FAN OYLIGIGA YaKUN YaSALDI
Mamlakatimizning barcha hududlari umumiy oʻrta taʼlim maktablarida boʻlgani kabi tumanimizdagi 60-sonli maktabda ham noyabr – xorijiy tillar fan oyligi uyushqoqlik bilan oʻtkazildi. Oylik doirasida oʻtkazilgan «Rus tili bilimdonlari», «Eng chiroyli husnixat egasi», «Rus tilida kim eng ravon gapiradi?» kabi tanlovlar hamda ochiq darslar chet tillar oʻqituvchilarining kasb mahoratini va oʻquvchilarning darslarni qanday oʻzlashtirayotganini namoyish etdi. Sinflar oʻquvchilari orasida sinflararo oʻtkazilgan bunday tadbirlar oʻquvchilar faolligini va rus tilini oʻrganishga boʻlgan qiziqishlarini yana ham oshirdi.
Fan oyligining oxirgi tadbiri 28-noyabr kuni boʻlib oʻtdi. Unda 7-9-sinflar oʻquvchilaridan tashqari maktab rahbariyati, xorijiy tillar uslub birlashmasi aʼzolari, yosh muallimlar ishtirok etdilar.
Tadbirda maktab direktori Doʻsimbat Bozorboyev, direktorning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Boʻtakoʻz Xudoyberganovalar oylik doirasida amalga oshirilgan ishlarga yuqori baho berdilar va tanlovlar gʻoliblarini ragʻbatlantirdilar.
Tadbir oʻquvchilarni rus tilini yanada ham mukammal oʻrganishga ragʻbatlantirdi.
Tozagul Safarniyozova, 60-maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶