30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 13:30
Jamiyat 👁 184

HOSILNI YoNGʻINDAN ASRAYLIK!

HOSILNI YoNGʻINDAN ASRAYLIK!

Ayni damlarda tumanimizda paxta yigʻim-terimiga tayyorgarlik ishlari qizgʻin olib borilmoqda. Yigʻim-terim davrida yongʻin xavfining oldini olish alohida ahamiyat kasb etadi.

Shu bois, barcha fermer xoʻjaliklarida paxta xirmonlari, paxta quritish oʻrinlari suv xavzalari yoki suv hovuzlari mavjud boʻlgan joylarga yaqin boʻlishi taʼminlandi. Yetishtirilgan hosilni paxta qabul qilish shoxobchalariga eltishda alohida eʼtibor va masʼuliyat zarur. Traktor tirkamalariga ortilgan paxta ustiga sholcha yoki brezent yopilishi kerak, aks holda yongʻin kelib chiqishi mumkin. Paxta qabul qilish punktlarida va paxta dalalarida chekish, ochiq olovdan foydalanish hamda paxta hosilini yoʻl chetlarida quritish qatʼiyan maʼn qilinadi. Xirmon joylar, yoʻl boʻylari hamda paxta qabul qilish shoxobchalari «Paxtani olovdan asraylik!», «Chekilmasin!», «Olovdan foydalanish maʼn qilinadi!» kabi pannolar va birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari bilan toʻliq taʼminlanishi zarur.

«Amudaryo paxta tozalash» ochiq aktsiyadorlik jamiyati hamda unga qarashli paxta qabul qilish shoxobchalarida paxta hosilini qabul qilishga tayyorgarlik ishlari nihoyasiga yetib, dastlabki hosilni qabul qilish ishlari boshlandi. «Amudaryo paxta tozalash» ochiq aktsiyadorlik jamiyati hamda unga qarashli shoxobchalar yongʻinga qarshi birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari bilan toʻliq taʼminlangan. «Paxta – 2020» yigʻim-terim mavsumiga yordamga kelgan hasharchilarning yashash joylarida yongʻin xavfsizligi choralari koʻrildi va tartib-qoidalar toʻgʻrisida suhbatlar oʻtkazilib, yoʻriqnomalar berildi. Paxta qabul qilish shoxobchalarida koʻngilli yongʻin oʻchirish guruhlari tuzilib, guruh aʼzolariga tegishli vazifalar yuklatildi, shu bilan birga Mangʻit shahar 3-son Kasbiylashtirilgan yongʻin-qutqaruv qismi xizmatchilari va 2 ta jangovar ekipajlari, «Amudaryo paxta tozalash» ochiq aktsiyadorlik jamiyatining koʻngilli yongʻin oʻchirish guruhi va 1 ta jangovar ekipaji bilan paxta tozalash zavodida va paxta qabul qilish shoxobchalarida yongʻin oʻchirish amaliy mashqlari oʻtkazildi.

Qadrli yurtdoshlar! Bu yilgi «Paxta – 2020» yigʻim-terim mavsumida faol qatnashish bilan birga, yongʻin xavfsizligi boʻlinmasi xodimlarining tavsiyalarini oʻz vaqtida bajarib, milliy boyligimiz – paxta hosilini yongʻindan asrashga oʻz hissamizni qoʻshaylik.

A.YuSUPOV,

tuman FVB mutaxassisi katta serjant.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026