Ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi
Joriy yil 30-mart kuni “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ-679-son Qonuni Prezident tomonidan imzolandi.
Mazkur, qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 201-1-modda bilan toʻldirildi.
«2011-modda. Qonunchilik hujjatlarini bajarmaslikka yoki buzishga omma oldida daʼvat qilish Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari talablarini jamoat tartibiga va jamoat xavfsizligiga tahdid soladigan tarzda bajarmaslikka yoki buzishga, shu jumladan ommaviy axborot vositalaridan, telekommunikatsiya tarmoqlaridan, Internet jahon axborot tarmogʻidan, shuningdek matnni koʻpaytirishning bosma yoki boshqa usullaridan foydalangan holda omma oldida daʼvat qilish, —bazaviy hisoblash miqdorining oltmish baravaridan sakson baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi».
245-moddaning birinchi qismi «201» raqamidan keyin «2011» raqami bilan toʻldirildi.
Jinoyat Kodeksi 158-moddasi uchinchi qismi «vositalaridan» degan soʻzdan keyin «telekommunikatsiya tarmoqlaridan yoki Internet butunjahon axborot tarmogʻidan» degan soʻzlar bilan toʻldirildi;
244-modda birinchi va ikkinchi qismlar bilan toʻldirildi.
«Ommaviy tartibsizliklarga va fuqarolarga nisbatan zoʻravonlik qilishga omma oldida daʼvat qilish —bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
b) ommaviy axborot vositalaridan, telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan, Internet jahon axborot tarmogʻidan, shuningdek matnni koʻpaytirishning bosma yoki boshqa usullaridan foydalangan holda sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi»;
birinchi qismi uchinchi qism deb hisoblanish belgilandi.
Shu bilan birga Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan «Axborotlashtirish toʻgʻrisida»gi 560-II-sonli Qonuniga ham oʻzgartishlar kiritildi.
S.Davletmurodov, Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶