29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 19:46
Fan va taʼlim 👁 430

Fizika fan oyligida bellashuv oʻtkazildi

Fizika fan oyligida bellashuv oʻtkazildi

Bugungi taraqqiyot zamonida har bir sohada katta yutuq va ulkan marralar koʻzlanib, salmoqli ishlar olib borilmoqda. Barcha sohalar qatorida taʼlim yoʻnalishidagi keng koʻlamli islohotlarni ham alohida eʼtibor bilan tilga olish joiz. Ayni paytda har bir fanni mukammal oʻqitishni tashkil qilish hamda ularning sohadagi yutuqlarini sezilarli darajada oshirish maqsadida Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan yil oylari fanlar kesimida taqsimlanib, fan oyliklarini tashkil qilish va amalda joriy etish orqali samarali natijalarga erishilmoqda.

Fan oyligi doirasida tumanimizdagi 30-sonli umumtaʼlim maktabida fizika fanidan 7-sinflar oʻrtasida bellashuv oʻtkazildi. Mazkur bellashuvni oʻquvchilarning fizika faniga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish, ularning shu davrgacha fan yuzasidan olgan bilimlarini sinovdan oʻtkazish maqsadida maktabning yosh, yuqori bilim hamda salohiyatga ega boʻlgan, ijodkor, izlanuvchan oʻqituvchilaridan biri boʻlgan Gulasal Xalillayeva tashkil qildi.

Tadbirda maktabning 7-sinf oʻquvchilaridan iborat “Arximed”, “Yosh bilimdonlar”, “Nyuton” jamoalari fizika fani boʻyicha bellashdilar. Bellashuv “Tanishtirish”, “Krossvord yechish”, “Formulalar bilimdoni”, “Masalalar yechish”, “Savol-javob” shartlari asosida qizgʻin tarzda oʻtkazildi.

Aytish joizki, fizika, kimyo, biologiya fanlari eksperimental fan boʻlganligi sababli, nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qoʻllash koʻnikma va malakalarini hosil qilish hamda dars jarayonida oʻquv-laboratoriya jihozlaridan, koʻrgazmali tajribalardan unumli foydalanish alohida oʻrin tutadi. Qolaversa, oʻquvchilarning boʻsh vaqtlaridan unumli foydalanish, fanni oʻzlashtirish samaradorligini oshirish, tafakkurini yuksaltirish uchun mazkur fanlar oʻqitilishida toʻgarak mashgʻulotlarini tashkil qilish hamda masalalar yechish texnologiyalariga eʼtiborni qaratish ham yaxshi natija beradi. Shuningdek, oʻquvchilarni ushbu fanlardan mustaqil va ijodiy fikrlashga, tabiiy fanlarning turmush va texnikadagi ahamiyatini bilishga oʻrgatish, xalq xoʻjaligida ulardan qoʻllanish haqida tushunchalar berish ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Bellashuvning tanishtiruv shartida oʻquvchilar buyuk fizik olimlar haqida qiziqarli maʼlumotlar berdilar. Oʻquvchilar taʼkidlaganlaridek, ingliz fizigi va matematigi, klassik mexanikaning asoschisi Isaak Nyuton nafaqat fizika, balki butun ilm-fan tarixidagi eng mashhur olimlardan biri hisoblanadi. Isaak Nyutonning ilm-fanga, xususan matematika, fizika faniga qoʻshgan hissasi benihoyat ulkandir. U fizika va matematika fanlariga juda koʻplab qonunlarni va nazariyalarni kiritdi. Hayoti davomida fan sir-sinoatlarini, harakat va tortishish qonunlarini, butun olam tortishish qonuni, yorugʻlik qonuniyatlari, yorugʻlikning tarqalishini oʻrgandi.

Shuningdek, oʻquvchilar biz buyuk qomusiy olimlarning ajdodi ekanligimizni, ajdodlarimiz fizika taraqqiyotida ham oʻchmas iz qoldirganligini faxr bilan eʼtirof etdilar. Xususan, eng mashhur fizik olimlaridan biri Abu Rayhon Beruniy oʻzining aniq ilmiy qarashlari orqali turli narsalarning ogʻirligini, yerning hajmini oʻlchash, shafaqning xususiyatlarini, quyosh tutilishi va boshqa tabiiy hodisalarni oʻrganishga muyassar boʻlganligini taʼkidladilar.

Darhaqiqat, Abu Rayhon Beruniyning ilmiy kashfiyotlari oldida gʻarbliklar ham hayron qolgan. Hatto sharqshunoslardan Edvard Saxu Beruniy zakovati haqida hayratlanib: «U tarixdagi eng ulkan aql egasidir», deb yozgan. Beruniyning narsalar zichligini oʻrganish boʻyicha yasagan uskunasi bu sohadagi eng birinchi asbob hisoblanadi.

Bellashuv juda qizgʻin, bahs-munozaraga boy boʻldi. Oʻquvchilar oʻzlarining bilimdon, topqir, chaqqon, epchil ekanliklarini namoyish qilishdi. Bellashuvning “Krossvord yechish” shartida 7-“V” sinf oʻquvchilarining “Nyuton” jamoasi, “Formulalar bilimdoni” shartida 7-“B” sinfning “Yosh bilimdon” jamoasi, “Savol-javob” shartida 7-“A”sinfning “Arximed” jamoasi yuqori koʻrsatkichlarni qoʻlga kiritishdi.

Musobaqaning yakuniy natijalariga koʻra 7-“A”sinfning “Arximed” jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Charos Arslonova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026