29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 03:22
Jamiyat 👁 170

ChEGARA DAXLSIZLIGINI SAQLASh MAVZUSIDA TADBIR OʻTKAZILDI

ChEGARA DAXLSIZLIGINI SAQLASh MAVZUSIDA TADBIR OʻTKAZILDI

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisidagi Qonuni mamlakatimiz Davlat chegarasini belgilash, oʻzgartirish, himoya qilish va qoʻriqlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga xizmat qiladi.
Davlat chegaralarini belgilash va oʻzgartirish paytida Oʻzbekiston Respublikasi milliy xavfsizlikni taʼminlash zaruratidan kelib chiqadi va davlatlarning suvereniteti, hududiy yaxlitligi, davlat chegaralari daxlsizligi va buzilmasligini oʻzaro hurmatlash, chegara masalalarini tinch yoʻl bilan hal etish, chet el davlatlari bilan har tomonlama, teng huquqlilik va oʻzaro manfaatdorlik asosida hamkorlik qilish, qoʻshni davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik printsiplariga amal qilinadi. Shuningdek, ushbu Qonunda Davlat chegarasini belgilash va oʻzgartirish, Davlat chegarasiga belgi qoʻyish, Davlat chegarasi rejimini belgilash kabi munosabatlarning huquqiy asoslari  kabi koʻpgina masalalar qamrab olingan.
Shuningdek, Davlat chegarasi orqali tovarlar, boshqa mol-mulk va hayvonlarni olib oʻtish qonun hujjatlarida hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan joylarda, yaʼni belgilangan oʻtkazish punktlari orqali amalga oshiriladi.
Ushbu qonunning 15-moddasida Davlat chegarasini Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlaridan boshqa joydan yoki oʻtkazish punktlari orqali boʻlsa-da, bu boradagi  qoidalarni buzgan holda har qanday  usul bilan kesib oʻtish, kesib oʻtishga urinish Davlat chegarasini buzish hisoblanadi, deb koʻrsatilgan.
Maʼlumki, tumanimiz Turkmaniston davlati bilan chegaradosh. Ushbu hududlarda aholining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi toʻgʻrisidagi qonunini aholiga keng targʻib etish – chegaraoldi hududida tinchlik-osoyishtalik saqlanishini taʼminlaydi.
Shu maqsadda yaqinda Davlat xavfsizlik xizmatiga qarashli Chegarani qoʻriqlash vzvodi komandiri Elyor Joʻraboyev, xizmatchisi Fazliddin Mahamadiyevlar Bogʻ mahallasi fuqarolari bilan suhbat oʻtkazishdi.
Tadbirda Elyor Joʻraboyev aholiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisidagi qonuni talablarini, ayniqsa, chegaraoldi hududda yashovchi aholi chuqur bilishi, amal qilishi lozimligi haqida gapirdi.
Maʼruzada chegaraoldi hududlarida boʻlishda chegara daxlsizligiga  rahna  solmaslik, chegaraoldi hududlarida joylashgan harbiy muhandislik-texnik inshootlarga va toʻsiqlarga shikast yetkazmaslik, chegarani buzib oʻtishga urinmaslik lozimligi, buningdek holatlar sodir etilsa, amaldagi qonun-qoidalarga muvofiq maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortishga asos boʻlishi taʼkidlandi.
Shuningdek, qoʻshni davlatlar chegaralarida keyingi vaqtlarda sodir etilgan koʻngilsiz holatlarga xolisona baho berildi.
Tadbirda aholi “Hamroh” gazetasiga obuna boʻlishga, unda yoritilayotgan dolzarb va qiziqarli materiallarni oʻqib, maʼnaviyatini yuksaltirib borishga daʼvat etildi. Soʻngra aholini qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
Oʻtkazilgan tadbir chegaraoldi hududida istiqomat  qiluvchi aholiga chegaralarimiz daxlsizligini saqlashga oid koʻpgina bilimlarini singdirgani bilan ahamiyatli boʻldi.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026