30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 04:36
Fan va taʼlim 👁 2,495

Ustoz nomini sharaflab

Ustoz nomini sharaflab

Oʻtmishni xotirlab, ajdodlar ruhini qadrlab yashamoq insoniy fazilatlardan biri sanaladi. Shunday insonlar boʻladiki, hayotga yashinday chaqnab keladi, olovday yonib yashaydi. Avlodlar xotirasida mangu iz qoldiradi. Inson qadri uning uzun yoki qisqa umr kurishi bilan emas, balki uning qaysidir sohadagi munosib xizmatlari bilan baholanadi.

Biz eslamoqchi boʻlgan qadrli inson Kamolboy Aminov ibtidosi va intihosi oraligʻi bir yashin chaqnashichalik qisqa fursatni oʻz ichida qamragan umrning har bir lahzasi bebaho ekanligini bilib yashadi. U 1921-yilning bahor faslida (sanasi aniq emas) Qipchoq qishlogʻining, "Chunoq” ovulida dunyoga keldi. Boʻlajak maʼrifatparvarning otasi Aminboy bobo dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shugʻullanardi. Halol mehnatning nonini yeb oʻsayotgan bolakay ilm izlab sobiq Alisher Navoiy nomidagi boshlangʻich maktabga qadam tashladi. U umumiy oʻrta taʼlimni sobiq Krupskaya nomidagi (hozirgi 11-sonli) maktabda oʻqib tugatdi.

Zehni teran, bilimga tashna Kamolboy Toʻrtkoʻl tumanidagi Pedagogika bilim yurtida, uni tugatgach, Nukus pedagogika institutining tarix-geografiya boʻlimida tahsil oldi.

1941-yilda boshlangan Ikkinchi jahon urushi Kamolboy Aminovning oʻz oldiga qoʻygan ezgu maqsadlarini amalga oshirishiga xalaqit berdi. Elparvar va shijoatli yigit Vatan himoyasi uchun jangga otlandi. Jang paytida ogʻir yarador boʻlib, gospitalda davolandi va yana frontga joʻnadi. Urushdan eson-omon, koʻksiga orden taqib qaytgan Kamolboy oʻzi savod chiqargan A.Navoiy nomli maktabda oʻz mutaxassisligi boʻyicha tarix va geografiya fani oʻqituvchisi sifatida ish faoliyatini boshladi. Tez orada jamoa orasida hurmat qozondi va maktab ilmiy boʻlim mudiri lavozimiga tayinlandi. Oʻziga nisbatan talabchanlik hissi uni yana taʼlim olishga undadi. 1948 yilda Nukus Davlat pedagogika institutining rus tili va chet tili fakultetiga (sirtqi boʻlimiga) oʻqishga kirdi. Oʻqishni tugatgach, bilim va malakasi oshgan mutaxassis 1958-yilda Amudaryo tuman xalq maorifi boʻlimida maktablar noziri lavozimiga ishga tayinlandi. 1962-yilda tuman xalq taʼlimi boʻlimi mudiri lavozimida faoliyat boshladi.

Afsuski, oʻlim yosh tanlmaydi. 1965-yil 19-sentyabr kuni maorif sohasining jonkuyari, 3 nafar qiz, bitta oʻgʻil farzandning otasi Kamolboy Aminov avtohalokat tufayli vafot etdi.

Har bir xalqning va insonning baxti - xotirlaganda yuragi gʻurur va iftixorga toʻladigan ajdodlarining bor ekanligida. Kamolboy Aminovga munosib boʻla olgan avlodlari bugungi kunda taʼlim sohasida faoliyat yuritib kelmoqdalar. Aziz ustozning ishlarini kelini Dilbaroy, nevarasi, 62-sonli umumtaʼlim maktabi direktori Bahrom Boltaboyev, tuman XTMFMTTEBda uslubchi lavozimida ishlovchi nevara kelini Gulnora Oʻrozboyevalar davom qildirib, ustozning nomini sharaflab yashashmoqda.

Dilbar Oʻrazaqova,

75-sonli umumtaʼlim maktabning boshlangʻich taʼlim oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026