29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 16:34
Fan va taʼlim 👁 231

FAN OYLIGI DOIRASIDAGI TADBIRLAR OʻQUVChILARNING QIZIQIShINI ORTTIRMOQDA

FAN OYLIGI DOIRASIDAGI TADBIRLAR OʻQUVChILARNING QIZIQIShINI ORTTIRMOQDA

Dekabr – umumtaʼlim maktablarida tarbiya, tarix, huquq fan oyligi doirasidagi biri-biridan qiziqarli tadbirlarga boy oʻtdi.

Amudaryo tumanidagi 23-sonli umumtaʼlim maktabida ham dekabr oyi tarbiya, tarix, huquq fanlari uslubirlashmasi aʼzolari tomonidan ishlab chiqilgan rejaviy-jadval asosidagi ochiq darslar, savol-javob kechalari, sinflararo bellashuvlar, zakovat bahslariga boyligi bilan muhim ahamiyatga ega boʻldi.

Ayniqsa, tarix va huquq fan oyligi doirasidagi tadbirlar oʻquvchilarning faol ishtiroki bilan oʻtganidan, hatto ota-onalar ham mamnun boʻlishdi. Tarix va huquq fanlari uslubirlashmasida faoliyat olib borayotgan Muhabbat Rahimboyeva, Orifjon Yusupov va Sharofat Rahimboyevalar tomonidan uchta sinfda ochiq darslar oʻtkazildi. «Tariximiz – maʼnaviyatimiz koʻzgusi», «Biz tarixni oʻrganamiz» mavzularida savol-javob kechalari, zakovat bahslari oʻtkazildi. Fan oyligi doirasida oʻtkazilgan barcha tadbirlar oylik yakunida umumlashtirildi. Oʻquvchilar faolligini oshirish, ularning fan oyligi davomida egallagan bilim va koʻnikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida Yangi yil bayrami arafasida 7-sinflar oʻquvchilari ishtirokidagi fan oyligining yakuniy bosqichi uchun rejalashtirilgan «Jayhun» va «Asrlar sadosi» guruhlari oʻrtasida sinflararo bellashuv oʻtkazildi.

Qizgʻin bahslar, zakovatni charxlovchi savol-javoblarga boy oʻtgan tadbirda maktab direktori Bobojon Yaxshimov ishtirok etib, uslubbirlashma aʼzolari tomonidan tarix va huquq fan oyligi muvaffaqiyatli tashkil etilganini mamnuniyat bilan eʼtirof etdi. Shu bilan birga 7-sinflar oʻrtasida oʻtkazilayotgan zakovat bahslarida «Jayhun» va «Asrlar sadosi» jamoalariga katta yutuqlar tiladi.

Tadbirda  «Jayhun» va «Asrlar sadosi» jamoalari oʻzlarining tarix va huquq fanlaridan bilimdonliklarini namoyish etishdi. Turli mavzularda, shuningdek Vatanimiz tarixi, dunyo va din tarixiga oid savollarga aniq va puxta javob berdilar. Shuningdek, har ikkala jamoa fan oyligi doirasida oʻzlari yozgan referatlar, tayyorlagan tarixiy albomlarini ham namoyish etdilar. Tadbir yakunida faol oʻquvchilar maktab maʼmuriyati tomonidan taqdirlandilar.

Shuningdek, ushbu maktabning 3-«A» sinfida oʻqish fanidan ochiq dars oʻtkazildi. Mavzu «Yangi yil va yangi yil bilan bogʻliq anʼanalar» deb nomlandi. Ushbu ochiq darsni oʻtkazishdan maqsad, pandemiya sharoitida oʻquvchilarning jamoa boʻlib bayramni nishonlashlarining oldini olish, yangi yil oilaviy bayramlar sirasiga kirishini, ayniqsa, hozirgi pandemiya sharoiti bilan bogʻliq Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan  eʼlon qilingan cheklovlarga amal qilgan holda bayramni har bir oʻquvchi ota-onalari bilan kutib olish zarurligini tushuntirishdan iborat edi.

Shundan soʻng, oʻquvchilarning tushunchalarini yanada boyitish maqsadida «Qish oylarida bolalar qanday oʻyinlar oʻynaydi?» «Yangi yil bayramini qachon va qayerda oʻtkazamiz?» kabi savollar boʻyicha oʻquvchilarning nutqi sinovdan oʻtkazildi. Ular ushbu savollarga ham faollik bilan javob berdilar.

Shuni alohida eʼtirof etish kerakki, maktabda boshlangʻich sinflarda  uch nafar oʻqituvchi faoliyat yuritadi. Ular oʻz faoliyatlari davomida oʻzaro tajriba almashish, sinflararo bellashuvlar, fanlar boʻyicha savol-javob kechalari oʻtkazish borasida doimiy hamkorlik qilishadi. Bu esa oʻquvchilarning biri-biridan qolishmay, oʻzaro musobaqa tarzida bilim olishlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026