QÖZIQORIN MAZZALI, AMMO ...?
Diyorimizga sanoqli kunlardan söng, bahor kirib keladi. Bahor mavsumida yoğingarçilik va oftobli kunlar taʼsirida toğ, toğ oldi qir-adirlari, yaylovlar, dala hovlilar, xiyobonlar, ariq va soy böylarida, katta yöl yoqalarida, hatto hovlilarimizda har xil qöziqorinlarni köplab uçratişimiz mumkin. Bu esa, qöziqorin isteʼmol qilişni yoqtiradiganlar uçun qulay ayni muddao böladi.
Şu bilan boğliq holatda köça-köylar va katta avtomagistral yöllar yoqalarida baʼzi şaxslar tomonidan xavfsizligi kafolatlanmagan, isteʼmol qilinişi mumkin bölmagan va isteʼmolga yaroqsiz hisoblangan zaharli köziqorinlarni sotib ötirganliklariga közimiz tuşadi va eng ajablanarlisi, uşbu qöziqorinlarni xarid qilişayotgan va salomatligini xavf ostiga qöyayotgan aholilar ham kam emas.
Tibbiyotdagi köp yillik kuzatuvlar şuni körsatmoqdaki, aksariyat hollarda, avtomagistral yöl yoqalaridan, foydalanilmayotgan aeroportlar, yoqilği-moy saqlaş muassasalari hududlaridan, zaharli kimyoviy moddalar saqlanadigan omborxonalar atroflaridan terib, isteʼmol qilingan qöziqorinlar bilan boğliq zaharlanişlar, hatto, ölim holatlari aynan bahor mavsumida tez-tez uçrab turadi. Çunki, bu kabi hududlarda mavjud bölgan zaharli moddalar, transport vositalaridan ajraladigan is gazi va boşqa kimyoviy birikmalarni yovvoyi qöziqorinlar öziga şimib oladi va bir qaraşda xavfsiz bölib köringan qöziqorin ham zaharli qöziqoringa aylanib qolişi mumkin.
Qöziqorinning yovvoyi turlarini bilmasdan, bir-biridan ajrata olmasdan, ulardan konserva, tuzlama va har xil taomlar tayyorlab, isteʼmol qiliş öta xavfli ekanligini esdan çiqarmaslik kerak. Qöziqorindan zaharlaniş, ayniqsa, qariyalar va bolalarda ötkir boşlanib, jiddiy va oğir asoratlarga olib kelişi mumkin. Zaharlaniş belgilari 3-5 soatdan 20-24 soatgaça yaşirin davrga ega bölib, kasallik belgilari 1-2 soat ötgaç, namoyon böla boşlaydi. Bunda bemorda dastlab, asab tizimi faoliyatida özgarişlar, xususan köp terlaş, sölak va közdan yoş oqişi kabi belgilar paydo böladi. Tomir urişi sekinlaşadi va sustlaşadi, bemorlarda alahsiraş, titraş, köz qoraçiğining kengayişi yoki torayişi kuzatiladi.
Bunday holatlarda bemorlarga öz vaqtida körsatilgan tez tibbiy yordam katta samara berişi mumkin va bemor odatda 1-2 kundan keyin soğayib ketadi. Zaharlaniş holatlari kuzatilib, öz vaqtida davolaş muolajalari amalga oşirilmasa, bemorning ahvoli oğirlaşişi, hatto fojiali yakun topişi ham mumkin. Bu kabi holatlar kuzatilmasligi uçun esa uni terib isteʼmol qiluvçi şaxs avvalambor zaharli va zaharsiz qöziqorinlarni ajrata olişi kerak. Ming afsuski, hozirgi paytda bir qaraşda ularni farqlab bölmaydi, boz ustiga agar u belgilanmagan joylarda sotilayotgan bölsa, sifati va xavfsizligi kafolatlanmagan bölsa, huşyor bölişimiz kerak. Biz uni xarid qilib uyga olib keliş orqali nafaqat özimizning, balki farzandlarimiz va yaqinlarimizning hayotini xavf ostiga qöyişimiz mumkin.
Mabodo, qöziqorinni isteʼmol qilişga iştiyoq paydo bölsa, u holda faqat bozorlar va savdo dökonlaridan qöziqorin xarid qiling. Albatta bunday paytda gigiyenik va muvofiqlik sertifikatlari mavjudligiga eʼtibor qarating hamda sotuvçilardan veterinariya-sanitariya laboratoriyalari xulosalarini taqdim etişlarini talab qiling.
Mutaxassis sifatida şuni taʼkidlab ötamanki, yovvoyi holda ösgan qöziqorinlar bilan boğliq zaharlanişlar köplab uçrab turişini aslo yoddan çiqarmang.
D.Babajanov, tuman Sanitariya epidemiologik osoyiştalik va jamoat
salomatligi bölimining sanitariya gigiyena bölinmasi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶