30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 04:37
Siyosat 👁 245

Amudaryo tumanida saylovlarga puxta tayyorgarlik koʻrilmoqda

Amudaryo tumanida saylovlarga puxta tayyorgarlik koʻrilmoqda

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 2020-yil 19-avgust kungi 12-sessiyasida tuman Kengashining boʻshab qolgan 24-Oq oltin va 28-Daryoboʻyi saylov okruglarda 2020-yilning 20-sentyabr kuni saylov oʻtkazilishi belgilangan edi. Tuman saylov komissiyasining qarori bilan saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tadbirlarning kalendar rejasi tasdiqlandi.

Ushbu rejaga muvofiq boʻshagan oʻrinlarga boʻlib oʻtadigan saylovga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan tuman saylov komissiyasi, 2 ta okrug va 4 ta uchastka saylov komissiyalari tomonidan Saylov kodeksi asosida ishlar oʻz muddatlarida amalga oshirilib kelinmoqda.

Tuman saylov komissiyasining 12-sentyabr kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishida saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tadbirlarning kalendar rejasida belgilangan vazifalarning ijrosi muhokama qilindi.

Aytish kerakki, tuman saylov komissiyasining 4-sentyabrdagi 22-sonli qarori bilan boʻshagan oʻrinlarga xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatligiga nomzodlar roʻyxatga olindi. Jumladan, 24-Oq oltin saylov okrugidan 3 nafar, 28-Daryoboʻyi saylov okrugidan 3 nafar jami 6 nafar nomzodlar roʻyxatga olindi. 

Tuman saylov komissiyasi saylovni qonun talablari va karantin qoidalariga rioya qilgan holda oʻtkazishda okrug, uchastkalar saylov komissiyalari aʼzolariga yaqindan yordam berib kelmoqda.

Shuningdek, tuman saylov komissiyasi aʼzolari tushuntirish-targʻibot ishlari bilan ham shugʻullanib, Saylov Kodeksining mazmun-mohiyati, fuqarolarning saylash huquqi va konstitutsiyaviy burch hamda majburiyatlari haqida saylovchilarga keng tushunchalar berib kelmoqda.

***

Saylov uchastkalarida ham tayyorgarlik ishlari jadal surʼatda olib borilmoqda.

Saylov boʻlib oʻtadigan 2 ta okrug va 4 ta uchastka saylov komissiyalari tomonidan Saylov kodeksi asosida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalarning oʻz muddatlarida ijrosi taʼminlanmoqda. Jumladan, saylovchilar roʻyxatiga aniqlik kiritish, fuqarolarga pandemiya sharoitida saylovlar oʻtkazish tartibini tushuntirish, saylov uchastkalarini jihozlash kabi tayyorgarlik ishlari namunali tarzda tashkil qilinmoqda.

Xalq deputatlari tuman Kengashining “24-Oq oltin” saylov okrugidan deputatligiga 3 nafar nomzodlar roʻyxatga olingan. Ayni kunlarda uchastka saylov komissiyalari joylashgan binolar deputatlikka nomzodlarning tarjimai holi haqidagi maʼlumotlar bilan taʼminlangan boʻlib, komissiya aʼzolari aholi orasida tushuntirish-targʻibot ishlarini amalga oshirmoqdalar.

Shu oʻrinda taʼkidlash kerakki, saylovlarni ochiq-oshkora, milliy saylov qonunchiligimiz talablariga muvofiq, demokratik saylovlar oʻtkazish boʻyicha toʻplangan boy milliy tajribamizga asoslangan holda hamda umumeʼtirof etilgan xalqaro huquq normalari va standartlari talablariga hamohang tarzda tashkil etish, eng asosiysi saylovlar jarayonida har bir fuqaroga, saylovchiga oʻz xohish-irodasini erkin ifoda etishi uchun shart-sharoit va imkoniyat yaratib berish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli uchastka saylov komissiyalari raislari va aʼzolari ushbu muhim siyosiy jarayonga munosib tayyorgarlik koʻrmoqdalar.

“24-Oq oltin” okrug saylov komissiyasi raisi, 41-sonli umumtaʼlim maktabi direktori Duysenboy Nurjanov okrug va uchastkalar saylov komissiyalari aʼzolariga samarali faoliyat olib borishlari uchun qulay sharoitlar yaratish, saylov okrugi va uchastkalar joylashgan binolarning barcha talablarga javob berishini nazorat qilish, saylovga oid qoʻllanmalar va zaruriy jihozlar bilan toʻliq taʼminlash, saylov okrugi va uchastkalari joylashgan binolar atroflarini obodonlashtirish va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining uzluksiz ishlashlarini taʼminlash ishlariga katta eʼtibor qaratmoqda.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, Respublika maxsus komissiyasi xulosasiga koʻra pandemiya sharoitida aholining xavfsizligini taʼminlash maqsadida saylovchilarga chaqiruv qogʻozlari tarqatilmaydi. Shunday ekan, Oq oltin ovulining “Koʻnabosu”, “Tozabosu”, “Paxtaobod”, “Dehqonobod” va “Jiydali Qulon” aholi punktlarida, “Qipchoq” shaharchasida, shuningdek, Daryoboʻyi mahallasi “Taraqqiyot” aholi punktining janubiy qismidagi xonadonlarda istiqomat qiluvchi saylov huquqiga ega boʻlgan barcha yurtdoshlarimizni 20-sentyabr kuni boʻlib oʻtadigan saylovlarda faol ishtirok etib, oʻz konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalanishga hamda oʻzlari munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz berishga chaqiramiz.

Oygul Rajabova,

Charos Arslonova.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026