Sud tomonidan berilgan muddatda oila aʼzolari oʻzaro yarashdi
2021-yil 6-aprel kuni fuqarolik ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumani sudi binosida sud raisi Atamuratov Qayrilla Zinatdinovich raisligida, sudya yordamchisi Yo.Niyazmatovning kotibligida ochiq sud majlisi boʻlib oʻtdi.
Sudda daʼvogar D ismli shaxsning javobgar J ismli shaxsga nisbatan nikohdan ajratish haqidagi daʼvo arizasi yuzasidan qoʻzgʻatilgan fuqarolik ish koʻrib chiqildi.
Sud tomonidan mazkur sud ishidan avval oʻtkazilgan suhbat davomida taraflarga oila muqaddas ekanligi tushuntirilib, oʻrtalarida shu nikohlaridan voyaga yetmagan farzandlari borligini hisobga olib, yarashish uchun berilgan 6 oylik muddat ichida mazkur oila aʼzolari oʻzaro yarashdilar.
Oila aʼzolarining oʻzaro yarashganliklari munosabati bilan hamda daʼvogar D ismli shaxsning sudga bergan arizasini inobatga olib, ushbu fuqarolik ishi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 122-moddasining 1-qismi, 9-bandiga koʻra koʻrmasdan qoldirildi.
Q.Z.Atamuratov, Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tumani sudi raisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶