30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 05:31
Siyosat 👁 551

PREZIDENT MASLAHATChISI OʻRINBOSARI BOShChILIGIDAGI IShChI GURUH AMUDARYoDA SAYYoR QABUL OʻTKAZDI

PREZIDENT MASLAHATChISI OʻRINBOSARI BOShChILIGIDAGI IShChI GURUH AMUDARYoDA SAYYoR QABUL OʻTKAZDI

Bugungi kunda mamlakatimizda fuqarolar bilan ishlash boʻyicha yaxlit tizim yaratildi. Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida insonlarning muammolarini tinglash, ularni joyida bartaraf qilish, aholiga farovon turmush sharoitlarini yaratish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Hududlarda aholi bilan uchrashish, insonlar bilan yaqindan muloqotda boʻlib, ularning muammo hamda kamchiliklarini oʻrganish, hal qilish maqsadida sayyor qabullar oʻtkazilmoqda.

18-sentyabr kuni aholining davlat idoralariga boʻlgan ishonchini yanada mustahkamlash, eng koʻp murojaatlar kelib tushayotgan sohalar boʻyicha muammolarni tezkor hal etish maqsadida Amudaryo tumanida navbatdagi ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi.

Sayyor qabulda Prezident maslahatchisi oʻrinbosari Alisher Usmonov rahbarligidagi ishchi guruh aʼzolari, respublikamizdagi vazirliklar, maʼmuriy organlar, idora-tashkilotlar, xoʻjalik birlashmalaridan jalb qilingan mutasaddi rahbarlar ishtirok etdilar. Shuningdek, tuman hokimligi mutasaddilari, boʻlimlar, muassasa va korxona-tashkilotlar rahbarlari hamda aholi vakillari qatnashdilar. Unda Prezident maslahatchisi oʻrinbosari Alisher Usmonov nutq soʻzlab, sayyor qabullarni tashkil qilishdan koʻzlangan maqsadlar hamda uning ahamiyati xususida toʻxtaldi.

Taʼkidlanganidek, hukumat rahbarlarining aholi bilan bevosita muloqotga kirishi, ayniqsa, sayyor qabullar tashkil etib, murojaatchilar huzuriga borishi xalqimizning adolatga, davlatga, ertangi kunga boʻlgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi, shubhasiz. Eng muhimi, ochiq muloqotlarda aholiga munosib ish va turmush sharoiti yaratish borasida bor kuch hamda imkoniyatlar ishga solinmoqda. Bunday saʼy-harakatlar yurtdoshlarimizning mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini yuksaltirib, dunyoqarashini tubdan oʻzgartirish, yaratuvchanlik va tashabbuskorligini oshirishga zamin yaratmoqda.

Shundan soʻng, fuqarolarning murojaatlari hamda takliflari tinglandi. Qabul jarayonida fuqarolardan turli masalalarga oid murojaat hamda takliflar kelib tushdi. Xususan, fermer xoʻjaligi faoliyatni kengaytirish uchun chorvachilik kompleksi tashkil qilish maqsadida yer maydoni ajratib berilishida, 100-oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkilotning qurilishini yakuniga yetkazishda hamda zamonaviy oʻquv uskunalari va oʻqitish vositalari xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar olishda, tumandagi Qangli madaniyat markazini  qayta taʼmirlash, rekonstruktsiya qilishda, oqar suv taʼminotini yaxshilash maqsadida Qipchoq arna kanali quyi  16 km. qismining qazilishiga, fermer xoʻjalikka traktor sotib olish uchun 270 mln. soʻm mikdorida kredit ajratilishiga, Amir Temur nomli ovul hududidagi xonadonlarning tomorqa yerlarini oqar suv hamda ichimlik suvi bilan  taʼminlash maqsadida 2 ta yer osti  qudugʻi  qurishda amaliy yordam soʻralgan murojaatlar qabul qilindi.

Shuningdek, fuqarolar tomonidan uy-joy qurish uchun yerga muhtoj, ehtiyojmand, kambagʻal oilalarga imtiyoz bilan, auktsionsiz uy-joy qurish uchun yer berish choralarini koʻrish haqida, aholi punktlari posyolkalarda joylashgan, qurilganiga 15-yildan koʻp boʻlgan, soliqlarni oʻz vaqtida toʻlab kelayotgan turar joylarga nisbatan tan olish qarorlari vakolatini tuman hokimliklariga berilishi haqidagi takliflar ham kelib tushdi.

Qabul davomida tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami vakillarini yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida nogironligi boʻlgan, jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarga nogironlik aravachalari topshirildi.

Shuningdek, mutasaddilar tumandagi tabiiy gaz yetib bormaydigan hududlardan boʻlgan Oʻrtaqalʼa ovuli Arna boʻyi mahallasidagi xonadonlarga gaz ballonlarini topshirdilar.

Sayyor qabul karantin qoidalariga amal qilingan holda, ochiq muloqot tarzida oʻtdi. Fuqarolar oʻz fikrlarini ochiq-oydin bayon qildilar. Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlar hamda takliflar inobatga olinib, har biri tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan kelishilgan holda ijobiy hal qilindi.

Shu oʻrinda qayd etish lozimki, bugun har bir fuqaro uchun barcha davlat organlari va tashkilotlarining eshiklari ochiq. Davlat idoralari rahbarlari fuqarolarning murojaatlarini sokin ish xonalarida emas, balki ijtimoiy jarayonlar kechayotgan pallada joyiga borib, haqiqiy holatni oʻrganmoqdalar.

Aytish kerakki, sayyor qabullar aholi muammolarini joyida, tez va samarali hal etish imkonini berayotgani, hududlarda yigʻilib qolgan muammolarni aniqlash va bartaraf etilishida davlat organlari va tashkilotlari oldiga vazifalar qoʻyayotgani va ushbu vazifalarni toʻlaqonli bajarishga undayotgani bilan muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026