29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 18:12
Fan va taʼlim 👁 525

TUMANIMIZDAGI 4 TA MAKTABDA YaNGI OʻQUV YILI BOShLANDI

TUMANIMIZDAGI 4 TA MAKTABDA YaNGI OʻQUV YILI BOShLANDI

Joriy yilning 7-sentyabri tuman Xalq taʼlimi  tizimidagi maktablar oʻqituvchilari, oʻquvchilari va ularning ota-onalari uchun unutilmas kun boʻlib qolsa, ajab emas. Shu kuni qariyb olti oy oldin yurtimizda koronavirus infektsiyasiga chalingan ilk bemor qayd etilganligi munosabati bilan kasallikning tarqalib ketishining oldini olish maqsadida oʻrnatilgan karantin cheklovlariga muvofiq faoliyati toʻxtatilgan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida yangi 2020-2021 oʻquv yilining ilk anʼanaviy shakldagi darslari boshlandi.

Kasallikni bartaraf etish borasidagi amalga oshirilgan harakatlar natijasida Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq 5-sentyabrdan boshlab, ota-onalarning fikrlari va mahalliy deputatlar kengashlari takliflariga muvofiq  maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumtaʼlim maktablarining anʼanaviy hamda masofaviy shakldagi faoliyatiga ruxsat berilgan edi.

Shu munosabat bilan 3-sentyabr kuni tuman Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 11-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida yangi oʻquv yilini joylarda qay tartibda olib borish boʻyicha amaliy oʻquv-seminari boʻlib oʻtgan, unda ishtirokchilarga anʼanaviy shaklda oʻqishni davom ettirishda mutaxassislar tomonidan belgilangan sanitariya normalari va talablari haqida keng tushunchalar berilgan edi.

Xoʻsh, pandemiya sharoitida maktablarda anʼanaviy taʼlim jarayoni qay tarzda tashkil qilinadi?

Pandemiya sharoitida umumtaʼlim maktablarida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishning vaqtinchalik belgilangan tartibiga koʻra, dars mashgʻulotlari ertalab soat 8:00 dan kech soat 17:30 gacha tashkil qilinadi.

Bolalarning bir vaqtda toʻplanib qolishlarining oldini olish maqsadida darslarning boshlanishi tabaqalashtirilgan holda amalga oshiriladi. Yaʼni 1-4-sinflar oʻquvchilari maktabga soat 8:00 gacha, 5-8-sinflar oʻquvchilari soat 8:30 gacha hamda 9-11-sinflar oʻquvchilari kelishi soat 9:00 gacha  alohida eshiklardan ijtimoiy masofa saqlab, tana haroratini oʻlchagan holda amalga oshiriladi. Darslar “Sinf sistemasi”da olib boriladi, yaʼni barcha darslar bir sinf uchun bir xonada olib boriladi. Boshlangʻich sinf oʻquvchilari sinf rahbarlari tomonidan maktabning asosiy darvozasi yonida kutib olinadi hamda kuzatiladi. Ota-onalarning maktabga kirib-chiqishi taʼqiqlanadi.

Darslar oraligʻidagi tanaffuslar vaqtida qoʻngʻiroq chalinmaydi, sinf xonalari koʻchadagi havo haroratidan kelib chiqqan holda shamollatib boriladi. Albatta, oʻqituvchilar, oʻquvchilar tibbiy niqobda boʻlishi talab etiladi.

7-sentyabr kuni tumanimizdagi anʼanaviy tarzda oʻquv yilini boshlash uchun yetarli sharoitlarga ega 21-sonli, 11-sonli, 52-sonli va 4-sonli maktablarda tajriba-sinov tariqasida yangi oʻquv yilining ilk darslari boshlandi. Buning uchun 5-sentyabr kuni mazkur maktablar oʻqituvchilari pandemiya sharoitida qanday qoidalar asosida faoliyat yuritishlari xususida oʻqitilib, tayyorgarlikdan oʻtkazildi.

21-sonli maktab uch qavatli, ulkan muhtasham  binoga ega. Bu yil 573 nafar oʻquvchilarga 67 nafar malakali  oʻqituvchilar taʼlim-tarbiya berishadi. Maktabda oʻquvchilar orasida  koronavirus infektsiyasi tarqalib ketmasligi uchun barcha chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Maktab  binosining mavjud 3 ta eshigi oldiga dizenfektsion toʻshama qoʻyilgan. Har bir sinfxonaga bolalar tibbiy niqoblarini almashtirganda, qoʻllarini antiseptik  dokalar bilan artganda  ishlatgan vositalarini tashlashlari uchun axlat qutisi qoʻyildi va tez-tez tozalab turiladi.

Ertalab oʻquvchilarning tana haroratini oʻlchab, maktabga qabul qilish uchun  2 ta masofadan harorat oʻlchash asbobi bilan taʼminlandi. Oʻquvchilarning ertalab tana haroratini oʻlchash uchun hamshira tayinlandi. Oʻquvchilarning bir joyda toʻplanib qolishining oldini olish uchun har qavatda 2 tadan, har smenada 6 ta sinf oʻqitilishi yoʻlga qoʻyildi. Ular maktab binosining 3 ta eshiklaridan kirib kelishadi.

Ilk oʻquv yili boshlangan kun maktab oʻqituvchilari, oʻquvchilari uchun shodiyonaga aylanib ketdi.

- 2019-2020 oʻquv yilining oxirgi choragini  sharoit taqozosiga koʻra masofaviy tarzda davom ettirgan edik. Oʻquvchilarimiz oʻzlashtirishda orqada qolishmadi. Biroq anʼanaviy shaklda, jonli muloqot tarzida dars oʻtishning afzalligi koʻp. Ustoz-shogird oʻrtasida jonli muloqot oʻrnatiladi, oʻquvchilar jamoa bilan ishlashga, bir-biridan qolishmay bilim olishga oʻrganishadi. Shuning uchun ham bugun bizning quvonchimiz cheksiz, taassurotlarimni soʻz bilan ifodalay olmayman, – deydi maktab direktori oʻrinbosari Dilnoza Hayitboyeva.

52-sonli maktabda 382 nafar ilmga chanqoq oʻquvchilar taʼlim-tarbiya olishmoqda. Tugallangan oʻquv yilining oxirgi choragini ular ham masofaviy tarzda davom ettirishgan edi. Ularga taʼlim-tarbiya berayotgan 41 nafar oʻqituvchilar darslarini onlayn shaklda davom ettirib, oʻquvchilarining mashgʻulotlarini puxta oʻzlashtirishlariga harakat qilishgan edi.

7-sentyabr kuni mazkur maktabda 2020-2021 oʻquv yili ham anʼanaviy, ham masofaviy tarzda boshlandi. Ikki smenada taʼlim oladigan oʻquvchilardan birinchi smenada 168 nafari anʼanaviy, 39 nafari onlayn taʼlim shaklida oʻqishga jalb etildi. Ikkinchi smenada esa 174 oʻquvchining 145 nafari anʼanaviy, 29 nafari onlayn taʼlim shaklida yangi oʻquv yilini boshlashdi. Albatta, bunda ota-onalarning xohish-istaklari inobatga olindi.

Tuman markazidan 27 kilometr olisda, Namuna mahallasida joylashgan mazkur maktabda yaratilgan sharoitlar tuman Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi mutaxassislari tomonidan oʻquvchilar anʼanaviy shaklda taʼlim olishlari uchun barcha talablarga javob beradi, deya baholangan.

Ulugʻ maʼrifatparvar bobomiz Mahmudxoʻja Behbudiy “Dunyo imoratlari ichida eng ulugʻi maktabdir” degan edilar.

Ha, jamiyatni harakatlantiruvchi kuch – insonlar hayoti qay tarzda kechishi ularga maktabda qanday taʼlim-tarbiya berilganiga bogʻliq. Demakki maktab – bu hayot-mamot masalasi, kelajak masalasi. Shu boisdan ham keyingi yillarda maktab taʼlimiga, oʻqituvchilar nufuzini oshirishga, ularni moddiy-maʼnaviy qoʻllab-quvvatlashga ulkan eʼtibor qaratilmoqda.

Koronavirus pandemiyasi tufayli umumiy oʻrta taʼlim duch kelgan muammolar, oʻylaymizki, oʻqituvchilarning yosh avlodni barkamol insonlar qilib tarbiyalashdek ezgu maqsadlariga toʻsiq boʻlolmaydi.

Oygul RAJABOVA.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026