29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 19:43
Fan va taʼlim 👁 331

BOShLANGʻICh SINF OʻQUVChILAPINI KITOB MUTOLAASIGA QIZIQTIPISh TAʼLIM-TAPBIYaDAGI SAMAPADOPLIKNI OShIPADI

BOShLANGʻICh SINF OʻQUVChILAPINI KITOB MUTOLAASIGA QIZIQTIPISh TAʼLIM-TAPBIYaDAGI SAMAPADOPLIKNI OShIPADI

Kitob inson hayotida muhim oʻrin tutadi. Tafakkur, dunyoqarash va bilim kitoblar orqali oshiriladi. Shu oʻrinda aytish joizki, pedagogika bilan bolalar adabiyotining maqsad va vazifalari deyarli bir xil. Yosh avlodga chinakam aqliy-axloqiy, estetik va maʼnaviy tarbiya berishda boshlangʻich sinflardanoq kichik badiiy asarlardan  foydalaniladi. Bolalar adabiyoti va pedagogika uzviy bogʻlanganligi bilan muhim ahamiyatga ega.

Bolalarga atalgan asarlarda yozuvchilar bolalarga mos, ularni qiziqtiradigan va ulkan ishlarga otlantiradigan kuchli badiiy obrazlarni yaratadi. Shu bilan birga undagi gʻoyaviy maqsadlar yosh avlodning ongi, xarakteri va irodasini oʻstirib chiniqtirishda va har qanday qiyinchiliklarni yenga oladigan, mehnatsevar kishilar qilib tarbiyalashga qaratiladi.

Mamlakat kelajagi boʻlgan yosh avlod komil insonlar boʻlib voyaga yetishi kerak. Buning uchun ularning tafakkurini boyitish, dunyoqarashini kengaytirish, maʼnaviyatni yuksaltirish va mukammal bilim olishini taʼminlash lozim. Jamiyatning turli jabhalarida faollik bilan ish olib bora oladigan qobiliyatli, ongli hamda oʻqimishli insonlarni tarbiyalashdek muhim vazifa barcha pedagoglar zimmasiga ulkan masʼuliyat yuklaydi. Oʻz navbatida bunday yuksak vazifalar pedagogika va bolalar adabiyoti oldiga ulkan talablar qoʻyadi.

Aytish jizki, ravon va sodda tilda, chuqur gʻoyalarga asoslanib yaratilgan badiiy asarlargina bolalarga kuchli taʼsir koʻrsatib, ana shu yuksak talablarga javob bera oladi. Bolalar asar qahramonlaridan ezgulikni, yaxshilikni va boshqa ijobiy xislatlarni oʻrganish bilan birga dunyoqarashi kengayib, bilimini ham oshirib boradi. Shu sababli oʻquvchilarni boshlangʻich sinfdanoq kitob mutolaasiga qiziqtirish pedagogika nuqtai nazaridan ham alohida ahamiyatga egadir.

Eʼtirof etish kerakki, badiiy jihatdan yetuk asarlar har qanday yoshdagi kitobxonning sevimli doʻstiga, hamrohiga aylanib qoladi. M. Gorkiy yosh avlodni tarbiyalashda bolalar adabiyotining rolini taʼkidlab, bunday degan edi: “Bolaga maʼnaviy oziq juda ehtiyotkorlik bilan berilishi kerak. Bolalar otalarining xato va gunohlari uchun javobgar emaslar, shuning uchun ham mitti kitobxonga insonga hurmatsizlik kayfiyatlarini tugʻdiradigan narsalarni emas, balki hammadan oldin uni ulugʻlovchi narsalarni taqdim etish kerak...Insonni bolalarga, avvalo buyuk qahramon, nomaʼlum mamlakatlarni kezgan qoʻrqmas sayyoh, afsonaviy pahlavon, haqiqat uchun kurashchi, oʻz orzu-xayollariga sodiq, irodali qilib koʻrsatish kerak”.

Eng yaxshi kitoblar bolalarni atrofdagi hodisalarga toʻgʻri baho berishga oʻrgatadi, insondagi yuksak maʼnaviy sifatlarni koʻrsatadi. Ularni ona-Vatanga, mehnatga muhabbat, sadoqat ruhida tarbiyalaydi. Shuningdek, xalqiga munosib farzandlar boʻlishga chaqiradi. Kitob bolaning dunyokarashini shakllantirishga yordam beradi, ilm-fanga muhabbatini oshiradi.

Kichik yoshdan odatlantirilsa, har qanday bola ertak eshitishga, kitoblarni mutolaa qilishga juda qiziqadi. Ammo har qanday kitobni ham oʻqish foyda keltiravermaydi. Bolaning oʻz yoshi va ruhiyatiga mos boʻlmagan kitoblarni oʻqishi foydasiz, hatto baʼzan zararli hamdir. Bundan tashqari tartibsiz, pala-partish oʻqish ham foyda keltirmaydi. Kitob bolalarga hayotni oʻrgatuvchi haqiqiy muallim boʻlishi uchun ularning kitobxonligini toʻgʻri tashkil qilish kerak. Bolalarni kitob tanlashga, muntazam ravishda oʻqishga oʻrgatish lozim.

Kitob insoniyat tarixi, oʻtmish, ajdodlar maʼnaviy merosi bilan tanishtirib, boladagi bilimni, ijodiy fikrni oshiradi. Yosh avlod qalbida faxr va iftixor tuygʻularini oʻstirib, komil insonga aylantiradi. Maʼnaviy va madaniy boyligimiz boʻlgan  kitoblar oʻqituvchiga eng yaqin yordamchi boʻlib, maktabdagi taʼlim-tarbiya ishlarining sifat va samarasini yanada yuqori darajaga koʻtaradi.

Sharofat Jumatova, 16-sonli IDUM boshlangʻich sinf oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026