29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 16:34
Fan va taʼlim 👁 530

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTsIYaSINING 28 YILLIGI MUNOSABATI BILAN OChIQ DARS OʻTKAZILDI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTsIYaSINING  28 YILLIGI MUNOSABATI BILAN OChIQ DARS OʻTKAZILDI

Umumtaʼlim maktablarining boshlangʻich sinflarida oʻtkaziladigan ochiq dars-mashgʻulotlari nafaqat oʻquvchilarning yangi mavzu boʻyicha bilim va koʻnikmalarini, balki oʻqituvchining ham mahoratini oshirish imkonini beradi. Chunki, oʻqituvchi ochiq darsga tayyorgarlik jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanib, dars mavzusining oʻquvchilarga tushunarli boʻlishi uchun bor mahoratini ishga soladi, slaydlar orqali mavzuni toʻla ochishga harakat qiladi va savol-javoblar uslubidan foydalanib, darsni mukammallashtiradi. Qoʻshimcha adabiyotlardan foydalangan holda oʻz tajribasini ham boyitadi.

Joriy yilning 9-aprel sanasida 38-sonli maktabning 3 “A” sinfida tajbirali oʻqituvchi Raʼno Avazmurodova tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 28 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – mening baxtim” mavzusida ochiq dars-mashgʻuloti oʻtkazildi. 35 yillik pedagogik tajribaga ega boʻlgan tajribali boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Raʼno  Avazmurodova maktab pedagogika jamoasininggina emas, balki tuman XTBga qarashli umumtaʼlim maktablarining boshlangʻich sinflar oʻqituvchilari orasida ham oʻziga xos obroʻga ega pedagoglardan sanaladi. U har bir darsini oʻquvchilarda kreativ faollikni oshirish, bolaning dunyoqarashini shakllantirishda zamon taraqqiyotiga mutanosib usullardan foydalangan holda oʻquvchilarni yoshligidanoq jamiyatdagi ijobiy oʻzgarishlarga oʻz shaxsiy munosabatini bildira olish, erkin fikrlash ruhida tarbiyalashga harakat qiladi.

“Konstitutsiya - mening baxtim” mavzusidagi ochiq darsda 27 nafar oʻquvchi, 38-sonli maktab rahbarlari va oʻqituvchilar ishtirok etishdi. Ushbu mavzuda tashkillashtirilgan ochiq darsning maqsadi va undan kutiladigan natijalar, avvalo, oʻquvchilarning oʻzlari tugʻilib-oʻsgan muqaddas zamin haqidagi tushunchalarini yanada boyitish, Qoraqalpogʻiston Respublikasining mamlakat iqtisodiy, ijtimoiy, maʼnaviy-madaniy hayotida tutgan oʻrni va ahamiyati, shuningdek, davlat madhiyasi, davlat ramzlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasining Asosiy Qonuni – Konstitutsiyasida belgilab qoʻyilgan huquq va burchlar xususida oʻquvchilarga keng tushuntirishlar berish orqali ular qalbida vatanparvarlik, xalqparvarlik, millatlararo totuvlik tuygʻularini yanada mustahkamlash hamda huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgani bilan muhim ahamiyatga egadir.

Dars  jarayonida oʻqituvchi Oʻzbekiston ichra suveren Respublika – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, uning har bir moddasining xalqimiz hayotida tutgan oʻrni xususida slaydlar orqali oʻquvchilarga batafsil maʼlumotlar berdi. Shundan soʻng “Konstitutsiya – mening baxtim” mavzusida oʻquvchilarning kreativ fikrlash qobiliyatini sinovdan oʻtkazish maqsadida Qoraqalpogʻistonning oʻz davlat madhiyasi, davlat ramzlari yuzasidan oʻquvchilarga savollar berdi. “Davlat madhiyasining muallifi kim?”, “Madhiyaning mazmun-mohiyati, gʻoyasi haqida nimalarni bilasiz?”, “Davlat ramzlari nimani ifodalaydi?” kabi savollarga oʻquvchilar oʻz javoblarini, sodda va tushunarli qilib ifodalab berdilar.

Darsning “Konstitutsiya bilimdonlarini aniqlaymiz” deb nomlangan qismi yanada qiziqarli taassurotlarga boy boʻldi. Bunda oʻquvchilar guruhlarga boʻlingan holda konstitutsiya boblari va moddalari boʻyicha bir-birlariga savollar berib, sinfdosh sinfdoshning bilimini sinovdan oʻtkazish imkoniyati yaratildi. Bolalar har bir moddaning xalqimiz hayotida tutgan oʻrni haqida maʼlumotlar berishib, savol-javoblar asnosida biri-biridan oʻrgandilar va biri-biriga oʻrgatdilar. Har bir savol javobsiz qolmaganidan ayon boʻldiki, ochiq dars oʻz oldiga qoʻygan reja va maqsadni toʻla-toʻkis ado etdi.

Dars-mashgʻulot jarayonida oʻquvchilar oʻqituvchi bilan birgalikda Konstitutsiya moddalarining inson hayotida tutgan oʻrnini hayotiy misollar tariqasida ifodalashga harakat qildilar va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasining ahamiyatini toʻla anglab yetdilar.

Ochiq dars tahlilida maktab direktori Bahrom Boltaboyev, oʻquv ishlari boʻyicha maktab direktorining oʻrinbosari Oybek Bobojonovlar R.Avazmurodova tomonidan tashkillashtirilgan mazkur dars-mashgʻulotini keng ommalashtirish, maktabning barcha boshlangʻich sinflarida ham aynan ana shunday mavzuda ochiq darslar tashkil etish yuzasidan oʻz fikrlarini bildirdilar. Shu bilan birga Raʼno Avazmurodovaning dars oʻtish mahoratiga, intiluvchan va tashabbuskorligiga yuqori baho berdilar. Dars tahliliga bagʻishlangan qisqa fikr almashuv jarayonida ochiq darsni kuzatib borgan maktab oʻqituvchilari ham R.Avazmurodovaning muvaffaqiyatli dars oʻtganini taʼkidladilar.

Shuningdek, pandemiya sharoitida farzandlarining dars-mashgʻulotlarini toʻliq oʻzlashtirishlarida fidoyilik koʻrsatgani, onlayn darslarni uzluksiz tashkil etgani uchun bir guruh ota-onalar R.Avazmurodovaga minnatdorchilik bildirdilar.

R.YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026