29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 16:39
Fan va taʼlim 👁 285

KASB-HUNAR MAKTABI YoShLARNING HAYoTDA OʻZ OʻRNINI TOPIShIGA XIZMAT QILMOQDA

KASB-HUNAR MAKTABI YoShLARNING HAYoTDA OʻZ OʻRNINI TOPIShIGA XIZMAT QILMOQDA

Mamlakatimiz jami aholisining 60 foizga yaqinini yoshlar tashkil etadi. Ularning  salmoqli qismini mustaqil hayot ostonasiga yetgan, kelajagi uchun biror kasb–hunarni egallashni niyat qilgan va orzu istaklari yoʻlida muhim qadam tashlaydigan yoshdagi yurtdoshlarimizdir. Amudaryo tumanining ana shunday yoshlari uchun 2-sonli kasb-hunar maktabining ochilishi juda qoʻl keldi. Kasb-hunar maktabi Xalqaro tasniflagichning uchinchi darajasiga mos keluvchi taʼlim dasturlari asosida 9-sinf bitiruvchilarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan boshlangʻich taʼlim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan taʼlim muassasasi sifatida yangidan tashkil qilingan boʻlib, umumtaʼlim muassasalarining 9-sinflarining bitiruvchilari hisobidan shakllantirilgan guruhlarda 2 yillik umumtaʼlim va mutaxassislik fanlarining integratsiyalashgan dasturlari asosida kunduzgi taʼlim shaklida faoliyat yuritadi.

Ushbu kasb-hunar maktabida ayni kunda 183 nafar oʻquvchilarga 6 nafar ishlab chiqarish taʼlimi ustalari va 33 nafar tajribali pedagoglar umumiy taʼlim asoslarini va kasb-hunarni puxta oʻrgatishga harakat qilmoqdalar.Muassasada oʻquvchilarni 5 ta yoʻnalish – avtomobillarni taʼmirlash chilangari, tikuvchilik, payvandlovchi, suv va gaz isteʼmol nazorati  operatori, oshpaz-qandolatchi  kasblariga oʻqitish yoʻlga qoʻyilgan va boshlangʻich kasb mahoratini, koʻnikmasini egallashlari uchun  olgan bilimlari amaliy mashgʻulotlar bilan mustahkamlab boriladi.

Muassasada oʻquvchilarning oʻzlari tanlagan ixtisoslikni puxta egallashlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ular darsdan va amaliy mashgʻulotlardan boʻsh vaqtlarida  967ta badiy, 197ta  siyosiy, 5836ta maxsus adabiyotlar, 21 ming 723  ta darsliklar,  jami 28 ming 723 ta kitoblar fondiga ega axborot kutubxona markazida oʻz bilimlarini oshirish uchun oʻqib-oʻrganadilar. 12 ta kompyuter jamlanmasiga ega, internet tarmoqlariga ulangan elektron kutubxona ham mavjud. Oʻquvchilar bu yerda 672 ta badiy  kitoblarni, elektron darsliklarni oʻqib, oʻzlariga kerakli bilimlarni olishlari mumkin. Oʻquvchilarning yaratilgan imkoniyatlardan qanday foydalanayotganliklarini nazorat qilish maqsadida guruhlar rahbarlari ular bilan tez-tez zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllay olishi darajasini tekshirib, badiiy kitoblardan olgan taassurotlari xususida suhbatlar oʻtkazib turadilar. Bulardan tashqari odob-axloq, kiyinish madaniyati, jamoat joylarida oʻzini tutish, doʻstlik mavzularida ham ochiq muloqotlar tashkil etib turishga eʼtibor berilmoqda.

Zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarni puxta egallash – davr talabi. Shundan kelib chiqib, oʻquvchilar savodxonligini oshirish maqsadida maktabda 16 ta kompyuter jamlanmasi mavjud kompyuter sinf xonasi tashkil etilgan va doimo oʻquvchilar bilan gavjum boʻladi.

Maktabda kimyo, fizika, biologiya fanlari laboratoriya xonalari jihozlanib, amaliy dars mashgʻulotlari oʻtilmoqda.

Oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida kasb-hunar maktabida fan va sport toʻgaraklari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

Umumtaʼlim fanlaridan rus tili, yosh filolog, tarixshunos, matematika, fizika toʻgaraklari, kasbga oʻrgatish boʻyicha tikuvchilik, payvandlovchi, yosh muxandis, yosh texnik, avtomobil taʼmirlovchi, mohir oshpaz toʻgaraklarida mashgʻulotlar muntazam olib borilmoqda.

Shuningdek, kasb-hunar maktabida yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish boʻyicha Yurtboshimiz belgilab bergan 5 ta muhim tashabbus ijrosini taʼminlash maqsadida tasviriy sanʼat, yoshlarni chaqiriqqa tayyorlash, shashka, shaxmat, voleybol, stol tennisi, futbol, kitobxonlik targʻiboti, orasta qizlar toʻgaraklari tashkil qilingan boʻlib, ularga jami oʻquvchilarning 80 foizi qamrab olingan.

Kasb-hunar maktabida oʻquvchilarning olgan bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash uchun oʻquv ustaxonalari zamonaviy jihozlar bilan taʼminlanganligi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Avtomobillarni taʼmirlash chilangari kasbi boʻyicha “Neksiya” rusumli avtomobil maketi, “Matiz” rusumli avtomashina dvigateli hamda avtomobil diagnostika jihozlari mavjud. Tikuvchilik kasbi boʻyicha ustaxona esa mahalliy byudjet hisobidan 33 ta zamonaviy tikuv mashinalari bilan taʼminlangan boʻlib, oʻquvchilarning amaliyot oʻtashlariga xizmat qiladi.

Payvandlovchi kasbini egallashga qaror qilgan oʻquvchilar elektr hamda gaz vositasida payvandlash jihozlari bilan yaqindan tanishib, ularning ishlatish boʻyicha ilk koʻnikmalarga ega boʻlmoqdalar. Suv, gaz isteʼmoli nazoratchi-operatori kasbi boʻyicha taʼlim olayotgan oʻquvchilar esa Germaniyadan 130 ming yevro miqoridagi mablagʻ evaziga keltirilgan jihozlar yordamida oʻquv-amaliyot mashgʻulotini oʻtaydilar. Shuningdek, mahalliy byudjet mablagʻi hisobidan keltirilgan non mahsulotlari, qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishga moʻljallangan pechlar yordamida oshpaz, qandolatchi kasblariga oʻqiyotgan oʻquvchilar ham tegishli mutaxassisliklar boʻyicha hunarlarni puxta egallashga intilmoqdalar.

Shunisi eʼtiborliki oʻquvchilarning amaliyot mashqlari davomida tayyorlagan uy-roʻzgʻor buyumlarini, har xil rusumdagi temir eshik va deraza romlarini, hunarmandchilik mahsulotlarini, shuningdek, pishirgan non va non mahsulotlarini tumanimiz bozorlarida sotish ham yoʻlga qoʻyilgan. Buning natijasida oʻquvchilarda oʻz mehnati orqali pul topish, hayotini farovon qilishga intilish koʻnikmalari shakllantiriladi. Ayniqsa, oshpaz-qandolatchi, tikuvchilik yoʻnalishlarida taʼlim olayotgan oʻquvchilari oʻz mehnatlari mahsulining xaridorgir boʻlayotganidan juda xursand. Bu bilan ular oʻzlari tanlagan kasb-hunar mahoratini egallabgina qolmay ota-onasiga, oilasiga moddiy koʻmakchi ham boʻlishayapti.

Mamlakatimizda yosh-avlod kamoloti yoʻlida davlatimizning gʻamxoʻrligi natijasi sifatida tashkil etilgan kasb-hunar maktablari qatori tashkil etilgan tumanimizdagi 2-sonli kasb-hunar maktabi kelgusida ularning kasb-korli boʻlib, el-yurtimizga halol xizmat qilishiga zamin yaratadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazir Mahkamasining tegishli Qaroriga muvofiq 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab kasb-hunar maktablari oʻquvchilari bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida stipendiya hamda 3 mahal issiq ovqat bilan taʼminlanishi nazarda tutilgan. Kelajakda bu gʻamxoʻrliklar tumanimizdagi 2-sonli kasb-hunar maktabida ham  oʻzining ijobiy natijalarini koʻrsatadi. Koʻplab yoshlarning hayotda oʻz oʻrinlarini topshiga xizmat qiladi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026