OʻZBEK TILI MADHIGA BAGʻIShLANGAN TADBIRLAR OʻTKAZILDI
Maʼlumki, 1989-yil 21-oktyabr oʻzbek tili davlat tili deb maqom berilgan kun.
Oʻzbek tili mamlakatimizning davlat tili sanaladi. Istiqlolga erishgach, Oʻzbekistonning jahon hamjamiyatidagi obroʻ-eʼtibori ortib borar ekan, ona tilimiz ham tobora qadr-qimmat topmoqda.
Amudaryo tumanidagi 87-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida Til bayramiga bagʻishlangan tadbirlar tantanali ravishda oʻtkazildi. Tadbirlarda maktabimiz oʻquvchilari faol ishtirok etib, faxru-iftixor bilan oʻzbek tili haqidagi sheʼrlarini, maʼruzalarini oʻqib eshittirdilar. Taʼlim maskanimizning 10-sinfida taʼlim-tarbiya olayotgan G.Yoʻldosheva, 11-sinf oʻquvchisi Yu.Oqmonova, 6-sinf oʻquvchilaridan Z.Davletova, S.Nuraddinova, M.Toʻliboyeva, E.Qosimova, M.Turkmanboyeva, K.Bozorboyev, X.Sobirovalar oʻz ijodiy insholarida ona tilimizni madh qilib, sinfdoshlariga namuna boʻldilar.
Maktabda “Ona tilim – joni dilim”, “Til bilimdoni”, “Til bilgan – el bilar” mavzularidagi dars mashgʻulotlari va bayram tadbirlari davom qilmoqda.
Sayyora Botirova, 87-sonli maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶