14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 22:20
Fan va taʼlim 👁 198

ShOGIRDLARIDAN MINNATDOR USTOZ

ShOGIRDLARIDAN MINNATDOR USTOZ

Insonning hayotda oʻz oʻrnini topishi, turmushdagi mashaqqatlarni sabr-bardosh bilan yengib oʻtishida unga eng toʻgʻri yoʻlni koʻrsatuvchi zot – ota-onadan keyin oʻqituvchi-ustozdir. Hali hayot tashvishlaridan mutlaqo bexabar, idrokidagi begʻubor olam quvonchlari bilan yashayotgan bolajonlar ongida dunyoviy tasavvurlar uygʻotib, moʻʼjizalar sari yetaklaguvchi oʻqituvchi va murabbiylar siymosi shuning uchun ham har bir inson uchun aziz, mukarram.

Kuyuk koʻpirlik Aminboy Rahimov oʻqituvchilik kasbiga mehr qoʻyganida endigina oq-qorani taniy boshlagan begʻubor bola edi. 5-sonli maktablararo oʻquv-ishlab chiqarish kombinati direktori vazifasida ishlovchi otasi Ozodboy aka Rahimovning ilm haqidagi suhbatlari, ustozlarining mehr bilan dars oʻtishlariga yuragida havas uygʻongan Aminboy umumtaʼlim maktabida aʼlo baholarga oʻqidi. Ayniqsa, fizika-matematika fanlari uning jon-u dili edi. Maktabni tugatib, 1983-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika institutiga umumtexnika fanlari va mehnat taʼlimi yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga kirdi. Talabalik davrida harbiy xizmat burchini ado etib, 1990-yilda institutni muvaffaqiyatli tugatdi.

Ilk mehnat faoliyatini otasiga shogird sifatida, 5-sonli maktablararo oʻquv-ishlab chiqarish kombinati oʻqituvchisi boʻlib ishlashdan boshlagan A.Rahimov, mana 30-yildirki, 19-sonli umumtaʼlim maktabida oʻquvchilarga taʼlim-tarbiya berishdek sharafli vazifani ado etib kelmoqda. U 12-yil davomida maktabda oʻquvchilarga fizika fanidan saboq berdi, bir vaqtning oʻzida maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari vazifasida ham faoliyat yuritdi. A.Rahimov tahsilini olgan sobiq oʻquvchilari orasida turli soha fidoyilari, taniqli iqtisodchilar, bugungi kunda ustoz-murabbiylar darajasiga erishgan oʻqituvchilar, shifokorlar bor. Ayni paytda AQShda, Xalqaro Valyuta jamgʻarmasida iqtisodchi boʻlib ishlayotgan Botir Boltaboyev erishayotgan yutuqlar haqida A.Rahimov doim faxrlanib soʻzlaydi.

Ustoz faxri, shogirdidan minnatdorlik tuygʻusi – uning oʻz kasbiy faoliyatining eng yuqori choʻqqisidir. A.Rahimov uchun shundan ulugʻroq mansab va martaba yoʻq. Oilada esa biri-biridan aqlli, tarbiyali farzandlarning otasi, namunali xonadonning ibratli aʼzosi. Hayotda hamisha eng yaqin doʻst va maslahatgoʻy otasi Ozodboy ogʻa katta xonadonga, nevara-chevaralariga bosh-qosh.

Aminboyning oʻgʻli Elbek Toshkent Davlat Axborot texnologiyalari Universitetini muvaffaqiyatli tugatdi, qizi Maftunaxon esa NDPI 2-bosqich talabasi. Umr yoʻldoshi Feruzaxon Kaziyeva mehr-muhabbatli uy bekasi, fidoyi umr yoʻldosh.

Ayni kunlarda Qoraqalpogʻiston xalq taʼlimi aʼlochisi A.Rahimov va 19-sonli umumtaʼlim maktabi jamoasining quvonchlari cheksiz. Bu yilgi bitiruvchi yoshlarning koʻpchiligi OTMlar talabasi boʻlishdi. Garchi maktabda darslar onlayn tarzda olib borilayotgan boʻlsa-da, oʻquvchilar juda faol.

Biz jonkuyar va fidoyi ustoz Aminboy Rahimovni oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy tabriklaymiz. Yosh avlod kelajagi yoʻlidagi ishlarida yutuqlar tilaymiz.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019