Oʻzbekiston dunyodagi eng baxtli mamlakatlar 30taligiga kirdi
Ijobiy taassurotlar koʻrsatkichi (Positive Experience Index) reytingida Oʻzbekiston 138 mamlakat ichida 29-oʻrinda joylashdi, deyiladi Daryo.Uz xabarida.
Ushbu reytingda Oʻzbekiston MDH davlatlari ichida birinchi oʻrinni egalladi. Shuningdek, u Frantsiya (34-oʻrin), Finlyandiya (36), Italiya (45), Buyuk Britaniya (54) va Yaponiya (60) kabi baʼzi rivojlangan mamalakatlarni ortda qoldirdi.
Paragvay, Panama va Gvatemala roʻyxatda yetakchilik qildi. AQSh 15-oʻrinda joylashdi.
Gallup kompaniyasining taʼkidlashicha, koʻp pul topadigan kishilar baxtliroq boʻlib chiqqan. «Biroq baxt har doim ham pulga sotilavermaydi», — deya taʼkidlandi xabarda.
Reyting 138 mamlakatning har birida mingga yaqin kishilardan olingan soʻrov natijasida tuzilgan.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶