30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 04:36
Siyosat 👁 281

Hokimlar va ularning oʻrinbosarlari faoliyati maxsus mezonlar asosida baholanadi

Hokimlar va ularning oʻrinbosarlari faoliyati maxsus mezonlar asosida baholanadi

18-sentyabr kuni Amudaryo tuman hokimligida shahar va tumanlar hokimlari hamda ularning oʻrinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini baholash mezonlari, ushbu tizimni amaliyotga joriy etish tartibiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Otabek Hasanov, agentlik boshqarma boshligʻi Otabek Mahkamov, agentlik departament mudiri Bahodir Mirusmanov hamda Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi Rashid Matqurbonov, shuningdek, tuman hokimi oʻrinbosarlari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi mutasaddilari hokimlar va ularning oʻrinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini baholash mezonlari boʻyicha toʻliq tushunchalar berdilar.

Mutasaddilar yurtimizda mahalliy hokimliklar faoliyatini zamon talabiga mos ravishda yoʻlga qoʻyish, ularni bilimli va eng munosib kadrlar bilan taʼminlash, ish samaradorligini oshirish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi tomonidan yangi mexanizm, ish uslublari eksperiment tariqasida amaliyotga joriy etilayotgani xususida toʻxtaldi. Bu borada agentlikning Davlat xizmatchilari faoliyatini monitoring qilish va baholash departamenti xodimlari tomonidan barcha tuman, shahar hokimliklaridagi vaziyatlar oʻrganib chiqilib, mavjud shart-sharoitlar inobatga olingan holda har bir hokim oʻrinbosarlariga yoʻnalishidan kelib chiqib, ularning faoliyatini xolisona baholashga xizmat qiluvchi koʻrsatkich indikatorlari ishlab chiqilayotgani maʼlum qilindi.

Aytish kerakki, mamlakatimizda eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholash tizimini joriy etish, albatta, davlat organlari va tashkilotlari uchun yangi mexanizm boʻlganligi bois, dastlab oʻziga xos qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi tabiiy  holat. Ammo mexanizm ishlay boshlagandan soʻng, ish sifati va samaradorligi ortadi, maʼlum loyihalarni va vazifalarni bajarish tezlashadi, davlat xizmatchilarining kompetentsiyalari rivojlanib boradi. Chunki tizim har bir xodimni oʻz ustida muntazam ishlashga undaydi.

Yigʻilishda tuman hokimi oʻrinbosarlari mutasaddilarga oʻz yoʻnalishlaridan kelib chiqib, qator takliflar berdilar. Xususan, tuman hokimining oʻrinbosari – Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Alisher Yoʻldoshev bugungi kunda joylarda tuman hokimligi zahirasidagi eskirgan, foydalanilmayotgan bino va inshootlarni buzish hisobidan chiqayotgan qurilish materiallaridan 3 xonali uylar qurilib berilayotganligi, ushbu amalga oshirilayotgan ishlarni mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari faoliyatini baholash tizimi hamda eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha qilib kiritish taklifi bildirildi.

Shuningdek, tuman hokimi oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi Rashid Salayev hamda tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Mahmud Shermetovlar hokim va uning oʻrinbosarlarining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini baholash yuzasidan qator takliflar kiritdi.

Yigʻilishda bildirilgan takliflar mutasaddilar tomonidan alohida eʼtiborga olindi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026