29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 19:26
Fan va taʼlim 👁 375

“YoSh AL XORAZMIYLAR” BELLAShDI

“YoSh AL XORAZMIYLAR” BELLAShDI

Mamlakatimizda taʼlim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni umutaʼlim maktablarida izchil ijrosini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Pedagoglarning malakasini oshirish, har bir fan oyliklarini sifatli va samarali tashkil etish, oʻquvchilarning nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash, ularni komil inson qilib voyaga yetkazish eng asosiy vazifa sifatida belgilanganligi sababli bu boradagi chora-tadbirlar samarali tashkil etilmoqda.

Tumanimizning barcha maktablarida boʻlgani kabi 52-sonli maktabda ham aniq fanlar oyligi munosabati bilan turli tadbirlar oʻtkazildi. Oʻqituvchilarning taʼlimga doir yangi pedagogik texnologiyalarni qoʻllay olish mahoratini oshirish, darslar samaradorligiga erishish borasidagi tajribalarini ommalashtirish borasida namunaviy ochiq darslar oʻtkazildi. Oʻquvchilarning aniq fanlar boʻyicha bilimdonligini oshirish maqsadida qoʻshimcha darslar ham oʻtildi. Oylik doirasidagi tadbirlarga oʻquvchilarning bilimlarini sinovdan oʻtkazuvchi bellashuv xotima yasadi.

“Yosh Al Xorazmiylar” deb nomlangan ushbu bellashuvda maktabning 10-11-sinflari oʻquvchilari orasidagi eng bilimdon, eng zukko 5 nafar oʻquvchi aniq fanlar boʻyicha olgan bilimlari yuzasidan oʻzaro bellashdilar.

Shunisi eʼtiborliki, bugungi tezkor va axborot-kommunikatsion texnologiyalari davrida qaysi sohani olib qaramang, aniq hisob-kitob ilmi talab etiladi. Bu oʻz navbatida maktabdan boshlab, aniq fanlar asoslarini puxta oʻzlashtirib borishlariga erishishni taqazo etadi. Buni chuqur his qilgan ustoz-murabbiylar oʻz ishiga yana ham masʼuliyat bilan yondoshayotgani oʻtkazilayotgan tadbirlarda ham aniq namoyon boʻlmoqda.

Mazkur bellashuvda ishtirok etgan oʻquvchilar maktab aniq fanlar uslubbirlashmasi tomonidan ishlab chiqilgan beshta shart boʻyicha oʻzaro baxs olib bordilar.

Bellashuv tezkor savollarga javob berishdan boshlandi. Bunda oʻquvchilar maʼlum vaqt ichida qogʻozga yozilgan savollarga jamoa boʻlib fikrlashib, javoblar berishdi.

Sanoq tizimiga oid mantiqiy amallarni bajarish sharti ham oʻquvchilarga unchalik qiyinchilik tugʻdirmadi. Topishmoqlarning javobini topish sharti – ayniqsa, juda qiziqarli boʻldi. Bunday tarzdagi amaliy topshiriqlar oʻquvchilarning aniq fanlar boʻyicha dars mashgʻulotlarini qanday oʻzlashtirayotganini koʻrsatib berdi.

Bellashuvning oxirgi shartida oʻquvchilar uyga vazifa tariqasida berilgan topshiriq ijrosini  taqdim etdilar.

Bellashuv davomida oʻquvchilar gʻoliblik uchun ahil jamoaga aylanib qizgʻin kurash olib bordilar.

Natijalar ularning aniq fanlarni puxta oʻzlashtirishga, qoʻshimcha qoʻllanmalarni ham oʻqib, oʻrganib bilim doirasini kengaytirishga harakat qilishayotganini koʻrsatdi.

Oʻquvchilarga bu borada yana ham kengroq motivatsiya berish, sohaga oid yangiliklardan xabardorligini oshirish maqsadida oʻtkazilgan bellashuv gʻoliblari maktab maʼmuriyati tomonidan ragʻbatlantirildi.

Mazkur maktabda mehnat qilib kelayotgan ustoz-oʻqituvchilar zimmalaridagi bu kabi zalvorli, ammo sharafli vazifalarni masʼuliyatni unutmagan holda amalga oshirishmoqda. Yosh avlodni el-yurt rivojiga munosib hissa qoʻshadigan insonlar qilib tarbiyalash uchun bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etishmoqda.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026