MAKTABDA BOLA HUQUQLARI BOʻYIChA OChIQ DARSLAR OʻTKAZILDI
Mamlakatda bola huquqlarini taʼminlash va ularni har tomonlama himoya qilish uchun maxsus huquqiy baza shakllangan desak, adashmagan boʻlamiz. Jumladan, bolalarning huquqlari mamlakatimiz Konstitutsiyasida va boshqa qonun hujjatlarida oʻz aksini topgan.
Bolalarning huquqlarini himoya qiladigan xalqaro va milliy qonun hujjatlari haqida oʻquvchilarning bilimlarini rivojlantirib borish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish dolzarb masalalardan biridir.
Tumanimizdagi 1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida 13-noyabr – butunjahon bolalarni himoya qilish kuniga bagʻishlab “Men – bolaman va mening ham huquqlarim bor!” mavzusida ochiq darslar tashkil qilindi.
Maktabda faol oʻqituvchilardan M.Xudoyberganova 5-“A” sinfda, Z.Atajanova 5-“V” sinfda, D. Ibrohimova 6-“A” sinfda M.Tojiboyeva 7-“B” sinfda, D.Qodirova 7-“V” sinfda ochiq darslar tashkil qildilar. Ushbu ochiq darslarda maktab direktori, direktor oʻrinbosarlari, maktab oʻqituvchilari, ota-onalar qatnashdilar.
Yangi pedagogik texnologiyalar va interfaol usullarda tashkil etilgan ochiq darslarda bola huquqlari boʻyicha oʻquvchilarning tushunchalari kengaytirilib, bilimlari mustahkamlandi.
Dilnoza Ibrohimova, 1-sonli maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶