30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 04:36
Siyosat 👁 686

11 NAFAR HAMYuRTIMIZGA “MEHR-SAXOVAT” KOʻKRAK NIShONI BERILDI

11 NAFAR HAMYuRTIMIZGA “MEHR-SAXOVAT” KOʻKRAK NIShONI BERILDI

Hozirgi pandemiya sharoitida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularga beminnat koʻmak berish borasidagi ishlarni umumxalq harakati darajasiga koʻtarishga katta hissa qoʻshgan, jamiyatimizda tinchlik-osoyishtalik, birlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashda faol ishtirok etib, begʻaraz homiylik yordami hamda ezgu ishlari bilan koʻpchilikka alohida oʻrnak boʻlayotgan yurtdoshlarimizni taqdirlash maqsadida Prezident farmoni bilan “Mehr-saxovat” koʻkrak nishoni taʼsis etilgan edi. Quvonarlisi shuki, tumanimizda ham 11 nafar hamyurtimiz ushbu koʻkrak nishoniga munosib deb topildi.

24-sentyabr kuni tuman hokimligi binosida tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, hokim oʻrinbosarlari, boʻlimlar rahbarlari, va tumanimizning bir guruh faollari ishtirokida “Mehr-saxovat” koʻkrak nishonini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Marosimda tuman hokimi nutq soʻzlab, ushbu mukofotga loyiq deb topilgan yurtdoshlarimizni samimiy qutladi.

Tuman hokimi oʻz soʻzida butun dunyoni larzaga solgan pandemiya davrida tumanimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlashda oʻzining beminnat yordamini ayamay ogʻir kunlarda yelkadosh boʻlayotgan, mehr-muruvvat, xayr-saxovat koʻrsatayotgan hamyurtlarimizga oʻz minnatdorchiligini izhor etdi. Sinovli bu kunlar hademay ortda qolishini, hamjihatlikda ushbu ofatni yengib chiqishimiz muqarrarligini, ayni paytda karantin qoidalariga amal qilish, atrofdagilarga ham buni tushuntirish, ishsiz va ehtiyojmandlarni qoʻllab-quvvatlash lozimligini aytib oʻtdi. Shundan soʻng, “Mehr-saxovat” koʻkrak nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi.

Jumladan, muhtaram Prezidentimizning “Mehr-saxovat” koʻkrak nishoniga tumandagi “Usta Allayar” fermer xoʻjaligi boshligʻi Rajabbay Sultanov, “Beshbayev Qurbangʻali” fermer xoʻjaligi rahbari Qurbangʻali Beshbayev, “Qoraqalpoq mahsulotlari” masʼuliyati cheklangan jamiyati raisi Yerkin Rasulov, “Xoʻjakoʻl” fermer xoʻjaligi boshligʻi Xidirboy Xaydarovlar munosib koʻrildi.

Shuningdek, Sanitariya-epidemiyalogiya nazorati davlat inspektsiyasi Qoraqalpogʻistin Respublikasi boshqarmasi Amudaryo tumani filiali mudiri Durbek Bobojanov, “Qurilishxizmat” masʼuliyati cheklangan jamiyati raisi Bahodir Toʻraboyev, “Maqsud oʻgʻli Rahmatjon” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori Maqsud Abdullayev, “Xudaybergan ota” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Rustam Allakulovlar ham ushbu mukofotga loyiq deb topildilar.

Shu bilan birga Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan “Grand stroy” xususiy korxonasi rahbari Rashid Xudayberganov, “Amudaryo maxsus qurilish” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori oʻrinbosari Javlonbek Yoʻldashev hamda “Polvonboy ovuli” fermer xoʻjaligi raisi Mansur Xoʻjaahmedovlar ham oʻzlarining xayr-saxovat ishlari natijasida “Mehr-saxovat” koʻkrak nishoniga sazovor boʻldilar.

Taqdirlash marosimiga yigʻilganlar koʻkrak nishoni sohiblarini davlatimizning bu kabi yuksak eʼtibori hamda ragʻbati bilan samimiy tabrikladilar va yurtimiz boshiga tushgan ogʻir kunlarda kamarbasta boʻlgan yurtdoshlarimizning hayr-saxovat ishlari boshqalarga oʻrnak boʻlishini taʼkidlab, ularning kelgusidagi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladilar.

Xalqimizda “Savob ishni har kim, har kun qilishi kerak” degan ajoyib bir naql bor. Mana shu hikmatli soʻzlarga amal qilayotgan, sinovli kunlarda savobli ishlar boshida turib, oʻzgalarga namuna boʻlayotgan yurtdoshlarimizni ushbu mukofot bilan samimiy qutlaymiz.

Amudaryo tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026