30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 23:49
Jamiyat 👁 406

Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar

Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar

Kredit shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlar ijrosini taʼminlash usuli hisoblangan kafillik, garov shartnomadagi va kafolatdagi taraflar hamda uchinchi shaxslar oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar    Oʻzbekiston Pespublikasi Fuqarolik kodeksi, «Garov toʻgʻrisida»gi, «Garov reyestri toʻgʻrisida»gi, «Ipoteka toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Pespublikasining qonunlari, banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, shuningdek Oʻzbekiston Pespublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Kredit tashkilotining qarz oluvchiga kredit summasini berish (hisobvaraqqa oʻtkazish) boʻyicha real shartnomaviy majburiyatlari shartnoma tuzilgan paytdan boshlab, qarz oluvchining foizlarni toʻlash, kreditni qaytarish boʻyicha shartnomaviy majburiyatlari esa, agar taraflar kelishuvida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, kredit summasi real olingan paytdan boshlab vujudga keladi.
Shu munosabat bilan sudlar kredit tashkilotlari va qarz oluvchilarning taraflarni kredit shartnomasini bajarishga majburlash toʻgʻrisidagi daʼvolarini koʻrishda taraflarning tuzilgan ushbu shartnoma boʻyicha huquq va majburiyatlari vujudga kelgan paytni inobatga olishlari lozim.
-Kredit shartnomasi sud tartibida taraflardan birining talabi bilan boshqa taraf tomonidan shartnoma shartlari jiddiy ravishda buzilganda yoki vaziyat jiddiy oʻzgarganda, shuningdek qonun yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa hollarda oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Sudlar nazarda tutishlari kerakki:
- yuqori foiz stavkalarini belgilash,
-kreditni qaytarish yoki foiz toʻlashni kechiktirganlik uchun jarima qoʻllash,
-kredit valyutasi kursining oʻzgarishi kredit oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishiga olib keladigan vaziyatning jiddiy oʻzgarishi deb hisoblanishi mumkin emas.
Sudlar kredit summalarini muddatidan oldin undirish toʻgʻrisidagi daʼvolarni koʻrishda kredit shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish toʻgʻrisidagi talabning yoʻqligi kredit summasi va foizlarni muddatidan oldin undirish haqidagi talablarni qanoatlantirishni rad etish uchun asos hisoblanmasligini eʼtiborga olishlari lozim.
Kreditdan foydalanganlik uchun foizlar, kredit tashkiloti tomonidan qarz oluvchi (qarzdor) bankning pul mablagʻlaridan amalda foydalangan butun davri uchun, hatto aktiv (kredit/qarz) oʻstirmaslik maqomiga oʻtkazilgan taqdirda ham, pul majburiyatlarini kechiktirish davrini qoʻshgan holda hisoblanishi mumkin.
Majburiyatning bajarilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi kelishuvning haqiqiy emasligi asosiy majburiyatning haqiqiy emasligiga olib kelmaydi.
Asosiy majburiyatning haqiqiy emasligi uning bajarilishini taʼminlaydigan majburiyatning haqiqiy emasligiga olib keladi.
FKning 114-moddasi ikkinchi qismiga koʻra qarz (kredit) shartnomasining haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllashda sudlar qarz mablagʻlaridan foydalangan taraf kreditordan olgan mablagʻlarini qaytarishi, shuningdek ulardan foydalangan hamma davri uchun FKning        327-moddasiga muvofiq foizlar toʻlashi lozim ekanligini hisobga olishlari kerak.
Kredit shartnomasida taraflar tomonidan kreditni qaytarishni kechiktirganlik (kredit majburiyatini buzganlik) uchun yuqori foiz turi sifatida belgilangan javobgarlik uzluksiz joriy sanktsiya hisoblanadi.
Sudlar inobatga olishlari lozimki, kredit majburiyatlarining ijrosi kechiktirilgan davr uchun neustoyka penya va jarima shaklida yoki majburiyatlarning bajarilishini oʻz vaqtida taʼminlamaganlik uchun oshirilgan foizlar belgilanishidan farqli oʻlaroq, kredit shartnomasida mazkur shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi muddati kredit tashkiloti tomonidan uzaytirilgan taqdirda kreditdan foydalanganlik uchun foiz ustamasining oshirilishi nazarda tutilishi mumkin.
Kredit shartnomasi boʻyicha asosiy qarzni yoki asosiy qarzning bir qismini qaytarish muddati uzaytirilgan davrdagi bank foizlari ustamasining oshirilishi qarzdor tomonidan majburiyatlarni oʻz vaqtida bajarmaganlik uchun toʻlanadigan neustoyka yoki oshirilgan foizlar shaklidagi javobgarlik boʻlmay, sudlar tomonidan unga kredit mablagʻlaridan foydalanganlik uchun shartnomaviy toʻlov shakli sifatida qaralishi lozim.

Muqaddam kechiktirilgan majburiyatlarni oʻz vaqtida bajarmaganlik uchun, majburiyatlarning bajarilishi uzaytirilgan qismi ijrosi kechiktirilganligi uchun javobgarlik choralari sudlar tomonidan kredit shartnomasida belgilangan shartlar boʻyicha qoʻllaniladi. Agar kredit shartnomasida majburiyatlarni oʻz vaqtida bajarmaganlik uchun javobgarlik choralari koʻrsatilmagan boʻlsa, kredit tashkilotlari FKning 736-moddasi birinchi qismiga muvofiq javobgarlik choralarini qoʻllashni talab qilishga haqlidir.

Sh.Abdijemilova,
Nukus tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026