MUSTAFO IMTIYoZLI RAVIShDA TALABA BOʻLDI
Mustaqillik mamlakatimiz sport sohasida yangi va yorqin sahifalar ochdi. Buning tasdigʻini yigit-qizlarimizning dunyo miqyosidagi turli nufuzli sport anjumanlarida qoʻlga kiritayotgan ulkan yutuq va natijalari misolida bugun yaqqol koʻrmoqdamiz.
Joriy yilning 12-14-mart kunlari Sirdaryo viloyati markazi – Guliston shahrida sportning dzyu-do turi boʻyicha 16-17 yoshdagi oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati oʻtkazilgan edi.
Mazkur musobaqada tumanimizning iqtidorli sportchilaridan biri boʻlgan Mustafo Oʻrozboyev ham faol ishtirok etib, faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi.
U tuman, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda Oʻzbekiston miqyosidagi koʻplab musobaqalarda ishtirok etib, faxrli oʻrinlarni egallab kelmoqda. Xususan, 2017-yildan shu davrga qadar har yili sportning kurash, sambo, dzyu-do turlari boʻyicha turli vazn toifalarida oʻtkazilgan musobaqalarning faxrli oʻrinlar sohibi boʻldi.
Mustafo sportda erishgan yutuqlari uchun Qoraqalpoq Davlat universitetining huquqshunoslik yoʻnalishiga hech qanday test sinovlarisiz imtiyozli ravishda oʻqishga qabul qilindi. Yurtimizda sportni rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor hamda yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, katta yutuqlarga ega boʻlayotgan yosh sportchining kelgusida yana yangi marralarni egallashiga, jamiyat ravnaqiga munosib hissa qoʻshishiga ishonamiz.
Charos Arslonova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶