Qabul - 2014
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi boshqarmasining "2014-2015 oʻquv yilida oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi muassasalariga umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini qamrab olish toʻgʻrisida”gi 2014-yil 2 martdagi 02-663-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida tumanimizdagi Amudaryo xizmat koʻrsatish va servis kasb-hunar kollejida tashkil etilgan "Maslahat markazi”da ishlar qizgʻin ketmoqda.
Kollejda tugallangan oʻquv yilida 8 ta kasb-hunar yoʻnalishida 703 nafar oʻquvchilar tahsil olgan boʻlsalar, 2014-2015 oʻquv yili uchun 180 nafar oʻquvchi qabul qilish rejalashtirilgan. 5 kishilik tarkibda faoliyat olib borayotgan kollej "Maslahat markazi” tomonidan umumtaʼlim maktablari 9-sinf bitiruvchilari bilan kasb tanlash boʻyicha turli tadbirlar oʻtkazildi. Kollejdagi mavjud yoʻnalishlar va kasblar toʻgʻrisida oʻquvchilarga va ota-onalarga keng tushunchalar berilib, taʼlim muassasasiga oid buklet tayyorladi va umumtaʼlim maktablari bitiruvchilariga tarqatildi.
"Maslahat markazi” kollejning eng koʻzga koʻrinarli joyida tashkil etilgan boʻlib, bu yerda boʻlgan oʻquvchi yo ota-ona mazkur muassasadagi yoʻnalishlar, sharoitlar, oʻquvchilarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida toʻliq tasavvurga ega boʻla oladi.
Markazda kollejga kirib oʻqish istagida boʻlgan yigit-qizlarning hujjatlarini qabul qilish ishlari boshlanib ketdi. Bu borada keng targʻibot-tashviqot ishlari olib borilishidan koʻzlangan maqsad oʻquvchilarning biror yoʻnalishni tasodifiy tanlashiga emas, u haqdagi barcha maʼlumotlarni bilgani holda, sidqidildan ixlos qoʻyib tanlashiga erishishdir. Chunki insonning hayoti mazmunli, baxtli-saodatli boʻlishida tanlagan kasbimiz muhim ahamiyatga ega.
M.Nurekeyev,
Amudaryo xizmat koʻrsatish va servis kasb-hunar kolleji direktori, kollej "Maslahat markazi” rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶