30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 06:02
Fan va taʼlim 👁 2,679

Ovulga koʻrk boʻlgan kollej

Ovulga koʻrk boʻlgan kollej

Istiqlol yillarida bizning Xitoy ovulimiz yanada chiroy ochdi. Koʻchalar obod, fuqarolarning turmush tarzi kun sayin oʻsib, yangidan-yangi imoratlar, aholiga xizmat koʻrsatish shoxobchalari ish boshlamoqda. Buning barchasi bu hududda istiqomat qiluvchilarning hayotga va oʻz kelajaklariga endi boshqacha koʻz bilan qaray boshlaganliklaridan dalolat berib turibdi.

Oʻtgan 2013-yilning fevral oyidan boshlab ovulning qoq markazida yangi bino qurilishi boshlandi. Bu inshoot Amudaryo transport kasb-hunar kolleji binosi edi. "Qurilish xizmat” MChJ tomonidan yuqori surʼatlarda olib borilgan mehnatlar natijasida qisqa fursat ichida barpo etilgan kollej sentyabr oyida ish faoliyatini boshlab, hududdagi toʻqqizta umumtaʼlim maktablari bitiruvchilaridan 213 nafar yigit-qizni oʻz bagʻriga oldi. Joriy yilda oʻquvchilar besh xil taʼlim yoʻnalishi boʻyicha taʼlim olmoqdalar. Ularga yigirma bir nafar oliy maʼlumotli mutaxassis oʻqituvchilar taʼlim-tarbiya berib, ilm-hunar sirlarini oʻrgatmoqdalar.

Muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimov koʻhna va navqiron Samarqand shahrida Oʻrta asrlar sharq allomalari tarixiy merosini oʻrganish boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro ilmiy anjumanda taʼkidlaganlaridek "bugungi kunda yurtimizdagi ovul va qishloqlarda eng hashamatli va eng mahobatli binolar kasb-hunar kollejlari binolari boʻlib, jamiki hududlarga koʻrk bagʻishlab turibdi”. Zero, shu oʻrinda Sohibqiron bobomiz Amir Temurning "Agar bizning qudratimizga shak keltirsang, kelib biz qurgan imoratlarga boq” degan soʻzlarini keltirib oʻtish joiz. Bugungi kunda ovuldagi eng koʻrkam imoratga aylangan kollejimizda yosh-avlodning bilim olib, hunar oʻrganishlari uchun barcha sharoitlar va imkoniyatlar yaratilgan. Kollejda tashkil etilgan toʻrtta kafedrada faoliyat yuritayotgan oliy maʼlumotli pedagoglar oʻzlarida bor bilim va tajribalarni ishga solib, oʻquvchi-yoshlarga taʼlim, kasb-hunar sirlarini oʻrgatmoqdalar. Fan xonalari, ishlab chiqarish ustaxonasi, barcha jihatlari bilan jahon miqyosi talablariga javob beruvchi sport zali har kuni, ertadan kechgacha yoshlar ixtiyoriga berilgan. Oʻquvchilar belgilangan dars mashgʻulotlarini oʻtib boʻlgandan soʻng oʻn ikkita fan va oltita sport toʻgaraklarida oʻz bilim va mahoratlarini oshirish imkoniyatlaridan unumli foydalanmoqdalar. "Ingliz tili”, "Orasta qizlar”, "Muay-tay” toʻgaragi nafaqat kollejimiz oʻquvchilarini, balki hududda joylashgan umumtaʼlim maktablari oʻquvchi-yoshlarini ham oʻziga jalb etdi va natijada til oʻrganaman, orasta boʻlaman, sport bilan shugʻullanib, yuksak choʻqqilarni egallayman degan yoshlarning safi tobora koʻpayib bormoqda.

"Kamolot” YoIH tuman Kengashi tashabbusi va rahbarligida turli koʻrik-tanlovlar va sport musobaqalarida kollejimiz yoshlari muntazam ishtirok qilib, munosib oʻrinlarga ega boʻlmoqdalar.

Azaldan mehnatkash, koʻngli ochiq, mehmondoʻst boʻlgan Xitoy ovuli aholisi kollej faoliyatiga yaqindan yordam berib, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarida oʻz farzandlari bilan bab-baravar qatnashmoqdalar. Ayni kunlarda esa oʻquv maskanimiz atrofini yanada obodonlashtirish, Mustaqillikning 23 yillik qutlugʻ sanasiga ovulimizni bundan ham goʻzal va obod manzilga aylantirish maqsadida oʻquvchi-yoshlar va ovulimiz ahli fidoyilik bilan mehnat qilishmoqda. Zero, "Obod manzillarda sogʻlom avlod dunyoga keladi”, deb bejiz aytilmagan. Bu eldan yetishib chiqqan olim va allomalarni butun dunyo ahli tanishi hech kimga sir emas. Buyuk fizik olim Eynshteynning: "Dunyoni hech qanday yovuz kuch, hech qanday qurol-yaroq yoʻqotolmaydi, lekin sening beparvoliging yoʻqotishi mumkin”, degan hikmatli soʻzlariga amal qilgan bu yurtning fidoyi xalqi hech qachon oʻz farzandlarining taqdiriga befarq boʻlmagan. Har doim yuqori marralarni koʻzlaydigan bobodehqonlarimizning farzandlarini tarbiyalab, ularga kasb-hunar sirlarini oʻrgatishni biz taʼlim sohasi xodimlari oʻzimizning muqaddas burchimiz deb bilamiz, yosh avlodni tarbiyalashdek sharafli kasb egasi boʻlganimizdan hamisha faxrlanib yashaymiz. Shu oʻrinda ustoz-murabbiy Tursunboy Abdullayev qalamiga mansub quyidagi misralarni fikrim yakunida keltirib oʻtishni lozim topdim:


Dostonga arzigulik fazilatga boy,

Qadimiy, navqiron qishlogʻim Xitoy.

Bir yoni Xorazm, Mangʻit orasi,

Yer-suvi pokiza, elning sarasi.


Oʻrtada hayqirib oqar Qorakoʻz,

Koʻp erur u haqda rivoyat ham soʻz.

Yashnayver, kundan-kun ochib koʻrk-chiroy,

Qadimiy navqiron qishlogʻim Xitoy.

Bahodir Shomurodov,

Amudaryo transport kasb-hunar kolleji direktorining maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari.

(Suratda: Amudaryo melioratsiya kasb-hunar kolleji (illyustratsiya uchun)

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026