14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 08:04
Jamiyat 👁 154

ChEGARA DAXLSIZLIGI AHOLIGA HAM BOGʻLIQ

ChEGARA DAXLSIZLIGI AHOLIGA HAM BOGʻLIQ

Maʼlumki, tumanimiz Turkmaniston davlati bilan chegaradosh. Ushbu hududlarda aholining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi toʻgʻrisidagi qonunini aholiga keng targʻib etish – chegaraoldi hududida tinchlik-osoyishtalik saqlanishini taʼminlaydi.

Shu maqsadda joriy yilning 27-oktyabrida 3-Chegarani qoʻriqlash vzvodi komandiri Elyor Joʻraboyev, oʻrinbosari Fazliddin Mahamadiyevlar chegara hududda joylashgan Uyshin mahalla fuqarolari bilan Davlat chegarasi toʻgʻrisida qonunni targʻib etish, fuqarolar tomonidan davlat chegarasi buzilishining oldini olish maqsadida suhbat oʻtkazdi.

Tadbirda Elyor Joʻraboyev  va Fazliddin Mahamadiyevlar aholiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisidagi qonuni talablarini, ayniqsa, chegaraoldi hududda yashovchi aholi chuqur bilishi, amal qilishi lozimligi haqida gapirdi. Taʼkidlandiki, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisidagi Qonuni mamlakatimiz Davlat chegarasini belgilash, oʻzgartirish, himoya qilish va qoʻriqlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga xizmat qiladi.

Davlat chegaralarini belgilash va oʻzgartirish paytida Oʻzbekiston Respublikasi milliy xavfsizlikni taʼminlash zaruratidan kelib chiqadi va davlatlarning suvereniteti, hududiy yaxlitligi, davlat chegaralari daxlsizligi va buzilmasligini oʻzaro hurmatlash, chegara maslalarini tinch yoʻl bilan hal etish, chet el davlatlari bilan har tomonlama, teng huquqlilik va oʻzaro manfaatdorlik asosida hamkorlik qilish, qoʻshni davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik printsiplariga amal qilinadi. Shuningdek, ushbu Qonunda Davlat chegarasini belgilash va oʻzgartirish, Davlat chegarasiga belgi qoʻyish, Davlat chegarasi rejimini belgilash kabi munosabatlarning huquqiy asoslari  kabi koʻpgina masalalar qamrab olingan.

Shuningdek, Davlat chegarasi orqali tovarlar, boshqa mol-mulk va hayvonlarni olib oʻtish qonun hujjatlarida hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarda belgilangan joylarda, yaʼni belgilangan oʻtkazish punktlari orqali amalga oshiriladi.

Ushbu qonunning 15-moddasida Davlat chegarasini Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlaridan boshqa joydan yoki oʻtkazish punktlari orqali boʻlsa-da, bu boradagi  qoidalarni buzgan holda har qanday  usul bilan kesib oʻtish, kesib oʻtishga urinish Davlat chegarasini buzish hisoblanadi, deb koʻrsatilgan.

Maʼruzalarda chegaraoldi hududlarida boʻlishda chegara daxlsizligiga  rahna  solmaslik, chegaraoldi hududlarida joylashgan harbiy muxandislik-texnik inshootlarga va toʻsiqlarga shikast yetkazmaslik, chegarani buzib oʻtishga urinmaslik lozimligi, buningdek holatlar sodir etilsa, amaldagi qonun-qoidalarga muvofiq maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortishga asos boʻlishi taʼkidlandi.

Shuningdek, qoʻshni davlatlar chegaralarida keyingi vaqtlarda sodir etilayotgan koʻngilsiz holatlarga xolisona baho berildi. Soʻngra aholini qiziqtirgan savollarga tegishli javoblar berildi.

Oʻtkazilgan tadbir chegaraoldi hududida istiqomat  qiluvchi aholiga chegaralarimiz daxlsizligini saqlashga oid koʻpgina bilimlarini singdirgani bilan ahamiyatli boʻldi.

Shuningdek, shu kuni Qilichboy ovulida joylashgan 9202 “K” harbiy qism masʼullari Doʻrman ovulida yashovchi, pandemiya tufayli iqtisodiy nochor ahvolga tushib qolgan Rustam Husainovning oilasida boʻlib, turmush tarzi bilan tanishdilar va kundalik ehtiyoj uchun ishlatiladigan oziq-ovqat mahsulotlarini hadya etdilar.

Ushbu oiladagilar oʻzlariga koʻrsatilgan eʼtibordan va gʻamxoʻrlikdan nihoyatda mamnun boʻldilar. Shunday qiyin vaziyatda hol-ahvol soʻrab kelgan hamda roʻzgʻor uchun zarur boʻlayotgan un, tuxum, yogʻ, makaron va boshqa mahsulotlarni keltirib bergan, eng muhimi el-yurt tinchligi, osoyishtaligini asrayotgan harbiylarga katta minnatdorchilik bildirdilar.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019