Masofaviy taʼlim keyingi oʻquv bosqichlarini yanada mazmunli shaklda tashkil etishni boshlab berdi
Mamlakatimiz taʼlim tizimida sezilarli oʻzgarishlar roʻy berayotganligi kun sayin yaqqol koʻrinib bormoqda. Ayniqsa, hozirgi kunda masofadan oʻqitish ham keng qoʻllanilayotganligi quvonarli hol.
Bugungi sinovli kunlarimizda oʻquvchilarimizning masofaviy taʼlim olishi juda muhimdir. Bunda ota-onalar, buvijon-u bobojonlarimiz oʻqituvchilarga eng yaqin yordamchi hisoblanadi.
Masofaviy taʼlim oʻquvchining mustaqil bilim olish jarayonini taʼminlaydigan taʼlim tizimidir. Bunda oʻquvchi oʻziga qulay boʻlgan vaqtda, joyda va tezlikda bilim olishi belgilangan. Bunda oʻqituvchi oʻquvchiga individual tarzda yondashgan holda muloqot shakllari oʻrnatiladi. bunda, albatta, masofaviy taʼlimni tashkil qilish uchun mobil telefon, internet, ovozli pochta, noutbuk, planshet kabi portativ texnologiyalarni qoʻllash talab etiladi.
Biz ustozlar ayni paytda ham avvalgidek oʻz vazifamizga sodiq qolgan holda oʻquvchilarimizni masofadan nazorat qilib, kunlik berilayotgan vazifalarning bajarilishini kuzatib borayapmiz. Doimgidek, uyga vazifalarni bajarib, telegram kanallari orqali joʻnatayotgan oʻquvchilarimiz aʼlo baholar bilan ragʻbatlantirilib kelayapti.
Ayniqsa, ingliz tilida notanish soʻzlar talaffuzlarida, tarjimalarida ovozli xabarlar, video qoʻngʻiroqlar orqali, grammatik qoidalarni esa mashqlar orqali mustahkamlab, murakkabroq mavzularni ham qoʻshimcha manbalardan foydalangan holda tushuntirib kelayapmiz. Bu ishlarning barchasi maktab rahbariyati tomonidan nazorat qilib borilayapti.
Prezidentimiz “Xalqimiz dunyoqarashida innovatsion muhitni targʻib qilish eng muhim vazifadir. Innovatsiya boʻlmas yekan, har bir sohada rivojlanish, raqobat boʻlmaydi”, deganlaridek, nafaqat oʻzimiz, balki oʻquvchilarimizni ham innovatsiyalar yaratishga ruhlantirishimiz kerak. Shu kunlarda mamlakatimiz pedagoglarining zamonaviy taʼlim jarayoniga qanchalik javob berishi ham ayon boʻlmoqda. AKTni dars jarayonida qoʻllash borasida mahorat maktabini oʻtayaptilar. Oʻylaymizki, bu omil keyingi oʻquv bosqichlarini yanada mazmunli shaklda tashkil etishni boshlab berdi desak aslo muolagʻa boʻlmaydi.
Aysuluv Amanova, 55-maktab ingliz tili fani oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶