa boşqa qavmdoşlariga öxşab möl-köl duo qilmas, ötkinçilarga yalinib yolvormas, aksinça, kirlanib ketgan döppisini oldiga qöygança jim ötirardi. Bozorda köpdan buyon savdo qiluvçi bir yigit bölib, u ham çolga könikib qolgan, u bilan qiziqmas, ahyon-ahyonda unga sadaqa taşlab ötardi.
Bir yaxşi kunda uning köngliga kelgan savol öziga qiziq tuyuldi va tuşlik mahalida dökonini yopib çol ötiradigan tomonga yöl oldi. U doimgidek hazin qiyofada közlarini besabab artib-netib ötirardi. Yigit uning döppisiga tanga taşladi va odatiy sözlarni eşitdi: "Odam böl!” Çol hatto yigitning yuziga boş kötarib qaramadi ham.
Şunda yigit uning qarşisiga çökkalab
ötirdi va qariyaning yuziga ser soldi. Ular bir-biriga tikilib qolişdi:
yigit qiziqsinib, çol bemaʼno.
— Nega sen boşqalarga öxşab gapirmaysan, duoyu iltijo qilmaysan? — çoldan söradi yigit.
Çol atrofga olazarak boqdi va yaraşiqsiz
tarzda kemtik oğzini oçib kulişga harakat qildi. Yigit uni telbaga yöydi
va örnidan qözğalmoqçi edi. Çol yerdagi döppisini qöliga olib,
tangalarini yerga tökdi. Döppini uşlab, yigitga qisiq közlarini öqday
qadab dedi:
— Buni jirkanmasdan, ixlos bilan kiy!
Yigit uning aytganini qilib, döppini boşiga kiyarkan şu zahoti yonginasida nimaningdir irillagan tovuşini eşitdi. Ilkis örnidan turib qaraganida irillagan narsa kattakon kulrang böri ekanini va jondorning bamaylixotir bozor oralab ketayotganini kördi.
Bu ğaroyib holdan ajablanib turgan yigitning közlari ne ajabki, közoynak taqqan, ulkan dimoğdor ilonga tuşdi. Ilon xuddi odam kabi emin-erkin vişillab bozor oralardi. Bul morning izida esa çiroyli savat tişlab, akillab borayotgan itni ham kördi savdogar yigit. Uning biroz qörquvga, xavotirga töliq hayrati battar oşgan edi.
…novvot tarozilayotgan toşbaqani, un sotayotgan maynani, "Keb qoling, baxtingizni sinab köring” deb qiçqirayotgan tulkini, öroq yasab ötirgan temirçi yölbarsni, uning oldida qop yelkalab tik turgan qöyni, oçiqroq joyda tamaki tortib turgan bir juft kalamuşni va yakkam-dukkam odamlarni ham kördi savdogar yigit…
Şu payt uning tizzasida qattiq oğriq
turdi. Burilgan edi boşidan döppisi uçib tuşdi. Çol tiğli aso bilan
uning tizzasiga turtayotgan edi. Çol tangalarini yerdan olib tağin
döppisiga solardi. Yigit unga tiz çökib yolvora boşladi.
— Men kimman, odammanmi yöqmi, kimman, aytib ber?
Çol javob bermadi. Yigit uning jimligini
öziça tuşundi va döppiga yana tanga taşladi. Möysafid esa tağin "Odam
böl!” deb xitob qildi. Yigit endi köziga yoş kelganii özi ham ilğamay
gapga tuşdi.
— Jon ota, bir oğiz ayt mening kimligimni. Men şuni bilayin, seni uyimga olib ketib ardoqlab yuraman, öz otamday köraman…
— Odam böl, odam böl, odam böl… — çol boşqa javob qilmadi.
Bugun u bozordagi donişmand qariya ham
yöq, uning sinoatiga guvoh yigit ham. Ammo öşa haqiqatning mantiği hamon
amalda. Şunday emasmi?”.
Guzardagi nuroniy tilidan bu qadim rivoyatni eşitib öylanib qoldim…

YaXŞIMI,YoMONMI?
Qoğozga tuşirgan — Xurşid Davron
Uzoq yillar men ham ana şu tilançi çol haqida hamqişloq bobodan bir rivoyat eşitganman.
Tong-sahar payti bozorning özi örgangan
joyida, kirlanib ketgan döppisini yerga qöygança, rasta ustunlarining
biriga yelka berib ötirgan tilançi çolning oldiga bir yigit kelib
sörabdi:
- Ota, men olis yurtdan keldim. Ayt-çi, bu şaharning odamlari özi qanaqa, yaxşimi, yomonmi?
- Avval sen ayt, — debdi tilançi çol - şahringdagi odamlar qanaqa edi, yaxşimidi, yomonmidi?
- Eh,ota, men aytmay, sen eşitma. Öşa şahar odamlariday muttahamlarni körmaganman, bu yerlarga öşalarning dastidan qoçib keldim.
- Ovora böpsan,bu yerdayam xuddi öşanaqa odamlar yaşaydi. — deb ğamgin boş çayqabdi tilançi çol.
Yigitning hafsalasi pir bölib bozordan çiqib ketibdi.
Ayni peşin payti tilançi çolning oldiga boşqa bir yigit kelib sörabdi:
- Ota, men hozirgina qöşni yurtdan kelgan karvondan tuşdim. Iloji bölsa
şahringizga oilamni olib kelmoqçiman. Ayt-çi, bu şaharning odamlari özi
qanaqa, yaxşimi, yomonmi?
- Mehmon, — debdi tilançi çol boşini ham kötarmay, — öşa sen yaşagan şahringdagi odamlar qanaqa edi, yaxşimidi, yomonmidi?
- Zarurat bölmasa şahrimni tark etmasdim. Çunki men yaşagan şahar ahli juda mehribon, saxovatli va mehmondöst odamlar.
- Kuyinma,bu şahardayam xuddi öşanaqa mehribon, saxovatli va mehmondöst
odamlar yaşaydi. — deb boşini kötarib yigitning közlariga tikilibdi
tilançi çol.
Bu gapni eşitgan yigit xursand bölganiça bozordan çiqib ketibdi.
Har ikki suhbatga guvoh bölgan kosib jahl bilan dökonçasidan boşini çiqarib tilançi çoldan sörabdi:
- Bu nima qiliq, biriga şahrimizni yomon deysan, ikkinçisiga yaxşi deysan? Qanaqa odamsan özi?
- Hamşahar, — debdi tilançi çol boşini ğamgin çayqab. — Biriga
şahrimizda yomon köpaymasin, ikkinçisiga yaxşi köpaysin degan niyatda öşa
gaplarni aytdim. Inson yomonlik izlasa yomonlik, yaxşilik izlasa yaxşilik
topadi..
Uzoq yillar ötsayam bu rivoyat hamişa esimda

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶