“Sogʻlom bola yili” yangiliklari
Yangi korxona ish boshladi
Yaqinda tumanimizning Bobur nomli ovulida aholiga transport xizmati koʻrsatuvchi "Umida Surayyo" MChJ ish boshladi. Shu munosabat bilan 4 ta yangi ish oʻrni yaratildi.
(Reklama huquqi asosida).
Yoshlar uchun koʻrgazma
10-may kuni Amudaryo akademik litseyida "Mutaxassislik – sening kelajaging” koʻrgazmasi oʻtkazildi. Umumtaʼlim maktablari hamda oʻrta maxsus taʼlim muassasalari bitiruvchilarining kasb tanlashlariga koʻmaklashish, ularni akademik litsey va kasb-hunar kollejlari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, maktab bitiruvchilarini taʼlimning keyingi bosqichiga toʻliq jalb qilish maqsadida tashkil qilingan mazkur koʻrgazmada jami 3,5 ming nafardan ortiq oʻquvchilar qatnashdi.
Oʻquv seminarlari oʻtkazilmoqda
Joriy yilning may-iyun oylarida "Kamolot” yetakchilari va "Kamalak” sardorlari uchun oʻquv seminarlari va turli tadbirlar uyushtirilishi belgilangan.
Mangʻit qishloq xoʻjalik kasb-hunar kollejida oʻtkazilgan shu kabi oʻquv seminarida "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining Ustavi, boshlangʻich tashkilotning ish hujjatlari bilan ishlash, yetakchining liderlik qobiliyatini rivojlantirish, harakatning tashkiliy tuzilmalari, haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Seminar davomida interfaol oʻyinlardan foydalanib mavzular toʻliq tushuntirildi.
Yangi mahsulot ishlab chiqarish oʻzlashtirildi
Ichki bozor talablarini puxta oʻrgangan holda ish yuritayotgan "Eltuzar" kichik korxonasida 50 million soʻmlik bank krediti va 20 million soʻmlik korxonaning oʻz mablagʻi hisobidan 4 xildagi suvli dispertsiya boʻyogʻi hamda qurilishda ishlatiladigan quruq aralashma ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Korxonada qisqa muddat ichida mahalliy buyurtmachilarga 105 million soʻmlikdan ziyod yangi mahsulot yetkazib berildi.
(Reklama huquqi asosida. Mahsulot sertifikatlangan).
Elektr taʼminoti yoʻlida
"Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” OAJ Amudaryo tuman elektr taʼminoti korxonasi tumandagi 998 ta korxona-tashkilot hamda 23 ming 209 ta aholi xonadonidan iborat abonentlariga sutkasiga oʻrtacha 34-37 mln. soʻmlik elektr energiyasi yetkazib bermoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶