29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 16:51
Fan va taʼlim 👁 199

TABIIY FANLAR OYLIGI DOIRASIDA TADBIRLAR OʻTKAZILDI

TABIIY FANLAR OYLIGI DOIRASIDA TADBIRLAR OʻTKAZILDI

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining tegishli buyrugʻiga asosan respublikamizning barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻquv yilining har oyi maʼlum fanlar oyligi sifatida belgilangan. Fan oyliklarini oʻtkazishda umumiy oʻrta taʼlim maktablarini toʻla qamrab olish, oʻqituvchilarning ijodiy faolligini oshirish, isteʼdodli, ijodkor oʻqituvchilarni aniqlash, ularning tajribalarini ommalashtirish va targʻib etish, taʼlim sifatini oshirish hamda taʼlim jarayonida qoʻllanilayotgan uslublarni takomillashtirish nazarda tutilgan.

30-yanvar kuni tabiiy fanlar oyligi munosabati bilan 30-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida fizika fani oʻqituvchisi Adolat Masharipova oʻzi taʼlim berayotgan 3 ta 7-sinflar oʻquvchilari oʻrtasida bellashuv oʻtkazdi. Unda  oʻquvchilar butun olamni anglashga  xizmat qiluvchi fizika fanidan olgan bilimlarini namoyish etdilar.

Bellashuv 5 ta shart asosida, nazariy bilimlar hamda amaliy mashqlar boʻyicha oʻtkazildi. Unda uchta sinflar oʻquvchilari ham berilgan savollarga puxta va aniq javob berishga, gʻolib boʻlishga intildilar. Oʻquvchilarning bilimlarini tabiiy fanlar oʻquvchilaridan iborat hakamlar hayʼati aʼzolari odilona baholab bordilar va bellashuv soʻngida 7 v sinf oʻquvchilarini gʻolib deb eʼlon qildilar.

Maktablarda oʻqitiladigan umumiy taʼlim fanlarining har birining oʻziga xos oʻrni bor. Biroq tabiiy fanlarning biri – kimyo fani biroz murakkabroqday tuyulsa-da oʻqituvchi mahorati tufayli  oʻquvchilariga fan asoslarini puxta oʻrgata oladi, hatto qiziqarli fanga aylantirishi ham mumkin.

Shu kuni maktabda boʻlib oʻtgan fan oyligining yana bir tadbiri - “Sehrli kimyo” bunga misol boʻla oladi.

Maktabning kimyo fani oʻqituvchisi Baxtiyor Qurbonboyev dars berayotgan 8-sinflar oʻquvchilari ijrosida bajarilgan laboratoriya mashgʻulotlari oʻquvchilargagina emas, oʻqituvchilarga ham juda qiziqarli boʻldi.

Fanni chuqur oʻzlashtirishga intilayotgan oʻquvchilarning bajarayotgan laboratoriya ishlarini Baxtiyor Qurbonboyev sharhlab bordi.

Aytaylik hayotda biron kiyimimizga, yo xonadonimizga toʻshalgan gilamlarimizga yod yoki zelyonka  toʻkilib ketdi. Shunday vaqtda endi bundan hosil boʻlgan dogʻni ketkazishning iloji boʻlmasa, albatta aziyat chekkan  boʻlar edik. Kimyo fanini yaxshi oʻqigan oʻquvchi bunday rangli dogʻni qanday ketkazish yoʻlini biladi. Anor suvi darmon baxsh etuvchi, shifobaxsh xususiyatlari bilan birga indikatorlik vazifasini ham bajara oladi. Bularni oʻquvchilar “Sehrli kimyo” tadbiri davomida laboratoriya mashgʻulotlarida amalda koʻrsatib berishdi.

Maktabda oylik doirasida oʻtkazilgan ikkala tadbir ham barcha oʻquvchilarda ulkan qiziqish uygʻotdi. Tadbirlar maktab oʻqituvchilarining kasb mahoratini, oʻz darslarini oʻquvchilarga qay darajada yetkaza olayotganingina emas, oʻquvchilarning fanlarni qanday oʻzlashtirayotganini ham koʻrsatib berdi. Chunki oʻqituvchi mehnati samarasi oʻquvchilar egallagan bilim darajasida aks etadi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026