29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 18:13
Fan va taʼlim 👁 336

Noyabr – xorijiy tillar fan oyligi

Noyabr – xorijiy tillar fan oyligi

Har yili 36-sonli umumtaʼlim maktabida  umumtaʼlim fanlari oyliklari katta taassurotlar bilan, juda qiziqarli oʻtadi. “Noyabr – xorijiy tillar fan oyligi” doirasidagi tadbirlar ham bir oy davomida maktab oʻquvchilari uchun yanada qiziqarli dars-mashgʻulotlar, sinflararo bellashuvlar, bilimdonlar bahslari orqali biri-biridan zavqli lahzalarga boy tarzda oʻtdi.

Fan oyligi doirasidagi tadbirlar va dars-mashgʻulotlarda oʻquvchilar ingliz va rus tillarida diktantlar, insholar yozishdi. Krossvord va testlar yechishdi, xorij yozuvchilarining asarlarini oʻqib, sheʼrlar yodlashdi. Har doimgidan koʻproq amaliy mashqlar bajarishdi. Maktabning yosh, isteʼdodli rassomlari “Zolotaya osen” mavzusida  peyzaj janridagi rasmlarni chizishdi. Xorijiy tillar oʻqituvchilari Nodira Soliyeva, Zohida Bekmurodova, Raʼno Ahmedova, Nasiba Ahmedova, Muhabbat Tursunboyeva, Xosiyat Rajabova, Rayhon Oʻrozboyeva, Zamira Otajonova, Dildor  Xolmenova, Dilnura Boboniyozova, Shahlo Iskandarova, Mohiraxon Egamberganova hamda Madinaxon Fayzullayevalar  maktabda “Xorijiy tillar fan oyligi”ning muvaffaqiyatli oʻtishini taʼminladilar. Oʻquvchilarning rus va ingliz tillarini puxta oʻzlashtirishlarini taʼminlash maqsadida amalga oshirilgan barcha tadbirlarga bosh-qosh boʻldilar.

Joriy yilning 21-noyabr sanasida fan oyligining yakuniy bosqichiga bagʻishlangan bayramona tadbir oʻtkazilib, unda fan oyligi davomida amalga oshirilgan barcha amaliy mashgʻulotlar, ochiq darslar, turli mavzulardagi koʻrik-tanlovlar, adabiy-maʼrifiy hamda musiqiy kechalar, seminar-treninglar umumlashtirildi. Yaʼni, uchta tilda, xorijiy tillar oʻqituvchilari tomonidan tayyorlangan stsenariy asosida fan oyligining yakuniy bosqichi oʻtkazildi.

Tadbirni maktabimizning eng bilimdon oʻquvchilari, fanlar olimpiadalari va bilimlar bellashuvi tanlovlarining faol ishtirokchilari F.Habiyeva oʻzbek, Sh.Ibodullayeva rus, K.Qoʻchqorova ingliz tillarida mohirlik bilan boshqarishdi. Maktab direktorining oʻquv-tarbiyaviy ishlari boʻyicha oʻrinbosari S.Qutlimurodov hamda maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha direktor oʻrinbosari B.Xoʻjamurodovlar maktabda “Xorijiy tillar fan oyligi” muvaffaqiyatli oʻtgani bilan barchani tabrikladilar.

Tadbirni 3-«A» sinf oʻquvchilari oʻzlarining quvnoq rus xalq raqslari bilan boshlab berishdi. 1-sinf oʻquvchisi N.Yangiboyev esa ingliz tilida sheʼr oʻqidi.

Tadbir davomida 11-sinf oʻquvchisi Z.Sharipova buyuk rus yozuvchisi M.Gorkiyning hayoti va ijodi haqida yoddan, erkin hikoya qildi. Uning M.Gorkiy ijodi va faoliyatini puxta oʻrganib, sof rus tilida, hech bir xatosiz hikoya qilganidan barcha mamnun boʻldi. Shuningdek, 10-sinf oʻquvchisi A.Jadigerova K.Simonovning  “Jdi menya” sheʼrini nihoyatda taʼsirli qilib yoddan aytib berdi.

Oʻquvchi-yoshlardan D.Rahimboyeva esa Sergey Yeseninning tarjimai holini M.Rahimboyeva esa A.S.Pushkinning “Uznik” sheʼrini juda chiroyli oʻqib berishdi.

Bundan tashqari, 5-sinf oʻquvchilari ijrosidagi  “Katyusha” raqsi, 4-sinf oʻgʻil bolalari talqinidagi oʻzbek mumtoz ashulasining ingliz tilida yangragani barchada faxrlanish tuygʻusini uygʻotdi. Kichkintoylar ijrosidagi masxarabozlik oʻyinlari, 5-sinf oʻquvchilari talqinidagi “Drujba”, 6-sinf oʻquvchilari mahorat bilan ijro etgan “Ti moryachka – ya moryak”, 8-sinf oʻquvchilari ijrosidagi inglizcha raqslar, ayniqsa, 6-sinf oʻquvchisi R.Baynazarov ijrosidagi zamonaviy raqs, 8-sinf qizlari talqinidagi “Selena gomez” inglizcha raqs, rassom qizlarimiz tomonidan ijod etilgan kuz manzaralarini aks ettiruvchi rasmlar namoyishi tadbirga ajoyib, betakror fayz bagʻishladi.

Tinchlik, baxt-saodat, ezgulikni, doʻstlikni oʻzida mujassam etib,  hilpirab turgan Oʻzbekiston bayrogʻi ostida nihoyasiga yetgan “Xorijiy tillar fan oyligi” doirasidagi tadbirlarimizning yakuniy bosqichi barchaga olam-olam zavq bagʻishladi. Oʻquvchilarning xorijiy tillarni oʻrganishga boʻlgan ixlosini yanada oshirib, bu boradi bilim va koʻnikmalari mustahkamlandi.

Tadbir yakunida maktab direktori Q.Nurimbetov faol oʻquvchilarga faxriy yorliqlar topshirdi.

Nasiba Ahmedova, 36-sonli maktabning rus tili va adabiyot fani oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026